“Real” Kilian Mbappe transferi amalga oshmagandan so‘ng, top-hujumchi izlashga tushdi.
Madrid klubi hujum chizig‘ini kuchaytira oladigan forvard izlamoqda, deya xabar beradi AS nashri.
Robert Levandovski (“Bavariya”), Harri Keyn (“Tottenhem”), Rafael Leau (“Milan”), Kristofer Nkunku (“Leypsig”) va Darvin Nunyes (“Benfika”) “qaymoqranglilar” qiziqishlar doirasida turibdi.
Levandovskining myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023-yilning yozida o‘z yakuniga yetadi. Unga “Barselona” asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Avvalroq tomonlar shaxsiy kelishuvga erishgani xabar qilingandi.
Bundesligada mavsum kashfiyoti bo‘lgan Nkunkuga “Bavariya”dan qiziqish mavjud. Darvin Nunyes esa “Atletiko”ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlar yangragandi.
“Real”ga o‘tishi kutilgan Kilian Mbappe “PSJ” bilan amaldagi shartnomasini 2025-yilga qadar uzaytirdi. Madridliklar Kilianning transferiga ta’sir ko‘rsatmaslik uchun Erling Holand uchun kurashdan ham chiqqan edi.
Izoh (0)