• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda “Raqamli mobil pasport” qarori loyihasi e’lon qilindi

    O‘zbekistonda ayrim turdagi ma’lumot va hujjatlarni elektron ko‘rinishda taqdim etish imkonini beruvchi OneID mobile mobil ilovasi yaratilishi mumkin va u fuqaroning “raqamli mobil pasporti”ga aylanadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “‘Fuqarolarning raqamli pasporti’ loyihasini joriy qilish hisobiga aholidan muayyan faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish amaliyotini bekor qilishni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasida keltirilgan.

    Unga ko‘ra, Axborot texnologiyalari vazirligi, Ichki ishlar vazirligining Toshkent shahrida 2022-yil 15-iyuldan 2023-yil 1-dekabrga qadar tajriba tariqasida “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi negizida ayrim turdagi ma’lumot va hujjatlarni elektron ko‘rinishda taqdim etish imkoniyatini beruvchi OneID mobile mobil ilovasini yaratishni ko‘zda tutuvchi “Fuqaroning raqamli mobil pasporti” loyihasini joriy qilish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanadi.

    Shuningdek, qaror loyihasida belgilab qo‘yilishicha:

    • davlat organlari va tashkilotlari, xo‘jalik birlashmalari hamda mahalliy ijro hokimiyati organlari, tijorat yoki notijorat tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslar tomonidan tajriba o‘tkazish davrida aholi va tadbirkorlik subyektlaridan talab etiladigan alohida turdagi ma’lumot va hujjatlar mobil ilova orqali elektron ko‘rinishda taqdim etilgan taqdirda ular qog‘oz hujjatga tenglashtiriladi va u bilan bir xil yuridik kuchga ega bo‘ladi;
    • mobil ilova orqali taqdim etiladigan alohida turdagi ma’lumot va hujjatlar ushbu mobil ilovada shakllantiriladigan QR kod orqali tekshiriladi;
    • O‘zbekiston fuqaroligini tasdiqlovchi hujjati (pasporti yoki O‘zbekiston fuqarosining identifikatsiya kartasi) bo‘lgan 16 yoshga to‘lgan shaxslar elektron hujjatlardan mobil ilova orqali foydalanish huquqiga ega;
    • mobil ilovadan foydalanishda mobil trafik uchun to‘lov undirilmaydi.
    Vazirlik tajriba natijalari asosida 2023-yil 15-dekabrga qadar ushbu loyihani boshqa sohalarda hamda respublikaning barcha hududlarida tatbiq etish, qonunchilik hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan asoslantirilgan takliflar kiritadi hamda loyihani amalga oshirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirib boradi.

    Toshkent shahrida 2022-yil 15-iyuldan boshlab shunday tartib o‘rnatiladiki, unga ko‘ra:

    • jismoniy shaxslarga davlat va tijorat xizmatlari, shu jumladan, bank, turistik, sug‘urta, mobil, mehmonxona hamda avia va temiryo‘l transporti xizmatlari ko‘rsatish jarayonida ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishda nazarda tutilgan ma’lumot va hujjatlarni mobil ilova orqali taqdim etishga ruxsat etiladi;
    • davlat va tijorat xizmatlarini ko‘rsatish doirasida ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishda jismoniy shaxslardan mobil ilova orqali taqdim etilgan ayrim turdagi ma’lumot va hujjatlarning asl nusxalariga tengligini isbotlashni talab qilish taqiqlanadi.
    Avvalroq O‘zbekistonda 2022-yil 1-avgustdan boshlab davlat xizmatlaridan foydalanish uchun shaxsni identifikatsiyalashning mavjud tizim va vositalariga qo‘shimcha ravishda jismoniy shaxsni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimi joriy etilishi to‘g‘risida xabar berilgandi. Tizim “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash bo‘yicha yagona axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va shaxsni uning mobil telefon raqami orqali identifikatsiyalashni nazarda tutadi.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekistondagi maktab bitiruvchilarining 31 foizi haligacha ID-karta olmagan — XTV
    • O‘zbekistonda 2023-yildan fuqarolarni tekshirish uchun IIBga olib borish amaliyotidan voz kechilishi mumkin
    • O‘zbekistonda endi ID-karta va “zagranpasport”ni yo‘qotgan, yaroqsiz holga keltirganlar javobgarlikka tortiladi

    27.05.2022, 15:58   Izoh (0)   17811
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zbekneftgaz” benzin narxining oshgani bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

    27.05.2022, 15:16

    O‘zbekistonda 2022-yilning to‘rt oyida qancha oila ajrashgani ma’lum bo‘ldi

    27.05.2022, 14:54

    “Transport madaniyatini yanada oshirish maqsadida”. Toshkentda avtobuslarga yo‘lovchilarning chiqib-tushishi borasidagi yangi tartibga izoh berildi

    27.05.2022, 14:00

    O‘zbekistonda dam olish kunlari havo salqin bo‘lib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

    27.05.2022, 13:35

    AQSH Orolbo‘yi aholisi uchun tibbiy asbob-uskunalar va anjomlarni o‘z ichiga olgan gumanitar yordamni yubordi

    27.05.2022, 13:07

    Buxoroda So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirida maktab direktoriga suv sepgan bitiruvchi uzr so‘radi

    27.05.2022, 12:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Uzbekistan Airports bodi-kameralar xaridi yuzasidan tender natijalari bekor qilinganiga izoh berdi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:59

    O‘zbekistonga benzin necha puldan import qilinadi?

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:22

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.