“Barselona” vingeri Usmon Dembele “PSJ”ga o‘tadi.
AS nashrining xabariga ko‘ra, 25 yoshli futbolchi kataloniyaliklarning yangi shartnoma borasidagi taklifini rad etgan. Fransuz jamoada qolmasligi haqida allaqachon murabbiylarini ogohlantirgan. Futbolchi uchun “PSJ” ideal variant bo‘lib turibdi.
Dembele yashagan Barselonadagi uy ijaraga berish uchun taklif qilinmoqda. Dembele “Chelsi”ning taklifini rad etgani haqida xabar qilingandi.
Avvalroq “PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe parijliklar safida Dembele va “Monako” yarim himoyachisi Orelyen Tchuamenini ko‘rishni istayotgani haqida xabarlar yangragandi.
Usmon joriy mavsum La Ligada 13 ta golli uzatmani amalga oshirib, chempionatning eng yaxshi assistenti maqomini qo‘lga kiritdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)