• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Lola Murotova vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi

    O‘zbekiston Qahramoni, “Nurli obod” fermer xo‘jaligi rahbari Lola Murotova 64 yoshida vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shu munosabat bilan Shavkat Mirziyoyev va hukumat vakillari ta’ziya bildirdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi og‘ir judolikka uchradi.

    Mashhur fermer, Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanidagi “Nurli obod” fermer xo‘jaligi rahbari, O‘zbekiston Qahramoni, Oliy Majlisi Senat a’zosi, taniqli jamoat arbobi Lolaxon Murotova og‘ir kasallikdan so‘ng shu yil 30-may kuni 64 yoshida vafot etdi.

    Butun mamlakatimizning g‘urur va iftixori bo‘lgan Lolaxon Murotova 1958-yil 9-martda Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida tug‘ildi. O‘rta maktabni tugatganidan so‘ng mehnat faoliyatini Oltiariq tumanidagi “Nurobod” jamoa xo‘jaligida mexanizator sifatida boshladi, o‘z hayotini mamlakatimiz iqtisodiyotining yetakchi tarmog‘i bo‘lgan qishloq xo‘jaligi bilan bog‘ladi.

    Yoshlik yillaridan boshlab dehqonchilik ilmini puxta o‘rgangan Lola Murotova jamoa xo‘jaligida bosh pudratchi, bo‘lim boshlig‘i, xo‘jalik raisi kabi lavozimlarda fidokorona mehnat qilib, ishni tashkil etish, mo‘l hosil yetishtirish, xo‘jalikni samarali boshqarish sohasida katta tajriba orttirdi.

    Fermerlik harakatiga keng yo‘l ochilishi bilan mohir va mirishkor dehqon mamlakatimizda birinchilardan bo‘lib “Nurli obod” fermer xo‘jaligiga asos soldi hamda yerning haqiqiy egasi sifatida yurtimizda fermerlik harakatini rivojlantirish va uni yangi bosqichga ko‘tarishga katta hissa qo‘shdi.

    O‘z faoliyatida doimo yangilikka intilib, ezgu tashabbuslari bilan barcha fermerlarga, ayniqsa, yoshlarga ibrat bo‘lib yashagan Lola Murotova Yangi O‘zbekiston sharoitida alohida jonbozlik va g‘ayrat-shijoat ko‘rsatib ishladi. Qishloq xo‘jaligi sohasida ilg‘or agrotexnologiyalarni, boshqaruvning zamonaviy usullari va samarali vositalarini qo‘llash, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, yosh fermerlar avlodini tarbiyalashda o‘ziga xos tajriba maktabini yaratdi.

    U o‘z faoliyati bilan Vatanga muhabbat va sadoqatning, kasbiga fidoiylikning haqiqiy namunasini namoyon etdi. Aynan ana shunday olijanob fazilatlari bilan Lolaxon opa butun xalqimiz uchun o‘zbek ayolining haqiqiy timsoliga aylandi.

    El-yurt ishiga umrini bag‘ishlagan qahramon fermer jamoat ishlarida ham faol ishtirok etdi. Uning bu boradagi serqirra faoliyati yoshlarni, xotin-qizlarni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘rgatish, ularni ish bilan ta’minlash, hayotda o‘z o‘rnini topishida yaqindan ko‘mak berish, ehtiyojmand oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, qishloq va mahallalarni obod etish, aholi turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan ezgu ishlarida yaqqol namoyon bo‘ldi.

    Murotova Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati kengashi deputati, Oliy Majlisi Senati a’zosi sifatida ham samarali ish olib borib, mamlakatimiz hududlarini rivojlantirish, amalga oshirilayotgan islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilishda ham faollik ko‘rsatdi.

    Lolaxon Murotovaning mamlakatimiz va xalqimiz oldidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi” faxriy unvoni, “El-yurt hurmati”, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari hamda “O‘zbekiston Qahramoni” oliy unvoni bilan mukofotlangan edi.

    Atoqli fermer, qishloq xo‘jaligi ilmining yetuk namoyandasi, taniqli jamoat arbobi, yoshlarning mehribon ustozi, kamtarin va samimiy inson, xalqimizning fidoyi farzandi Lolaxon Murodovaning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.

    Shavkat Mirziyoyev, Tanzila Norboyeva, Nurdinjon Ismoilov, Abdulla Aripov, Shuhrat G‘aniyev, Xayrulla Bozorov, Aktam Hayitov

    Avvalroq prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Lola Murotova betob bo‘lib qolganini, Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga ko‘ra, bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev, sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev, prezident maslahatchisi o‘rinbosari A.Jo‘rabayev bilan birgalikda viloyat shoshilinch tibbiy yordam markazida davolanayotgan O‘zbekiston Qahramoni holidan xabar olinganini ma’lum qilgandi. Farg‘onaga tashrifi davomida Shavkat Mirziyoyev Lola Murotovaning betobligi haqida ham to‘xtalib o‘tgandi.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekiston Qahramoni Lola Murotova: Uch yil avval ham shu mehnatni qilardik, lekin qo‘rqardik
    • Video: “Farg‘onada bittagina” qo‘shig‘iga raqsga tushayotgan hokim va O‘zbekiston Qahramoni

    30.05.2022, 14:11   Izoh (0)   26360
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Chortoqda mahallani bog‘lab turuvchi ko‘prikni sel oqizib ketdi (video)

    30.05.2022, 13:58

    “Xalq banki” 200 ming so‘m moddiy yordam puli uchun bank filiallari oldida to‘plangan aholiga murojaat bilan chiqdi

    30.05.2022, 13:45

    Uy-joy sotib olish va ta’mirlash uchun qanday kreditlar olish mumkin?

    30.05.2022, 13:24

    Samarqandda 55 yoshli fuqaro uyida 150 tup ko‘knori yetishtirayotgani aniqlandi

    30.05.2022, 12:59

    “Prezident gapiradi, ammo deputatlarimiz amal qilmaydi”. Andijonlik deputat sessiya ishi jonli efirga uzatilmayotganini tanqid qildi

    30.05.2022, 12:53

    O‘zbekistonda un va don mahsulotlari narxining o‘sishi va taqchilligining oldini olish bo‘yicha shtab tashkil etiladi

    30.05.2022, 12:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.