• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Qaynonamga san’atkor ekanim yoqmadi”. Bloger Xonzoda eri bilan yashamayotgani, bir oylik daromadi va seriallardagi rollarni sotib olishayotgani haqida

    Bloger, fotomodel va aktrisa Xonzoda Qambarova “Fitna”, “Saodat” kabi seriallardagi rollari va kliplardagi ishtiroki bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish. Instagram’da esa uni bir milliondan ortiq kuzatuvchisi bor. “Daryo” muxbiri Nargizaxon Murodova Xanna taxallusi bilan tanilgan aktrisa bilan intervyu tashkillashtirdi. Suhbat davomida Xonzoda hayotidagi nizoli vaziyatlar, Instagram’dan daromadi va turmush o‘rtog‘i bilan munosabatlari yomonlashgani haqida gapirdi.

    “Men tug‘ilganimda dadam kasodga uchragan”

    Foto: Instagram / @xanna_official

    Foto: Instagram / @xanna_official

    — Hayot insonni tarbiyalash bilan birga fe’l-atvoriga ham o‘z ta’sirini o‘tkazar ekan. Bolaligimda uyatchan, yuvoshgina qiz bo‘lganman. Afsuski, oilamizdagi moddiy qiyinchiliklar sabab, bolalik gashtini ham his qilolmaganman.

    Men tug‘ilmasimdan avval dadam tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, O‘zbekistonda “Volga” avtomobilini sotish bilan shug‘ullangan ekan. Opam va akamning bolaligi aslzodalar singari o‘tgan. Men tug‘ilgach, dadamning ishi chappasiga ketib, kasodga uchragan. Xullas, moliyaviy qiyinchiliklar sabab bolaligim havas qilgudek o‘tmagan.

    7 yoshimdan boshlab sut, qatiq mahsulotlarini sotib, mustaqil pul topishni boshlaganman. Aktrisa bo‘lgunga qadar shirinlik, xo‘jalik sovuni va kiyim-kechak ham sotib ko‘rganman.

    “Oilali bo‘lgach rejalarim o‘zgardi”

    Foto: Instagram / @xanna__official

    Foto: Instagram / @xanna__official

    — 2014-yili “Men yolg‘onchiman” nomli filmda suratga tushganman. Bu hayotimda tub burilish yasagan. 2017-yili Zarina Nizomiddinova bilan “Saodat” serialida suratga tushib, bir million so‘m gonorar olganman. Undan keyin “Bravo” kulgi jamoasiga taklif etilganman. 2019-yili jamoa bilan katta sahnaga chiqish baxtiga muyassar bo‘ldim. Afsuski, kuz oyida turmushga chiqqanimdan keyin ijodiy rejalarim o‘zgardi. Kelinlarning syomkalarga borishi mumkin emasligini aytishgach, uyda vaynerlik faoliyatimni rivojlantirishga e’tibor qaratdim.

    “Turmush o‘rtog‘imning oilasiga aktrisaligim yoqmadi”

    Foto: Instagram / @_safiiyaa___

    Foto: Instagram / @_safiiyaa___

    — Avvaldan oila uchun san’atni tashlayman, degan fikr bo‘lmagan. Chunki men bolaligimdan karyera va oilasiga birdek e’tibor beradigan ayollarni hurmat qilganman. Turmush o‘rtog‘im uzoq yil Rossiyada yashagani va fikrlash doirasi yevropacha bo‘lgani uchun uni tanlagandim. Ammo oilasi sof o‘zbekona bo‘lgani uchun o‘rtamizda ba’zi tushunmovchiliklar bo‘ldi. Ya’ni ularga san’atkor ekanim va vaynlar suratga olishim yoqmadi. San’atni tanlab, kinosyomkalarda ishtirok etmasligim mumkin. Ammo sevimli ishim bilan shug‘ullanishimga ruxsat berishlarini istagandim. Chunki ayol kishi ham oilasi va farzandidan ortib, o‘zi uchun ham yashashi kerak-ku.

    Men boylikka uchgan yoki karyera uchun oilani bir chetga surgan inson emasman. Agar shunday bo‘lganida badavlat inson bilan tanishib, oila qurishni ham ortga surib yurgan bo‘lardim. Ammo bunday yashash menga to‘g‘ri kelmaydi.

