“Milan” Italiya chempionatining 38-turida “Sassuolo”ni mag‘lub etib, A Seriya chempionligini qo‘lga kiritdi.
“Rossonerilar” A Seriyaning uch ochkolik davrida chempion bo‘lgan eng yosh jamoaga aylandi. Jamoaning o‘rtacha yoshi — 26 yosh-u 97 kun.
“Milan” 11 yil deganda ilk bor Italiya chempioniga aylandi. Shuningdek, bu milanliklar uchun 2016-yilning dekabridan keyingi dastlabki sovrin bo‘ldi. Olti yil avval jamoa Italiya Superkubogida zafar quchgandi.
“Milan” hujumchisi Brahim Dias ham o‘ziga xos rekord muallifiga aylandi. 22 yoshli futbolchi APL, La Liga va A Seriya chempionligini qo‘lga kiritgan eng yosh futbolchiga aylandi. Brahim Angliyada “Manchester Siti” (2018-yil) bilan, Ispaniyada esa “Real Madrid” (2020) safida chempionatni yutgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)