• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasi yuqori malakali mutaxassislarni ishga qabul qilish uchun tanlov e’lon qiladi

    “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasi yuqori malakali mutaxassislarni ishga qabul qilish uchun tanlov e’lon qiladi. Nomzodlar o‘zi haqidagi ma’lumotlar (rezyumelar)ni tmc@rtmc.uz elektron manzili orqali taqdim etishlari so‘raladi.

    Direktor o‘rinbosari lavozimiga

    Malakaviy talablar

    Oliy ma’lumotli, telekommunikatsiya yo‘nalishidagi rahbarlik lavozimlarida kamida 5 yil mehnat stajiga ega, jamoa bilan ishlash va o‘z ishiga mas’uliyatli, talabchan, o‘zbek, rus va ingliz tillarini mukammal bilishi kerak.

    Lavozim majburiyatlari

    Korxonaning axborot xavfsizligi va mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish xizmatlari, ko‘chib o‘tgan raqamlarni muvofiqlashtirish va qo‘ng‘iroqlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari faoliyatini tashkillashtiradi hamda ularga bevosita rahbarlik qiladi. Yangi innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish, xodimlar salohiyatini oshirish maqsadida texnik qo‘llanmalarni tanlash ishlarida ishtirok etib, davlat boshqaruv organlari bilan telekommunikatsiya tarmoqlaridan va resurslaridan foydalanish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik ishlarini muvofiqlashtiradi.

    Iqtisodiy tahlil va tariflar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga

    Malakaviy talablar

    Oliy iqtisodiy yoki muhandis-iqtisodchi ma’lumotiga hamda mazkur mutaxassislik bo‘yicha kamida 3 yil mehnat stajiga ega bo‘lishi, jamoa bilan ishlash, o‘z ishiga mas’uliyatli, xodimlarga nisbatan talabchan bo‘lishi, o‘zbek va rus tillarini mukammal bilishi kerak.

    Lavozim majburiyatlari

    Korxonaning biznes rejasini tayyorlash, rejaga oid moliyaviy ishini tashkil qilish, korxona tuzilmasi va shtat sonining tashkil qilinishini ta’minlash, mehnatni tashkil qilish bo‘yicha axborot to‘plash va tahlil qilish, statistik hisobotlarning sifatli tayyorlanishi va topshirilishini ta’minlash, har chorakda korxonaning moliyaviy-iqtisodiy faoliyati tahlilini o‘tkazish, korxona va uning bo‘linmalari faoliyati samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlarini iqtisodiy tahlil qilish, mehnat unumdorligini oshirish bo‘yicha tejash rejimini ta’minlash, rejaga oid vazifalarning bajarilishi, ichki xo‘jalik rezervlardan foydalanishni nazorat qilish va shu kabi iqtisodiy masalalar bo‘yicha ishlarni tashkillashtiradi.

    Bosh yuriskonsult lavozimiga

    Malakaviy talablar

    Bosh yuriskonsult lavozimiga oliy yuridik ma’lumotga ega va yuridik xizmatda kamida 2 yillik tajribaga ega bo‘lgan shaxs tayinlanadi hamda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish masalalari majburiy tartibda Adliya organlari bilan kelishiladi.

    Jamoa bilan ishlash, o‘z ishiga mas’uliyatli, talabchan bo‘lishi, o‘zbek va rus tillarini mukammal bilishi kerak.

    Lavozim majburiyatlari

    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qarorlarini bilishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik, mehnat, soliq, ma’muriy huquq bo‘yicha amaldagi qonunchiligini bilishi kerak.

    Xalqaro munosabatlar va investitsiya masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimiga

    Malakaviy talablar

    Oliy ma’lumotli, xalqaro iqtisodiy munosabatlar bo‘yicha kamida 3 yil mehnat stajiga ega bo‘lishi, o‘zbek, ingliz va rus tillarini mukammal bilishi kerak.

    Xalqaro tashkilotlar va xorijiy korxonalar, jamoa bilan ishlash tajribasi, mas’uliyatli va talabchan bo‘lishi kerak.

    Lavozim majburiyatlari

    Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, xalqaro tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha takliflarni tayyorlash, korxona rahbariyatining xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlarning rasmiy vakillari bilan uchrashuvlari uchun ma’lumot materiallarini tayyorlash va ishtirok etish, ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda milliy qonunchilik bazasini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, tashqi aloqalarni o‘rnatish va xalqaro hamkorlikni tashkillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish va istiqbolli rejalar tuzish xalqaro delegatsiya a’zolari bilan muzokaralarni tashkillashtirish, zaruratga ko‘ra tarjimon vazifasini bajarish.

