Bahodir Alimov “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi, deb xabar beradi O‘zA.
Bahodir Alimov tayinlovga qadar ham ushbu bank tizimida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, Shohjahon Jumayev “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining o‘rinbosari etib tayinlangan.
Tayinlovga qadar u Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tizimida ishlagan.
Avvalroq Qoraqalpog‘iston transport vaziriga hayfsan, investitsiyalar va tashqi savdo vaziriga esa qat’iy ogohlantirish berilgani, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlangani, Qurilish vazirining o‘rinbosari Nasrulla Babayev lavozimidan ozod etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)