• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Roberto Karlos 49, Raul esa 44 yoshda. “Real”ning 90-yillardagi yulduzlari hozir qayerda va qanday ko‘rinishga ega? (foto)

    O‘tgan asrning 90-yillari oxirlarida Roberto Karlos, Fernando Yerro, Ugo Sanches, Raul, Manuel Sanchis kabi nomlar Ispaniya va Yevropa maydonlarida “Real”ga ko‘plab g‘alabalar va sovrinlar olib kelardi. Oradan o‘ttiz yil o‘tdi va juda ko‘p narsalar o‘zgardi. Quyida “Santyago Bernabeu” afsonalari hozir qayerdaligi va nima bilan shug‘ullanayotgani haqida so‘z yuritiladi, shu bilan birga ularning hozirgi tashqi ko‘rinishi qanday degan savolga ham javob beriladi.

    Emilio Butragenyo, 58 yosh

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Butragenyo “Real” safida 12 mavsum o‘tkazgan, muxlislar esa unga “kalxat” laqabini bergan. Emilio Ispaniyada qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarga ega chiqqan, ammo faqat bir marta — 1991-yilda Primeraning eng yaxshi to‘purari (19 ta gol bilan) bo‘lgan. Taniqli to‘purar ayni damda “qirollik klubi” boshqaruv tizimida faoliyat ko‘rsatadi.

    Ugo Sanches, 63 yosh

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Sanches “qirollik klubi”ga 27 yoshida “Atletiko”dan ko‘chib o‘tgan va buning uchun “Visente Kalderon”ning nafratiga uchragan. Biroq uning o‘zi bu transferdan afsuslanishiga hech qanday asos yo‘q. Madriddagi yetti yil davomida meksikalik hujumchi 250 dan ortiq uchrashuv o‘tkazib, 190 ta gol uradi, besh marta Ispaniya chempionati to‘purari bo‘ladi va bir bor Yevropada “Oltin butsi”ni o‘ziniki qiladi. Sanches La Liga tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar orasida kuchli to‘rtlikka kiradi (Messi, Ronaldu va Telmo Sarradan keyin). Sanches hozir bir-yo‘la ikki davlatda — Meksika va Ispaniyada istiqomat qiladi va ko‘p vaqtini oilasiga bag‘ishlaydi.

    Manuel Sanchis, 57 yosh

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Sanchis Madrid klubi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, futboldagi fidoyilik timsoli hisoblanadi. U butun faoliyatini “Real”da o‘tkazgan. Manuel 18 yil davomida 655 ta o‘yinda qatnashib, 37 ta golni o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan. Afsonaviy Sanchis 13 mavsum davomida “qaymoqranglilar”ga sardorlik qilib, qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan hamma sovrinlarni yutadi. Faoliyatini yakunlaganidan keyin Sanchis futboldan uzoqlashdi va kamdan-kam hollarda omma oldida ko‘rinish bermoqda.

    Fernando Yerro, 54 yosh

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ispaniya terma jamoasining bo‘lajak sardori 1989-yilda “Valyadolid”dan Madridga ko‘chib o‘tgan. Fernando “Real”da La Liga tarixidagi eng sermahsul himoyachilardan biri sifatida shuhrat qozondi. 15 mavsum va 587 o‘yinda Yerro 124 gol urgan. Kuchli zarbasi va ikkinchi qavatdagi ajoyib o‘yini Fernandoga muntazam ravishda hujumlarga qo‘shilishga imkon yaratadi. 1991/92-yilgi mavsumda esa 21 ta gol bilan mavsumni yakunlagan, o‘shanda u bir o‘yinda poker qilishga muvaffaq bo‘lgandi. 2018- yilgi Jahon Chempionati boshlanishiga bir kun qolganida kutilmaganda (ehtimol, o‘zi uchun ham shundaydir) Ispaniya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanadi. O‘sha vaqtda u Ispaniya futbol federatsiyasida milliy terma jamoa sport direktori lavozimida faoliyat olib borardi. U terma jamoa boshqaruvida Xulen Lopetegining o‘rnini egallaydi. Biroq Yerro bu kursida bor-yo‘g‘i bir oy ishlaydi, xolos. Mundialdan so‘ng Yerro terma jamoadan ketadi. Shundan keyin u hali biror joyda ishlagani yo‘q.

    Ivan Samorano, 55 yosh

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ivan Samorano faoliyati davomida beshta davlatda o‘ynagan, ammo aynan Ispaniyada katta muvaffaqiyatga erishgan. U “Real” bilan birgalikda 1993-yilda Ispaniya Kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan, 1994/95-yilgi mavsumda esa mamlakat chempionatida zafar quchgan. Madridliklar safida 100 ta golga erishish uchun chililik futbolchiga atigi 3 ta gol yetmay qolgan. Hozirda Samorano dam olish bilan ovora, vaqti-vaqti bilan esa turli tadbirlarda ko‘rinish berib turadi.

    Fernando Redondo, 52 yosh

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Redondoning Madriddagi faoliyati 1994-yilda boshlangan. Sobiq yarim himoyachi “Real” bilan ikki marta Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqan, uning 22 yil avval “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yinda amalga oshirgan finti esa jahon futbolining durdonasi hisoblanadi. Argentinalik faoliyatini yakunlagach, omma e’tiboridan yo‘qoldi va tinch hayot tarzini tanladi.

