So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12200.12
    • RUB 125.4
    • EUR 12949.21
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +14°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Shou-biznes

    15 soniya uchun 500 dollar. O‘zbekistonlik taniqli vaynerlarning Instagram’dagi reklama narxi qancha?

    09.03.2022, 15:59 46279

    O‘zbekistonga koronavirus kirib kelgach, karantin davrida tiktoker va vaynerlar ijodi yanada gurkiradi. Kaftdek smartfon orqali mashhurlikka erishayotgan yigit-qizlarning video chiqishlari tez ommalashmoqda, ularni millionlab odamlar kuzatmoqda. Vaynerlarga o‘z mahsulotini reklama qildirayotgan tadbirkorlar ham yo‘q emas. “Daryo” bugungi kundagi eng taniqli vaynerlar mahsulot yoki xizmat turini Instagram sahifasida qancha mablag‘ga reklama qilishiga qiziqdi.

    Surishtiruv davomida ma’lum bo‘lishicha, mashhur vaynerlarning sahifasidagi eng arzon reklama narxi 300 dollar, eng qimmati esa 3 000 dollarni tashkil etadi.

    Ozod Xurramov

    Fotokollaj: “Daryo”

    Fotokollaj: “Daryo”

    Liil Xurramov taxallusi bilan tanilgan Ozod Xurramovning 1,6 million obunachisi bor. Uning Instagram sahifasidagi stories’ga 15 sekundlik reklama joylash narxi 500 dollar, lentaga bir daqiqalik reklama videoni joylashtirish esa 2 000 dollarni tashkil etadi.

    “Afandining qizlari”

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Uch rezident qizlardan iborat “Afandining qizlari” jamoasi jamiyatdagi qator og‘riqli muammolarni olib chiqishi bilan omma nazariga tushgan. Ular, asosan, bank xizmat turlari va ayollar kiyim-kechaklarini reklama qiladi. Guruh a’zolari: Nigora Abdullaxonova, Muborak Abdullayeva hamda Nigina Jabborova reklamani stories’ga joylash uchun 900 dollar, lentaga joylashga esa 1 800 dollar haq oladi. Mazkur to‘lovni amalga oshirgan tadbirkor mahsuloti uchala vaynerning ham Instagram sahifasiga joylanadi.

    Dili.me

    Fotokollaj: “Daryo”

    Fotokollaj: “Daryo”

    Aktyor sifatida ham muxlislarini topayotgan Dili.me’ning Instagram tarmog‘ida 1,8 million odam kuzatadi. U 15 sekundlik reklamani stories’ga joylash uchun 500 dollar oladi. Lentaga reklama joylashtirish narxi 2 500 dollar bo‘lib, u vaynerning sahifasidan hech qachon olib tashlanmaydi.

    Ozoda

    Fotokollaj: “Daryo”

    Fotokollaj: “Daryo”

    1,1 million kuzatuvchiga ega Ozodaning Instagram sahifasidagi stories’ga reklama joylash narxi 300 dollardan 500 dollargacha, akkauntiga reklama joylashtirish esa 1 500 dollardan 2 500 dollargachani tashkil etadi.

    Timur Alixonov

    Foto: Instagram /@alixonov_timur

    Foto: Instagram /@alixonov_timur

    537 ming kuzatuvchisi bo‘lgan Timur Alixonovning ham sahifasidagi stories’ga 15 sekundlik reklama joylashtirish 500 dollar turadi. Mahsulotini lentada reklama qildirish niyatidagi tadbirkorlar esa 2 000 dollar to‘lashi lozim.

    Xonzoda

    Foto: Instagram /@xanna_official

    Foto: Instagram /@xanna_official

    Xanna taxallusi ostida faoliyat yurituvchi Xonzodaning folloverlari soni 1,3 million nafar. U o‘zi qatnashgan 15 sekundlik reklamani stories’ga 400 dollarga joylaydi. Agar tayyor reklama bo‘lsa, bu narx 100 dollarga arzonlab, 300 dollarni tashkil etadi. Lentaga reklama joylash esa 1 000 dollar.

    Mitti.vine

    Foto: Instagram /@mittivine

    Foto: Instagram /@mittivine

    Mitti.vine taxallusi bilan mashhurlikka erishgan Farhod Mannopovning obunachilari 780 mingdan ortiq bo‘lib, akkauntidagi stories’ga reklama joylashtirish narxi 400 dollardan 700 dollargacha turadi. Mahsulot yoki xizmat turini lentada reklama qilish esa 2 500 dollar etib belgilangan.

