Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

“Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Hujjat loyihasiga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvardan boshlab ichki ishlar organlarida bosqichma-bosqich “E-patrul” tizimi joriy etilib, tekshirish uchun fuqaroni ichki ishlar bo‘limiga olib borish amaliyotidan voz kechiladi. Bunda barcha ma’lumotlar joyida planshet orqali tekshirilib, patrul-post xizmati xodimlari faoliyati bodikameradan foydalangan holda amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Quyidagilar Patrul-post xizmati saf bo‘linmalari xodimlari tomonidan jamoat joylarida huquqbuzarliklar sodir etishda gumon qilinayotgan fuqarolar va boshqa shubhali shaxslarni elektron identifikatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovasiga muvofiq tasdiqlanadi:

  • “E-patrul” tizimidan foydalanish tartibi;
  • Patrul-post xizmati xodimlari harakatlarini qayd etuvchi texnik vositalardan foydalanish tartibi;
  • Bodikameralar orqali qayd etilgan ma’lumotlarni hisobga olish va saqlash tartibi;
  • “E-patrul” tizimidan foydalanishda xodimning majburiyatlari.
Qaror bilan Ichki ishlar vazirligiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda uch oy muddatda:
  • planshet orqali shaxsni biometrik identifikatsiya qilishda foydalaniladigan “E-patrul” dasturiy kompleksining texnik topshirig‘i, dasturiy ta’minoti va mobil ilovasini ishlab chiqsin hamda texnik topshiriqni “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasida davlat standartlarida o‘rnatilgan talablar bo‘yicha ekspertizadan o‘tkazilishini, uning asosida ishlab chiqilgan axborot tizimini ishga tushirishdan avval tizimni texnik topshiriq va axborot xavfsizligi talablariga mosligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazilishini, dasturiy ta’minot va mobil ilovaning joriy etilgunga qadar sertifikatlashini ta’minlaydi.
Nizomga muvofiq ichki ishlar organlari, xususan, patrul-post xizmati xodimlarining “E-patrul” tizimi, planshet va bodikameralardan foydalanish tartibi yuzasidan o‘quv mashg‘ulotlari tashkillashtiriladi. Qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan aholi o‘rtasida keng tushuntirish ishlarini olib boriladi.

Shuningdek, bir oy muddatda “E-patrul” tizimining axborot va kiberxavfsizligini ta’minlash hamda texnikalariga doimiy xizmat ko‘rsatadigan tegishli tarkibiy bo‘linma mas’ul qilib belgilanadi.

“E-patrul” tizimi faoliyatini raqamlashtirishda zarur kompyuter va boshqa uskunalarni xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Bundan oldin O‘zbekistonda ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni ko‘rib chiqish vakolati Milliy gvardiyaga ham berilishi mumkinligi, O‘zbekistonda harbiylashtirilgan soqchilik va qorovullik bo‘linmalari tashkil etilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi