• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Hozir butun dunyoda Konstitutsiyaviy islohotlar sharpasi kezib yuribdi” — Akmal Saidov

    Hozir dunyoda Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritmagan birorta davlat qolmadi. Bu haqda 24-may kuni Konstitutsiyaviy komissiya raisi Akmal Saidov “Inson qadri” onlayn platformasi va “2022—2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” to‘plami taqdimotida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Uning aytishicha, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston parlamenti uchun qonun ijodkorlik dasturini yaratib bergan.

    Men raqamlarga murojaat qilaman. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 13 ta tubdan yangi qonun, 12 ta yangi kodeks, 25 ta Milliy strategiya, davlat dasturlarini qabul qilish ko‘zda tutilgan. Mana sizga qonun ijodkorligi uchun keng ko‘lamli dastur. Biz endi buni 5 yil davomida bosqichma-bosqich bajarib borishimiz kerak. Mana shu parlamentsiz “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” bajarilmaydi. Parlamentsiz 100 ta maqsadni huquqiy asoslanmasdan bajarib bo‘lmaydi. Bu parlamentning roli juda katta. Nafaqat qonun ijodkorligi, albatta, qonunlarni muhokama qilishda biz jamoatchilik muhokamalaridan, jamoatchilik nazoratidan keng foydalanishimiz kerak.

    Endi bitta narsa, boyagi kitobning birinchi nashri bilan ikkinchi nashrida jiddiy farq bor. Bu birinchi nashrda bo‘lmagan bo‘lim — konstitutsiyaviy islohotlar ikkinchi nashrda qo‘shildi. Saylovchilar bilan bo‘lgan uchrashuvda, Bo‘zatovda bo‘lgan uchrashuvda, Senat a’zosi, qoraqalpog‘istonlik professor olima ayolimiz aytdiki, “Orol fojiasini his qilib turibmiz, nima uchun Konstitutsiyada bitta ekologik hudud degan so‘z yo‘q, nima uchun mana shunday Orol muammosiga munosabat yo‘q, balki vaqti kelgandir Konstitutsiyamizni yana bir marta ko‘rib chiqsak”, degan chaqiruv bilan chiqqandi. Shundan keyin 7-8 ta viloyatda oddiy fuqaro, oddiy fermer taklif bilan chiqdi. Oddiy fermer chiqib, “muhtaram prezident, xorijiy hamkorlarim faqat siz bo‘lganingiz uchun kelyapti. Sizga ishonishadi. Lekin ko‘p uzoqqa mo‘ljallasang, yeringni davlat tortib olishi mumkin, kafolating yo‘q-ku, shuning uchun Konstitutsiyada yerni xususiy mulkka mustahkamlasa, hamma ishonadi, deb aytdi hamkorim”, dedi. Shundan keyin prezidentimiz o‘ylab ko‘radigan katta masala konstitutsiyaviy islohotlar ekan, hech xayolga kelmabdi, deb aytdi. “Milliy tiklanish” partiyasini teledebatlarida “qachon biz milliy qadriyatlarni qat’iy mustahkamlaymiz”, deb chiqishdi. Boshqa partiyalar ham o‘z yo‘nalishida Konstitutsiyaga yaqin bo‘lgan tashabbuslar bilan chiqdi. Shularning hammasini hisobga olib Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida alohida bo‘lim kiritdilar, “Konstitutsiyaviy islohotlarni qo‘llab-quvvatlaymiz”, degan.

    Xabaringiz bor, 20-may kuni Qonunchilik palatasida qo‘shma majlislar bo‘ldi, Konstitutsiyaviy komissiya tashkil etildi. Bu ham o‘ylaymanki butun jamiyatimiz oldida turgan, bizning xalqaro hamkorlar bilan birgalikda o‘rganilayotgan masala bu. Karl Marks va Fridrix Engelsning “Kommunistik partiya manifesti”ni juda yaxshi o‘rganganman. Uning birinchi jumlasida aytiladiki: “Yevropada kommunizm sharpasi kezib yuribdi”, deb. Men shuni sal boshqacha qilib aytardim, hozir butun dunyoda Konstitutsiyaviy islohotlar sharpasi kezib yuribdi. So‘nggi 25 yilda 100 dan ortiq davlatda Konstitutsiyaviy islohotlar bo‘ldi. Faqatgina XXI asrda 57 ta davlatda Konstitutsiya qabul qilindi. Hozir dunyoda birorta davlat qolmadiki, unga o‘zgartirish kiritilmagan bo‘lsa. Hatto AQSHda ham 27 ta katta-katta o‘zgartirish kiritilgan.

    Akmal Saidov, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi direktori, Konstitutsiyaviy komissiya raisi

    Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 8-dekabr — Konstitutsiya bayrami munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan tabrigida mamlakat asosiy qomusiga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkinligi haqida gapirgandi.

    16-may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish jarayonini boshlash taklifi bilan chiqqan edi. 17-may kuni Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish borasidagi qaror loyihasi deputatlar tomonidan ma’qullandi.

    “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov O‘zbekistonning bugungi rivojlanish bosqichi yangi Konstitutsiyani taqozo qilayotganligini aytgandi.

    20-may kuni O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya tuzilib, uning tarkibi va vazifalari belgilandi.

    Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrda qabul qilinganidan buyon unga 16 marta o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.

    Mavzuga doir: “Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pchilik nima uchun konstitutsiyaviy islohot kerak, degan narsaga tushunmayotganiga guvoh bo‘lish mumkin” — Akmal Saidov

    24.05.2022, 12:31   Izoh (0)   15810
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Xitoyga gaz eksportini tikladi — Eurasianet

    24.05.2022, 12:18

    Namanganda 2021-yili 24 kishi suvga cho‘kib halok bo‘ldi. Ularning 21 nafari voyaga yetmaganlar

    24.05.2022, 11:53

    Sodiq Safoyev: “Kun tartibidagi eng muhim masala — davlat hokimiyatining aholi oldidagi javobgarligini ta’minlash”

    24.05.2022, 11:31

    Samarqandda omborxona yerida 2 ming tup marixuana yetishtirgan shaxslar tekshiruv paytida ularga o‘t qo‘ydi (video)

    24.05.2022, 10:58

    O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegarasida 15 metr chuqurlikda maxfiy tunnel topildi (video)

    24.05.2022, 10:49

    Xorazm viloyatida 14 mlrd so‘mga yaqin budjet mablag‘lari maqsadsiz sarflangani aniqlandi

    24.05.2022, 10:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.