Turkmanistonning Axal viloyatida mashhur tulpor “Akxan” haykali o‘rnatiladi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi xabar qilgan.
Xabarga ko‘ra Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov xalqning milliy g‘ururi ramzi hisoblangan axaltekin otlarining obro‘sini yanada oshirishga qaratilgan qarorni imzolagan.
Hujjatda haykalning qurilish ishlarini may oyida boshlash va uni dekabrda tayyor qilish zarurligi qayd etilgan.
“Akxan” laqabli ot haqida Turkmaniston OAV 2017-yilda yoza boshlagan, o‘shanda mazkur tulporni minib olgan chavandoz yopiq inshootlardagi o‘yinlar hamda jangovar san’atlar bo‘yicha sport musobaqalar V Osiyo o‘yinlari mash’alasini yoqqandi. 2018-yilda ot 10 metr masofani 4,19 soniyada bosib o‘tib, mazkur yo‘nalishda rekordni yangilagan.
2021-yil 22-martda prezident Gurbanguli Berdimuhamedovga Akxanning birinchi toychog‘i tug‘ilgani xabar qilindi. Ashxobodning 140 yilligi munosabati bilan ot bolasiga poytaxt nomi berildi. 2021-yil iyulda davlat rahbari Bolqonobodda Oq yurtlar binosini ochib berdi, bu yerda konsert uyushtirilib, Galkynyş chavandozlar guruhi sahna ko‘rinishi ko‘rsatga va prezident ularga Akxanni sovg‘a qilgan.
Izoh (0)