    Mavzuga doir: Xayoliga kelgan narsani oyog‘i bilan qila olgan “boqiy madridlik” — Fernando Redondo hikoyasi

    Roberto Karlos, 49 yosh

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Madridda o‘tgan 11 mavsumda braziliyalik futbolchi 527 ta o‘yinda maydonga tushib, 69 ta gol urgan, 89 ta golga assistentlik qilgan va 13 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. Dunyodagi eng kuchli zarbalardan birining egasi bo‘lgan Roberto Karlos UEFA talqiniga ko‘ra ikki marta Yevropaning eng yaxshi himoyachisi deb topilgan. Butsilarini mixga ilgan Roberto dastlab o‘zini murabbiylikda sinab ko‘rdi, ammo hozircha hech narsaga erisha olganicha yo‘q. Ammo “Real”ning eshiklari u uchun doim ochiq — hozirda Roberto klub tizimidagi ma’muriy lavozimlardan birida faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari, u muntazam ravishda xayriya tadbirlari bilan shug‘ullanadi.

    Predrag Miyatovich, 51 yosh

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Miyatovich “Real” safida atigi 3 mavsum o‘ynagan, ammo shu uncha katta bo‘lmagan muddat unga o‘z nomini klub tarixiga yozib qo‘yish uchun yetarli bo‘lgan. Buning uchun faqat bitta aniq zarba berish kifoya edi — uning 1997/98-yilgi Chempionlar Ligasi finalida “Yuventus”ga urgan goli Madridga “shalpangquloq”ni taqdim etgan. Yugoslaviya terma jamoasining sobiq futbolchisi hozirda agentlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqda.

    Davor Shuker, 54 yosh

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Shuker “Real”ga yetuk va ancha tajribali futbolchi sifatida kelgan. “Qirollik klubi”dagi uch mavsumda Davor 111 ta o‘yin o‘tkazib, 49 ta gol urgan. Sovrinlar qatorida Ispaniya chempionati, mamlakat Superkubogi va UEFA Chempionlar Ligasi bosh sovrinlari bor. Shuker 2012-yildan 2021-yilgacha Xorvatiya futbol assotsiatsiyasini boshqargan.

    Klarens Zeyedorf, 46 yosh

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Zeyedorf Madrid klubiga 20 yoshli yigitcha bo‘lib kelib, u yerni tajribali va yetuk o‘yinchi sifatida tark etadi, Klarens “qirollik klubi”dan ketish chog‘ida o‘z pozitsiyasida dunyodagi eng yaxshilardan biri edi. 1996-yildan 2000-yilgacha niderlandiyalik futbolchi “Real” bilan to‘rtta sovrinni qo‘lga kiritgan — ikkitadan milliy va xalqaro maydonda. Ular orasida, albatta, Chempionlar Ligasi alohida ajralib turadi. Zeyedorf 2018-yil avgustidan 2019-yilning iyuligacha Kamerun terma jamoasiga murabbiylik qilgan. Hozirda u ishsiz.

    Raul, 44 yosh

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    17 yoshidayoq “Real” bilan professional shartnoma imzolagan Raul “Bernabeu”ning ramzlaridan biridir. “Madrid qiroli” nomining berilishi ham uning klub uchun nimani anglatishini yaxshi ifodalaydi. Ispaniya poytaxtida tug‘ilgan futbolchi “qirollik klubi” tarkibida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan (741 ta), to‘purarlar ro‘yxatida esa ikkinchi o‘rinda (323), bugungi kunda Madridni “yondirayotgan” Karim Benzemaning hisobida ham shuncha gol bor. Raul 16 yil davomida “qaymoqranglilar” bilan 16 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. Afsonaviy forvard hozirda “Real”ning o‘rinbosarlar jamoasini boshqarmoqda va o‘ziga xos yutuqlarga erishib kelmoqda. Agar yaqin yillar ichida u asosiy jamoaga o‘tadigan bo‘lsa, bu hech kimni ajablantirmaydi.

    Mavzuga doir:

    • Gullit, Raykard, Maldini. “Milan”ning 90-yillardagi yulduzlari hozir qayerda va qanday ko‘rinishga ega? (foto)
    • Rivaldo 50, Ronaldo esa 45 yoshda. “Barselona”ning 90-yillardagi yulduzlari hozir qayerda va qanday ko‘rinishga ega?
    • “Manchester Yunayted”ning 90-yillardagi yulduzlari hozir qayerda va qanday ko‘rinishga ega? (foto)

    27.05.2022, 23:49   Izoh (0)   32195
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Superliga. “Navbahor” “Lokomotiv” ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi, “OKMK” o‘z maydonida “Neftchi”ni mag‘lub etdi

    27.05.2022, 21:03

    Maykl Ouen YChL finali haqida: “Liverpul” “Real” ustidan ishonchli g‘alabaga erishadi

    27.05.2022, 20:27

    “Manchester Yunayted”ning qarzlari qariyb 0,5 milliard funtga yetdi

    27.05.2022, 18:09

    “Real” yetakchi, “Barselona” 3-o‘rin, “Milan”da esa eng yuqori o‘sish. Yevropaning eng qimmat klublari reytingi yangilandi

    27.05.2022, 17:02

    O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasiga yangi rahbar saylandi

    27.05.2022, 16:19

    Bekor qilingan O‘zbekiston — Argentina o‘rtoqlik uchrashuvi, “Man Yunayted” va “Barselona” o‘rtasidagi YChL finali, katta futbolda nom-nishonsiz yo‘qolgan “Paxtako...

    27.05.2022, 15:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.