    Axborot tizimlarini rivojlantirish bo‘limi yetakchi muhandis-dasturchi (Backend dasturchi) lavozimiga

    Malakaviy talablar

    Oliy ma’lumotli, axborot texnologiyalari yo‘nalishida kamida 2 yil mehnat stajiga ega bo‘lishi, shaxsan yaratgan dasturiy ta’minoti bo‘lishi kerak.

    Jamoa bilan ishlashni bilishi, mas’uliyatli va talabchan bo‘lishi hamda o‘zbek, rus va ingliz tillarini mukammal bilishi kerak.

    Lavozim majburiyatlari

    • Dasturlash tillari: JavaScript, Phyton, HTML, CSS va hokazo dasturlash tillarini bilishi;
    • Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi: MySQL bilishi;
    • Veb-dasturlash sohasida ish tajribasiga ega bo‘lishi;
    • IT loyihalarda ishtirok etganligi yoki o‘zi tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlar hamda SUBD Oracle bilan ishlash ko‘nikmasi inobatga olinadi.
    Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish bo‘limi, 1-toifali muhandis lavozimiga

    Malakaviy talablar

    Oliy ma’lumot, telekommunikatsiya yo‘nalishi faoliyatida kamida 3 yil stajga ega, jamoa bilan ishlash, mas’uliyatli, talabchan, o‘zbek va rus tillarini mukammal bilishi kerak.

    Lavozim majburiyatlari

    O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini umumiy tuzilishi, tarmoq aloqa tashkil etish sxemalari va ularni zaxiralash prinsiplarini bilishi, iste’molchilar buyurtmalari bo‘yicha oqimlarning ajratilishini ta’minlash, umumiy foydalanishdagi telefon kanallarini tashkil qilish uchun va fuqarolar ijarasi iste’molchilari, buyurtmalar bo‘yicha aloqalarni qayta shakllantirish uchun hujjatlar tayyorlash, ekspluatatsiya qilish bilan birga iste’molchilar tomonidan foydalanilmaydigan resurslar bo‘yicha tarmoq monitoringini o‘tkazadi va tarmoqda “avariya” kanallarini bartaraf etish bo‘yicha tegishli ishlarni amalga oshiradi.

    Shartnomalar va hisoblash bo‘limi 2-toifali muhandis lavozimiga

    Malakaviy talablar

    Oliy ma’lumot, telekommunikatsiya yo‘nalishi faoliyatida kamida 3 yil stajga ega, jamoa bilan ishlash, mas’uliyatli, talabchan, o‘zbek va rus tillarini mukammal bilishi.

    Lavozim majburiyatlari

    Yuridik shaxslar bilan aloqa kanallarini ijaraga berish uchun shartnomalarning loyihalarini tayyorlash va rasmiylashtirish, tuzilgan shartnomalar bo‘yicha ish yuritish, shartnomalar va o‘zaro hisob-kitoblar ma’lumotlarini qayta ishlash, avtomatlashtirilgan tizimida ijaraga berilgan kanallarni hisoblash, debitorlik va kreditorlik qarzlarining tahlilini o‘tkazish va nazorati bo‘yicha ish yuritish, shartnomalar reyestrini yuritish.

    Axborot xavfsizligi xizmati 1-toifali muhandis lavozimiga

    Malakaviy talablar

    Oliy ma’lumot, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kamida 2 yillik ish tajribasiga ega, jamoa bilan ishlash, mas’uliyatli, talabchan, o‘zbek, rus, ingliz tillarini mukammal bilishi.

    Lavozim majburiyatlari

    O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarida xalqaro ovozli trafikni o‘tkazishda qonunchilik talablari buzilganligi holatlarini aniqlash va ular to‘g‘risida ma’lumotlarni olish jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish, telekommunikatsiya tarmoqlarida xalqaro ovozli trafikni o‘tkazishda qonunchilik talablari buzilganligi holatlarini aniqlash va ular to‘g‘risida ma’lumotlarni olish jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha olib borilgan ishlar bo‘yicha hisobotlar tayyorlash hamda tizimni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

    Ko‘chib o‘tgan raqamlarni muvofiqlashtirish bo‘limi, 1-toifali muhandis lavozimiga

    Malakaviy talablar

    Maxsus texnik oliy ma’lumotga va texnik-muhandislik lavozimlarida kamida 2 yil ish stajiga ega, jamoa bilan ishlash, mas’uliyatli, talabchan, o‘zbek va rus tillarini mukammal bilishi.