    “Ajrashib o‘zgardi, deganlariga gapim bor”

    — Turmush o‘rtog‘i bilan ajrashib o‘zgardi, deb negativ fikr bildirayotganlarga gapim bor. Mendagi o‘zgarishlarning asosiy sababi — o‘zimga bo‘lgan ishonchim ortgani bilan bog‘liq. Oxirgi paytlarda mutaxassislar bilan ko‘p ishladim. Hatto yuzdagi biror husnbuzar ham bejizga paydo bo‘lmasligini angladim. Yaqinda syomka sabab Toshkent viloyatidagi mahallalarning biriga bordik. Bir ayol yonimga kelib, gaplashdi. Gap orasida nechinchi yil ekanimni so‘radi. 1999-yil tug‘ilganimni aytsam “Voy, deyarli tengdosh ekanmiz, mendan bor-yo‘g‘i ikki yosh kichkina ekansiz”, dedi. Ammo men u ayolning 35-40 yoshlarda deb o‘ylabman. Yuz e’tiborni talab etadi, kosmetologga bormagan taqdirda ham unga tabiiy niqoblar qo‘yish kerak. Xullas, men o‘zimni sevaman va tashqi ko‘rinishimga hamisha e’tibor beraman. Ayol qadr kutsa, avvalo o‘zini qadrlashni o‘rganishi kerak.

    Foto: Instagram / @xanna_official

    Foto: Instagram / @xanna_official

     Oila qurgach, hamma kelinlar qatori oilaga moslashgan edim. To‘ydan avval ham tashqi ko‘rinishimga e’tiborli edim. Ammo yangi oila a’zolari kiyinish yoki pardozga cheklov qo‘yishgach, aytganlarini qilasiz. Hozir kimgadir nimanidir isbotlash niyatim yo‘q. Odam yaxshiligini atrofdagilarga isbotlayman, deb yashasa umri qanday o‘tib ketganini bilmay qoladi.

    “Yaxshi rolni sotib olsa ham bo‘ladi”

    — Serial va kinolarda kam suratga tushayotganimning ikkita sababi bor. Yaxshi ssenariylar deyarli yo‘q, ba’zan nima haqida serial suratga olishayotganini ham bilishmaydi. Keyin serial gonorari juda kam. Bir necha oy suratga olinadigan serialda 10-15 million gonorar beramiz, deyishadi. Ammo men Instagram’dagi bitta reklama postini 1000 AQSH dollariga joylayman. Shu bois, deyarli rol ijro etishni istamayapman. Keyin ba’zi mashhur aktrisalar pul berib bo‘lsa ham yaxshi rollarni sotib olishyapti. Men ham shunday qilsam bo‘ladi, ammo “jiz” etadigan ssenariy yo‘q. Yaxshi rol bo‘lsa gonorarsiz ham suratga tushishga tayyorman, ammo hozircha bunaqasi uchramayapti.

    “Turmush o‘rtog‘im bilan ajrashganim yo‘q”

    — Ayrimlar o‘ylaganidek, hozircha turmush o‘rtog‘im bilan ajrashganim yo‘q. Biz qattiq arazlashdik shu bois birga yashamayapmiz. Ko‘p hollarda o‘zbek oilalarining ajralishiga atrofdagilarning gap-so‘zi sabab bo‘ladi. Bizda qaynona-qaynotadan tashqari, opa-singil, aka-ukalar ham ikki yoshning hayotiga aralashaveradi. Ular sabab guldek oilalar ajralib ketyapti. Bu juda achinarli hol. Turmush o‘rtog‘im bilan yarashamanmi-yo‘qmi, buni vaqt ko‘rsatadi. Oldindan hech narsa deyolmayman. Harakatni ko‘rsam shunga qarab munosabat bildiraman.

    “Instagram’dan ko‘proq pul topaman”

    Foto: Instagram / @xanna_official

    Foto: Instagram / @xanna_official

    — Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish maqsadida, kiyim-kechak do‘konini ham ishga tushirgandim. Ammo ishlar ko‘pligidan do‘konga chiqolmay qoldim. Har kuni reklama yoki vayn syomkasi bilan band bo‘laman. Shu bois do‘konni vaqtincha yopishga qaror qildim. Aslida Instagram orqali pul topish ham tadbirkorlikning bir usuli. Sahifamga har kuni xizmat va mahsulot reklamalarini joylayman.

