• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda oilali erkaklar bo‘ydoqlarga nisbatan ko‘proq maosh olishi aniqlandi

    Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ish haqining ta’lim darajasiga bog‘liq holda ortib borishini o‘rganib chiqdi.

    Qayd etilishicha, PMTI ekspertlari rasmiy ta’lim darajalarining ish haqiga ta’sirini, iqtisodiyot sohalari va ta’lim darajalari bo‘yicha empirik baholashga qaratilgan tadqiqot o‘tkazgan. Tadqiqotdan maqsad — O‘zbekistonda ta’limning nisbatan yuqoriroq darajasidagi diplom egalari mehnat bozori ishtirokchisiga aylangach, sarflagan vaqti va kuchini oqlaydigan kompensatsiya olyaptimi, degan savolga ilmiy asoslangan javoblar olish.

    Natijalarga ko‘ra, O‘zbekistonda ish haqidagi ustama fan doktori (yoki DSc) ilmiy unvoni uchun 61 foizdan, PhD yoki fan nomzodi uchun 41 foizdan yuqori ekani aniqlangan. Shuningdek, bakalavr bosqichining imtiyozli diplomiga ega xodimlar mehnat bozorida oddiy diplom sohiblariga qaraganda 8,5 foiz ko‘proq maosh oladi. Ushbu tadqiqot yuqori ta’lim darajasiga ega bo‘lish uchun sarflangan vaqt va kuch o‘zini oqlanishini tasdiqlagan.

    O‘zbekistonda ta’limning yuqoriroq bosqichlari keltiradigan iqtisodiy manfaatni baholash uchun PMTI mutaxassislari 18 yoshdan katta fuqarolar ishtirokida “Ta’limning daromadga ta’siri” mavzusida onlayn so‘rov o‘tkazgan. Unda asosan ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanuvchi tasodifiy respondentlar qatnashgan. Mamlakatning turli hududlaridan onlayn tartibida jami 1152 ta (61 foiz erkaklar, 39 foiz ayollardan) javob olingan. Tadqiqotda 906 ta so‘rovnomaning natijasi baholangan. Ta’limning iqtisodiy manfaati “Minserning daromadlar tenglamasi” asosida tahlil qilingan.

    Baholash natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda har bir qo‘shimcha ta’lim yili ish haqining o‘rtacha 10 foiz oshishiga imkoniyat yaratadi. Bu ko‘rsatkich YUNЕSKOning bahosiga mos keladi. DSc yoki fan doktori ilmiy unvoniga ega va iqtisodiyotda band bo‘lganlar o‘rta hisobda 61 foiz, PhD yoki fan nomzodlari esa o‘zlaridan oldingi ta’lim darajasiga ega xodimlarga nisbatan 41 foiz ko‘proq maosh oladi.

    Grafika: Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti

    Grafika: Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti

    Imtiyozli diplomga ega respondentlar (bakalavr bosqichi bitiruvchilari yoki Bolon tizimiga o‘tilgunga qadar OTMlarning bitiruvchilari) mehnat bozorida oddiy diplom sohiblariga nisbatan 8,5 foiz ko‘proq maosh oladi.

    So‘rovda ishtirok etganlar orasida iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha kompyuter texnologiyalari sohasida band bo‘lganlarning o‘rtacha oylik maoshi eng yuqori ekanli ma’lum bo‘lgan. Ular ta’lim darajasi va uning davomiyligiga qarab boshqa tarmoqlarda band bo‘lganlarga nisbatan 28 foizdan 37 foizgacha ko‘proq ish haqi oladi.

    Iqtisodchilar 24—37 foiz, moliyachilar 29—30 foiz, professional va ilmiy-texnik faoliyat (yuridik, konsalting, buxgalteriya va professional xizmatlar) bilan shug‘ullanuvchilarning o‘rtacha oylik maoshi 27—38 foiz ko‘p ekani oydinlashgan. Davlat boshqaruvi va mudofaa yo‘nalishlarida band bo‘lganlar o‘z mehnati evaziga 25—31 foiz ko‘proq maosh oladi. Sanoat tarmog‘i vakillari 22—24 foiz, qurilish sohasi vakillari esa 25 foiz ko‘p ish haqi olishi aniqlangan.