    Mitti.me

    Fotokollaj: “Daryo”

    Fotokollaj: “Daryo”

    Asl ism-familiyasi Ulug‘bek Shodibekov bo‘lgan vayner Mitti.me salkam 900 ming folloverga ega. Uning sahifasida reklama joylashtirish boshqa blogerlarga nisbatan biroz qimmat. 30 sekundlik reklamani stories’ga joylashi 700 dollar. Akkauntiga reklama joylashtirish esa 3 000 dollarni tashkil etadi.

    Mavzuga doir:

    • Instagram’dagi reklamasidan eng ko‘p pul topadigan mashhurlar (foto)
    • O‘zbek shou-biznesi vakillari Instagram’dan qancha pul topadi?

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda yo‘llardagi kameralar xavfsizlik kamaridan foydalanmagan haydovchilarni qayd etadi

    Bugun, 08:25

    YCHL. “Real” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Napoli”dan ustun keldi, “Manchester Yunayted” va “Arsenal”da mag‘lubiyat, “Bavariya”da qiyin g‘alaba (video)

    Bugun, 02:24

    Toshkentda Qatar amiri taʼsis etgan korrupsiyaga qarshi kurashda erishilgan yutuqlar uchun global mukofotning topshirish marosimi o‘tkaziladi

    Kecha, 23:15

    Firibgarlikda ayblanayotgan Tramp, drenajdan chiqqan o‘lik delfinlar, bozordagi ulkan sakkizoyoq — 3-oktyabr suratlari

    Kecha, 23:10

    Nepalda kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Jarohatlanganlar bor (video)

    Kecha, 23:05

    Prezidentning xorijiy tashriflaridan asosiy maqsad nimalar ekani aytildi

    Kecha, 22:57

    OCHL. “Al-Fayha” “Paxtakor” ustidan ishonchli hisobda g‘alaba qozondi (video)

    Kecha, 22:55

    Instagram: Dilshodbek Kattabekov uylandi, Munisa Rizayeva onasining tug‘ilgan kunini nishonlamoqda, ruscha gapirgani uchun tahqirlangan Lola

    Kecha, 22:46

    Qozog‘istonda ko‘mir eksportiga qo‘yilgan taqiq uzaytirildi

    Kecha, 22:35

    Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi sobiq prezidentlari hibsga olindi

    Kecha, 22:25

    Tavsiya etamiz

    Firibgarlikda ayblanayotgan Tramp, drenajdan chiqqan o‘lik delfinlar, bozordagi ulkan sakkizoyoq — 3-oktyabr suratlari

    23:00 / 03.10.2023

    “Oyiga 80-100 mln so‘mlik dorilar sotilib, o‘zaro taqsimlab kelingan”. “Dok-1 Maks” sudida farmatsevtlarning yana bir kirdikori fosh bo‘ldi

    17:00 / 03.10.2023

    Farg‘onada tuman bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i YTHga uchrab, shifoxonaga yotqizildi

    13:00 / 03.10.2023

    Tug‘ilgan kunida yonib ketgan yigit, Quddusdagi Yig‘i devori, bir daqiqalik sukut saqlayotgan ukrainaliklar — 2-oktyabr suratlari

    22:00 / 02.10.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    Zapravkalarda metan va Ai-92 benzini narxi oshgani aytilmoqda

    20:00 / 01.10.2023

    Markaziy Osiyoga sarmoya kiritish ijobiy natija beradimi? 

    23:00 / 29.09.2023

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    “To‘y xarajatlari bir million dollarga tushdi”. Liil Xurramov Munisa Rizayevaning turmush o‘rtog‘i soxta emasligi haqida gapirdi

    10:00 / 03.10.2023

    Instagram: Dilshodbek Kattabekov uylandi, Munisa Rizayeva onasining tug‘ilgan kunini nishonlamoqda, ruscha gapirgani uchun tahqirlangan Lola 

    22:00 / 03.10.2023

    Qashqadaryolik xonanda Alijon Isoqov uch ming yillik tarixga ega shaxmatga qo‘shimcha kiritib, yangi o‘yinni shaxmat plus nomi bilan patentladi

    16:00 / 03.10.2023

    Zangiotada uy hojatxonasidan yosh bolaning jasadi topildi

    18:00 / 03.10.2023

    Rossiyada urushdan qaytgan “vagnerchi” uyga o‘t qo‘yib, ayollarni yoqib yubordi

    22:00 / 03.10.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.