• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Nafaqat mashhur serialga aylangan, balki real hayotda ham inson hayotini saqlab qolgan “Doktor Haus” haqida qiziqarli faktlar

    “Dokror Haus” serialining birinchi epizodi 2004-yilda, oxirgisi esa 10 yil oldin ekranlarga chiqqan. Ammo tomoshabinlar hali ham bir vaqtning o‘zida dunyoda eng ko‘p tomosha qilingan teleshouga aylangan tibbiy dramani zavq bilan tomosha qiladi. 2008-yilda “Doktor Haus” tomoshabinlari 81,8 million kishidan oshdi.

    AdMe nashri shou tugaganining 10 yilligi munosabati bilan u haqidagi eng qiziqarli faktlarni e’tiboringizga havola etadi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe
    • Serial bosh qahramoni — Doktor Hausning o‘zi Sherlok Xolms obraziga asoslangan. Prodyuser Devid Shorning aytishicha, u mashhur detektivning muxlisi bo‘lgan. Hatto shifokorning ismi ham Xolmsning ismiga mos qilib tanlangan.
    • Serial davomida Konan Doyl asarlariga ko‘plab murojaatar mavjud. Doktor Haus ham Sherlok Xolms kabi 221B raqamli uyda yashaydi. Uchuvchi epizodda bemorning ismi Rebekka Adler bo‘lib, Xolmsning birinchi hikoyasi ”Bogemiyadagi janjal” qahramoni Iren Adlerdan olingan. Epizodlardan birida Haus sovg‘a sifatida “Jarrohlik amaliyotlari bo‘yicha qo‘llanma” kitobini oladi. Bu kitob haqiqatan ham mavjud va Sherlok Xolmsning prototipi bo‘lgan Jozef Bell tomonidan yozilgan.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe
    • Serialning nomi yashirin ma’noga ega. Tibbiyot jargonida giyohvandlik bilan og‘rigan bemor “house” deb ataladi. Bu history of use so‘zining qisqartmasi bo‘lib, foydalanish tarixi degan ma’noni beradi.
    • Teleshouning ishchi nomi “Zebralar ortidan quvib, quvur atrofida” (Zebras, Circling the Drain) bo‘lib, u ham tibbiy jargonga asoslangan. Shifokorlar tili bilan aytganda, “zebra” (zebra) tushunarsiz tashxis degani, “quvur atrofida” (Circling the Drain) bemorni davolab bo‘lmasligini anglatadi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe
    • Kasting paytida Xyu Lori Namibiyada “Qaqnus parvozi” filmini “syomka”sida edi. U kastingga jo‘natish kerak bo‘lgan videoni mehmonxona hammomida — yetarli darajada yoritilgan yagona joyda yozib oladi. Unda aktyor hassa o‘rniga soyabon ishlatgan.
    • Xyu Lorining otasi — shifokor. Aktyor o‘z otasini parodiya qilgani uchungina katta miqdorda gonarar olishidan uyalganini yashirmagan.
    • Kasting paytida ham Lori ikkinchi darajali rol o‘ynayman deb o‘ylagan va serial bosh qahramoni esa doktor Jeyms Uilson bo‘lgan. Dastlab u doktor Haus kabi bema’ni va egoist odam qanday qilib bosh qahramon bo‘lishi mumkinligini tushunmagan.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe
    • Xyu Lori doktor Haus roli bir marta sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatganini tan oladi. Aktyorning tizza bo‘g‘imlarida muammolar paydo bo‘la boshlaydi, chunki u doimo oqsoqlangan holda tasvirlangan.
    • Hassa odatda shikastlangan oyoqning qarama-qarshi tomonida ishlatiladi. Doktor Haus buni biladi, albatta, lekin o‘zining qaysar tabiatiga ko‘ra, hassa og‘riydigan oyog‘i bilan bir tomonda bo‘lishini xohlaydi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe
    • Uilson rolini ijro etgan Robert Shon Leonardning fikricha, u kastingdan o‘tolmagan va bu rolni rejissor Brayan Singer bilan eski do‘stligi tufayli olishga muvaffaq bo‘lgan.
    • Jennifer Morrisonda ham xuddi shunday muammo bo‘lgan — u kastingni yomon topshirgan. Biroq Singer kastingdan oldin aktrisaning ishini, jumladan, “Douson korfazi” filmidagi rolini ko‘rgan va unga Ellison Kemeron rolini bergan.
    • Morrison hamkasbi Jessi Spenser bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan. Aktyorlar hatto 2006-yil dekabr oyida unashtiriladi. Ularning qahramonlari — doktor Robert Cheyz va Ellison Kemeron ham uchrashishni boshlaydilar. Haqiqiy hayotdagi juftlik 8 oy o‘tgach, 2007-yil avgust oyida unashtiruvni bekor qilishadi, o‘z navbatida ularning qahramonlari ham ajralishganini ma’lum qilishadi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe
    • Garchi ba’zida serial qahramonlari doktor Robert Cheyzning ahmoq ekanligiga ishora qilsa-da, u serialdagi boshqa ikkinchi darajali qahramonlarga qaraganda ko‘proq to‘g‘ri tashxis qo‘ygan.
    • Gregori Hausning afsonaviy “Hamma yolg‘on gapiradi” jumlasi boshqa serialdan olingan. Bu gap birinchi marta “Klinika” sitkomida doktor Bob Kelso nomidan aytiladi.
    • 4-mavsumning 15 va 16-qismlarida Limp Bizkit guruhi vokalisti Fred Derst epizodik rol o‘ynagan.
    • Asosiy qahramonlarni o‘ynagan oltita aktyordan uchtasi chapaqay: Liza Edelshteyn (doktor Liza Kadi), Omar Epps (doktor Erik Forman) va Robert Shon Leonard (doktor Jeyms Uilson).

