Joze Mourinyo qo‘l ostida “Roma” Konferensiyalar Ligasi finalida “Feyenoord” ustidan g‘alaba qozondi.
Portugaliyalik mutaxassis faoliyati davomida beshinchi marta Yevrokuboklarda g‘olib chiqdi. Avvalroq Joze “Portu” va “Inter” bilan Chempionlar Ligasida, “Portu” va “Manchester Yunayted” bilan esa UEFA Kubogi / Yevropa Ligasida zafar quchgandi.
Mourinyo beshta Yevrokubok sovrinini qo‘lga kiritgan tarixdagi ikkinchi murabbiy hisoblanadi. Undan oldin Jovanni Trapattoni bu natijaga erishgan.
“Roma” Joze Mourinyo sovrinlar sari yetaklagan 6-jamoa bo‘ldi. Bundan oldin portugaliyalik murabbiy “Portu” (2002—2004), “Chelsi” (2004—2007, 2013—2015), “Inter” (2008—2010), “Real” (2010—2013) va “Manchester Yunayted” (2016—2018) kabi jamoalar bilan shohsupaga ko‘tarilgan. Faqatgina “Benfika” (2000), “Leyriya” (2001—2002) va “Tottenhem” (2019—2021) jamoalari bilan sovrin qo‘lga kirita olmagan.
Mourinyo faoliyati davomida jami 26 ta sovrin jamg‘argan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)