    18 yoshimda o‘z kuchim bilan Spark olib, 23 yoshimda esa Captiva avtomobilini xarid qildim. Shundan daromadim haqida bilib olsangiz bo‘ladi.

    “100 000 AQSH dollarigacha foyda”

    — Instagram’da giv-konkurslarni ko‘p o‘tkazmaganman. Chunki giv o‘tkazsangiz, iltimoslar ko‘payib ketadi. Shu bois, pulli marafonlar o‘tkazaman. Ularda ozish, go‘zallik, tadbirkorlik va ayollarga kerakli boshqa mavzularda o‘z tavsiyalarimni beraman. Shu kungacha men o‘tkazgan marofonlardan norozi bo‘lishmagan. Givlarning haqiqiysiga nisbatan soxtalari ko‘proq. Haqiqiy givdan katta pul qolmaydi, ko‘zbo‘yamachilik uchun o‘tkazganlardan esa 10 000 — 100 000 AQSH dollarigacha foyda qilish mumkin. Soxta givlar haqida bilaman, ammo aytolmayman. Hamma vijdoniga yarasha ish qiladi.

    “Ikki yoshli qizimning 141 ming kuzatuvchisi bor”

    — Qizim Safiya uchun hech narsani ayamayman. O‘zim bolalik gashtini his qilmaganim uchun bolam kam-ko‘stsiz o‘sishini istayman. Uyda qizim ko‘ngliga kelganini qiladi, urishmayman. Nazarimda bolani urishib emas, tushuntirish yo‘li bilan tarbiyalash kerak. Lekin uni cheklash, mumkin emas degan tushuncha bilan tarbiyalash kerak emas.

    Hozirda qizimning Instagram profilini 141 mingta obunachi kuzatadi. Kelajakda bloger yoki aktrisa bo‘lsa qarshilik qilmayman. Buni istamasa majburan qiziqtirish niyatim ham yo‘q.

    “Shaxsiy vertolyotimda sayohatga boraman”

    Foto: Instagram / @xanna__official

    Foto: Instagram / @xanna__official

    — Orzularim juda ko‘p. Uch qavatli uyim bo‘lishini va sayohatlarga o‘z vertolyotimda borishni orzu qilaman. Bundan tashqari, yana farzand ko‘rish niyatim bor. Farzandli bo‘lgach, qomatim bilan bog‘liq kichik muammoni hal etish uchun plastik jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazmoqchiman. Eng katta orzularimdan biri ota-onamni haj safariga yuborish.

                     Mavzuga doir:

    • O‘zbek shou-biznesi vakillari Instagram’dan qancha pul topadi?
    • 15 soniya uchun 500 dollar. O‘zbekistonlik taniqli vaynerlarning Instagram’dagi reklama narxi qancha?
    • Instagram’dagi reklamasidan eng ko‘p pul topadigan mashhurlar (foto)

    19.05.2022, 14:47   Izoh (0)   86559
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kinotavsiya: dam olish kunlari tomosha qilish uchun eng yaxshi turk miniseriallari

    19.05.2022, 11:44

    “Doktor Strenj 2” jahon prokatida 700 mln dollar to‘pladi

    18.05.2022, 21:45

    Bollivud yulduzlari Amitabh Bachchanning nevarasi, Shohrux Xon va Shridevining qizlari bir filmda debyut rolini ijro etmoqda (video)

    17.05.2022, 17:48

    Nafaqat mashhur serialga aylangan, balki real hayotda ham inson hayotini saqlab qolgan “Doktor Haus” haqida qiziqarli faktlar

    17.05.2022, 13:44

    Janjalkashligi tufayli suratga olish maydonchasidan haydab yuborilgan Gollivud yulduzlari (foto)

    16.05.2022, 10:47

    Hilol Nasimovning “Meros” filmi Hindiston xalqaro kinofestivalida “Yilning eng yaxshi xorijiy filmi” deya e’tirof etildi

    14.05.2022, 14:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.