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe
    • Serialda MRT apparati ko‘pincha yolg‘on detektori sifatida ishlatiladi. Ushbu protsedura haqiqatan ham yolg‘onchini fosh qilishga yordam beradi — real vaqtda tomografiya miya faoliyatidagi o‘zgarishlarni “ushlaydi”. Ammo savolga javob berish uchun odam harakat qilishi kerak bo‘ladi va MRT apparatida butunlay harakatsiz bo‘lish tavsiya etiladi, aks holda natijalar noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin.
    • Doktor Haus bir marta haqiqiy insonning hayotini saqlab ham qolgan. Bir erkak birdan eshitish va ko‘rish qobiliyatining yomonlashganini payqaydi. Shifokorlar esa serialda shunga o‘xshash alomatlar ko‘rsatilganini eslashadi. Ma’lum bo‘lishicha, bunga yaqinda keramikadan metallga almashtirilgan son bo‘g‘imining protezi sabab bo‘lgan. Mashhur serialda bo‘lgani kabi bemor protezning bir qismi bo‘lgan kobalt moddasidan zaharlangan.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Mavzuga doir:

    • Janjalkashligi tufayli suratga olish maydonchasidan haydab yuborilgan Gollivud yulduzlari (foto)
    • Bir zumda memga aylangan mashhur film va seriallardagi kadrlar (foto)
    • Van Damm, Bochelli, Vuychich va jismoniy nuqsoniga qaramay muvaffaqiyatga erishgan boshqa yulduzlar (foto)
    • Filmdagi qahramonlarining his-tuyg‘u va muammolarini real ko‘rsata olgan mahoratli aktyor va aktrisalar (foto)

    17.05.2022, 13:44   Izoh (0)   25175
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Janjalkashligi tufayli suratga olish maydonchasidan haydab yuborilgan Gollivud yulduzlari (foto)

    16.05.2022, 10:47

    Hilol Nasimovning “Meros” filmi Hindiston xalqaro kinofestivalida “Yilning eng yaxshi xorijiy filmi” deya e’tirof etildi

    14.05.2022, 14:30

    “O‘rgimchak odam” va “Eyforiya” MTV Awards’da eng ko‘p mukofotga da’vogarlik qilmoqda

    13.05.2022, 20:44

    Bir zumda memga aylangan mashhur film va seriallardagi kadrlar (foto)

    13.05.2022, 11:27

    “Boshqa yo‘nalishlarda rivojlanmoqchiman”. Durdona Qurbonova san’atni tark etishini ma’lum qildi (video)

    12.05.2022, 11:34

    Filmdagi qahramonlarining his-tuyg‘u va muammolarini real ko‘rsata olgan mahoratli aktyor va aktrisalar (foto)

    11.05.2022, 22:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada 130 ga yaqin shahar yo‘qolib ketishi mumkin

    Dunyo | 5 avgust, 20:15

    Mulkdorni 100 foiz rozi qilmaguncha hech qanday qurilish va buzish ishlari amalga oshirilmaydi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 20:15

    AQSH 250 nafar noqonuniy muhojirni Ruandaga deportatsiya qiladi

    Dunyo | 5 avgust, 19:55

    O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari strategik sheriklikni kengaytirishga kelishib oldi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 19:44

    Nafis mato va ochiq ranglar: taniqli instablogerlarning yozgi obrazlarini tahlil qilamiz

    Layfstayl | 5 avgust, 19:40

    Britaniya kontrrazvedkasining birinchi ayol direktori Stella Rimington vafot etdi

    Dunyo | 5 avgust, 19:20

    Qirg‘izistondagi zilzila O‘zbekistonning beshta hududida sezildi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 19:19

    Lazizbek Mullajonovning Olimpiya medali bekor qilinishi haqidagi xabarlar rad etildi

    Sport | 5 avgust, 19:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.