    Iqtisodiyotda erkaklarning maoshi ayollarnikiga nisbatan yuqori. Shu bilan birga, har bir qo‘shimcha ta’lim yili ayollarning daromadini 11 foizga, erkaklarnikini 8,7 foizga oshiradi. Oilali erkaklar bo‘ydoqlarga nisbatan 16 foiz ko‘proq maosh olsa, turmush qurganidan so‘ng ayollarning maoshi 27 foizga kamayishi kuzatiladi. Poytaxt mehnat bozorida band bo‘lganlarning ish haqi boshqa hududlardagi ish haqiga nisbatan 23—24 foiz yuqoriroq.

    Ta’lim darajasi turlicha bo‘lgan respondentlarning oylik maoshi o‘rtasidagi tafovut tahsil olayotganlar va ularning oilalariga oila a’zosining ta’lim olishi uchun sarmoya kiritish bo‘yicha to‘g‘ri qaror qabul qilishda yordam beradi.

    PMTI ekspertlari tadqiqotning keyingi bosqichida zarur bilim, mahorat va yuqori malakaga ega bo‘lib, ma’lum bir kasbni egallash uchun qancha miqdorda sarmoya kiritish zarurligini hisoblash imkonini beradigan kalkulyatorni ishlab chiqishni rejalashtirmoqda.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekistonda daromadi kam aholi boylarga qaraganda narxlar o‘sishini qariyb ikki barobar ko‘proq sezgan
    • O‘zbekistonda IT bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarning 30 foizi qizlar ekani ma’lum qilindi
    • O‘zbekistonda xorijiy OTM bitiruvchilari va ilmiy daraja olgan yosh mutaxassislarning oyligiga ustama qo‘shiladi

    30.05.2022, 14:44   Izoh (0)   11303
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Tarixiy o‘zgarish”: g‘allani yetishtirish va sotishda bozor tamoyillarini qo‘llash bizga nima beradi?

    30.05.2022, 14:33

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Lola Murotova vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi

    30.05.2022, 14:11

    Chortoqda mahallani bog‘lab turuvchi ko‘prikni sel oqizib ketdi (video)

    30.05.2022, 13:58

    “Xalq banki” 200 ming so‘m moddiy yordam puli uchun bank filiallari oldida to‘plangan aholiga murojaat bilan chiqdi

    30.05.2022, 13:45

    Uy-joy sotib olish va ta’mirlash uchun qanday kreditlar olish mumkin?

    30.05.2022, 13:24

    Samarqandda 55 yoshli fuqaro uyida 150 tup ko‘knori yetishtirayotgani aniqlandi

    30.05.2022, 12:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Belarus prezidenti o‘z o‘g‘liga iqtidorli bolalar uchun mo‘ljallangan stipendiya tayinladi

    Dunyo | 18 iyul, 21:35

    Gollivud afsonalarining shuhrat qozonish imkoniyatini boy bergan farzandlari

    Layfstayl | 18 iyul, 21:20

    “Qilmishimdan pushaymonman”. Toshkentda Spark haydovchisi 5 kg narkotik bilan qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 21:10

    Germaniyadan turli jinoyatlar uchun hukm qilingan yuzga yaqin afg‘onistonlik vataniga qaytarildi

    Dunyo | 18 iyul, 21:00

    Amerika kruiz laynerining 134 nafar yo‘lovchisida g‘alati virus aniqlandi

    Dunyo | 18 iyul, 20:45

    “Manchester Yunayted” “Brentford” bilan Brayan Mbeumoning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi

    Sport | 18 iyul, 20:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.