    Lavozim majburiyatlari

    Ko‘chib o‘tgan raqamlar markazlashtirilgan bazasi (KRMB)ni shakllantirish va texnik kuzatish hamda mobil aloqa operatorlar (provayderlar) tomonidan abonent raqamlarini ko‘chirish uchun uning resurslaridan foydalana olish imkonini yaratish, abonent raqamlarini ko‘chirish jarayonida yuzaga keladigan masalalar bo‘yicha mobil aloqa operatorlar (provayderlar) o‘rtasida o‘zaro ishlash, ko‘chirilgan abonent raqamlari to‘g‘risidagi axborotni aktuallashtirish uchun KRMBga ulangan mobil aloqa operatorlarning (provayderlarning) ko‘chirilgan raqamlarini lokal bazasi bilan o‘zaro ishlashini ta’minlash, ko‘chirilgan abonent raqamlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini ruxsatsiz foydalanishdan himoyalashni ta’minlash.

    Mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish xizmati, 2-toifali muhandis lavozimiga

    Malakaviy talablar

    Oliy ma’lumot, telekommunikatsiya yo‘nalishi faoliyatida kamida 2 yil mehnat stajiga ega, jamoa bilan ishlash, mas’uliyatli, talabchan, o‘zbek, rus, ingliz tillarini mukammal bilishi.

    Lavozim majburiyatlari

    • Jismoniy shaxslardan mobil qurilmalarning IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun anketalar va arizalarni, shuningdek, hisobvaraqalar chiqarish;
    • IMEI kodlarini tegishli hujjatlar bilan ro‘yxatdan o‘tkazish uchun anketalarni, shuningdek, hisobvaraqalar chiqarish;
    • O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi diplomatik korpusga xizmat ko‘rsatish byurosi mobil qurilmalar IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yozma murojaatlarini va tegishli shakldagi anketalarini, shuningdek, hisobvaraqalar chiqarish;
    • O‘zbekiston Respublikasida mobil qurilmalarni hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish tizimida hisobvaraqalar chiqarib berishga oid ishlarni bajarish.
    Jismoniy shaxslardan arizalarni qabul qilish, tezkor boshqaruv punkti muhandisi lavozimiga

    Malakaviy talablar

    Oliy ma’lumot, telekommunikatsiya yo‘nalishi faoliyatida kamida 3 yil stajga ega, jamoa bilan ishlash, mas’uliyatli, talabchan, o‘zbek va rus tillarini mukammal bilishi kerak.

    Lavozim majburiyatlari

    Tarmoqlar holati to‘g‘risida tezkor axborotni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish hamda real vaqt mashtabida vaziyatga ko‘ra, ularni qayta qurish, milliy boshqaruv markaz (MBM)lari bo‘linmalari va manfaatdorligi bo‘yicha boshqa davlatlarning aloqa operatorlari bilan O‘zR TT holati bo‘yicha, shuningdek, MDH boshqa davlatlarining aloqa tarmoqlarining holati bo‘yicha axborot bilan almashishni, avariyalar va shikastlanishlarni tugatish bo‘yicha ishlarni nazorat qilish, rejaga oid, rejadan tashqari ta’mirlash-sozlash ishlari va profilaktika o‘lchashlarining bajarilishini nazorat qilish.

    Ombor mudiri lavozimiga

    Malakaviy talablar

    Oliy ma’lumot, moliya-iqtisod yo‘nalishi faoliyatida kamida 3 yil stajga ega, jamoa bilan ishlash, mas’uliyatli, talabchan, o‘zbek va rus tillarini mukammal bilishi.

    Lavozim majburiyatlari

    Korxonadagi tovar-moddiy boyliklarni, shu jumladan, avval foydalanishda bo‘lgan buyumlarni miqdori va sifati jihatdan to‘liq va but saqlanishini ta’minlaydi. Korxona ombori va ombor mudirining ma’suliyati ostiga berilgan moddiy boyliklarning miqdori va qiymati uchun moddiy javobgar bo‘ladi. Javobgarligida bo‘lgan tovar-moddiy boyliklarni doimiy hisobini yuritadi ro‘yxatga olish va ro‘yxatdan chiqarish ishlarini amalga oshiradi. Ombor holatini kuzatadi va zarurat yuzaga kelganida ta’mirlash choralarini ko‘radi. Korxona xodimlarining buyurtmalariga asosan kanselyariya tovarlari va xo‘jalik buyumlari, boshqa tovar-moddiy boyliklar bilan ta’minlaydi.

    Elektrik-santexnik lavozimiga

    Malakaviy talablar

    O‘rta-maxsus ma’lumot, shu sohada 2 yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga, bilimva ko‘nikmalarga ega, mas’uliyatli va talabchan bo‘lishi.

    Lavozim majburiyatlari

    Elektrotexnika, radiotexnika, telemexanika, elektronik asoslarini, turli xil elektr mashina, apparat, o‘lchash vositalarining tuzilishi va sxemalarini, tansformator, kabel hamda turli kuchlanish va qalinlikdagi elektr simlar bardosh beradigan yuqori me’yorlarni, ularni ta’mirlash va sozlash usullarini, elektr tarmog‘idagi va elektr asboblarning ishlatish jarayonida yuzaga keladigan shikastlanish alomatlari, sabablari va ularning xavfli oqibatlarini, ularni aniqlash va tuzatish usullarini, sanitar-texnik tizim qismlarining turlarini, quvurlarni ulash va mahkamlashni, po‘latva polimer quvurli sanitar-texnik tizimlarni ta’mirlash usullarini bilishi kerak.

    Avtotransport haydovchisi lavozimiga

    Malakaviy talablar

    Umumiy o‘rta ma’lumotga, “B, C, D” toifali haydovchilik guvohnomasiga ega, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan va “B, C, D” toifali haydovchi sifatida kamida uch yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi, mas’uliyatli, talabchan, o‘zbek va rus tillarini mukammal bilishi.

    Lavozim majburiyatlari

    Yo‘l harakati qoidalarini, transport vositalari toifalariga tegishli bo‘lgan avtomobillarning agregatlari, mexanizmlarining vazifasi, qurilmasi, ishlash prinsipi, ishlashi va ularga xizmat ko‘rsatishni, nosozliklar, belgilari, sabablari, xavfli oqibatlari, ularni aniqlash va bartaraf etish usullarini, yo‘l elementlari, harakat xavfsizligiga ularning ta’siri, avtomobil harakati nazariyasi to‘g‘risidagi asosiy tushunchalarni bilishi kerak.

    Keltirilgan lavozimlarga yuqori malakali mutaxassislar korxonaning komissiya tarkibi bilan rasmiy suhbatdan o‘tkazilib, natijasi yuzasidan munosabat bildiriladi.

    Nomzodning taqdim etayotgan ma’lumotida (rezyumeda) tanlangan lavozimlarva nomzod to‘g‘risida (davlat tilida) batafsil ma’lumot bo‘lishi lozim.

    Hujjatlar elektron tarzda qabul qilinadi, axborot va tushuntirishlar berish, qo‘shimcha so‘rovlar bo‘yicha quyidagi raqamlar bilan bog‘lanish mumkin.

    “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasi

    Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Sebzor dahasi 18A-uy

    Mo‘ljal: 240-ATS binosi

    Aloqa uchun telefon: kadrlar bo‘limi 71 240 53 56, qabulxona 71 240 54 20

    E-mail: tmc@rtmc.uz

    Web: www.rtmc.uz

    Reklama huquqi asosida.

    28.05.2022, 15:00   Izoh (0)   22363
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ipoteka kreditiga tayyor ta’mirlangan xonadon xarid qilib sovg‘alarga ega bo‘ling!

    28.05.2022, 09:00

    Sergeli 5’da Texnomart ochilmoqda: birinchi kelgan 200 nafar mijozlarni 50 foizgacha chegirmalar kutmoqda

    27.05.2022, 15:00

    FIFA World Cup Trophy Tour by Coca-Cola: FIFA Jahon kubogi Toshkentga kelmoqda

    27.05.2022, 12:00

    “More” ochiq!

    27.05.2022, 09:00

    Global lazer sanoatining kashfiyotchisi bo‘ling va lazer texnologiyasi yordamida inson hayotini o‘zgartiring

    26.05.2022, 18:00

    “Xalq banki” birlamchi va ikkilamchi bozor uchun ipoteka kreditini taklif etadi

    26.05.2022, 15:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Sistit — bu uyat emas!


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    34 yoshli ayol 24 soat ichida turnikda tortilish bo‘yicha Ginnes rekordini o‘rnatdi

    Dunyo | 3 iyun, 00:00

    “Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashuvga tayyor” — Oq uy matbuot kotibi

    Dunyo | 2 iyun, 23:45

    “Ukraina o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishni talab qilmoqda” — Vladimir Zelenskiy

    Dunyo | 2 iyun, 23:30

    Parijda Makronning haykali o‘g‘irlab ketildi

    Dunyo | 2 iyun, 23:15

    Yaponiya 10 ming nafar o‘zbekistonlik mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:58

    Istanbulda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Nimalarga kelishildi?

    Dunyo | 2 iyun, 22:40

    Yamal “Oltin to‘p” haqida gapirdi

    Sport | 2 iyun, 22:28

    Namanganda Onix lyukidan tanasini chiqarib harakatlangan qiz uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.