• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxoro, Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlarida kredit mablag‘larini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi

    Buxoro viloyati Qorako‘l tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tumandagi bank filiali tomonidan “Sh.O.” MCHJga yangi to‘quvchilik dastgohlarini sotib olish maqsadida ajratilgan 2 milliard so‘m miqdoridagi kredit talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament ma’lum qildi.

    Aniqlanishicha, ular ajratilgan kreditning 68,1 ming dollarini naqdlashtirib olib, qolgan 124,6 ming dollarini o‘ziga tegishli bo‘lgan “N.L.” MCHJga o‘tkazgan. Jinoyati fosh bo‘lishining oldini olish maqsadida eski yaroqsiz dastgohlarni olib kelgan, shuningdek, MCHJning moliyaviy natijalari to‘g‘risidagi hisobotiga soxta ma’lumotlar kiritib, qasddan bankrotlikka olib kelgani aniqlangan.

    Bundan tashqari, Farg‘ona shahrida faoliyat yurituvchi “T.U.” MCHJ rahbari D.M. va boshqalar oldindan til biriktirib, aslida boshqaga tegishli “Savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi” bino-inshootini soxta hujjatlar asosida go‘yoki o‘ziga tegishli qilib ko‘rsatib, 1,8 milliard so‘mga baholab, kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘ygani aniqlangan. Ular trikotaj ishlab chiqarish dastgohi sotib olish uchun ajratilgan 1 milliard so‘m imtiyozli kreditni boshqa MCHJga o‘tkazish orqali talon-toroj qilgan.

    Qo‘qon shahrida esa “B.E.” MCHJ rahbari S.Y. fuqaro R. bilan o‘zaro til biriktirib, “O.B.” MCHJga ajratilgan kredit hisobidan qurilish mahsulotlari sotib olishida yordam berish evaziga kredit mablag‘ining 700 million so‘mini “B.E.” MCHJga o‘tkazib, talon-toroj qilgan.

    Shuningdek, Qarshi shahrida yashovchi fuqaro J.B. “Y.T.” MCHJ va ukasi nomidagi YaTT “B.B.”ni boshqarib kelib, viloyat tijorat banki filialidan aylanma mablag‘larni to‘ldirish va issiqxona qurish uchun ajratilgan 443,3 million so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini talon-toroj qilgani, shuningdek, garov ta’minoti sifatida qo‘yilgan Tracker'ni soxta hujjatlar orqali garovdan chiqarib, taqiqqa qo‘yilgan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etgani aniqlangan.

    Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida faoliyat yurituvchi “G.H.” va “S.E.” MCHJlar rahbari S.T. hududiy tijorat banki filialidan mebel ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun ajratilgan 450 million so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini belgilangan faoliyat turiga yo‘naltirmasdan, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani ma’lum bo‘lgan.

    Bundan tashqari, Xovos tumanida faoliyat yurituvchi “K.o.” MCHJ rahbari M.U. bank filialidan ajratilgan kredit mablag‘i evaziga Qozog‘istondan olib kelingan 107 bosh chorva mollarini fuqarolarga naqd pulga sotib yuborib, 420 million so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini talon-toroj qilgani aniqlangan.

    Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

    Avvalroq Bekobodda yo‘l ta’mirlash uchun ajratilgan 738 tonna mahsulotni qariyb 1 mlrd so‘mga sotib yuborgan mansabdorlar ushlangani, Surxondaryoda non ishlab chiqarish sexi va do‘kon qurish uchun ajratilgan 2 mlrd so‘m kreditni o‘zlashtirgan tadbirkor qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

    Mavzuga doir: 

    • Farg‘onada buxgalter o‘rinbosari o‘zi ishlagan tashkilotning qariyb 660 mln so‘mini talon-toroj qilgani aniqlandi
    • Toshkentda 32 ta uy-joy shirkati jami 3,5 mlrd so‘mni maqsadsiz sarflagan yoki talon-toroj qilgan
    • Samarqandda 1,5 mlrd so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirgan jamiyat rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    18.05.2022, 09:57   Izoh (0)   11827
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xalq ta’limi vazirligi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari uchun turli xil pul yig‘imlari qat’iyan taqiqlanganini eslatib o‘tdi

    18.05.2022, 09:26

    Mo‘ynoqdagi qamishzorlarda yong‘in yuzaga keldi. Ekoqo‘mita yong‘inni o‘chirish imkoni yo‘qligini ma’lum qildi

    18.05.2022, 08:48

    Video: Toshkent hayvonot bog‘iga sayohat

    18.05.2022, 08:24

    Qoraqalpog‘istonda fuqarodan ishga kiritib qo‘yish evaziga 3 ming dollar so‘ragan Bandlikka ko‘maklashish markazi xodimi ushlandi

    18.05.2022, 08:10

    Namanganda chegaradan noqonuniy olib o‘tilgan 27 kgdan ortiq zargarlik buyumlari to‘xtatib qolindi

    18.05.2022, 07:59

    O‘zbekistonda endi arbitraj sudida ko‘rilayotgan da’voni ta’minlash choralari iqtisodiy sud tomonidan ko‘rilishi mumkin bo‘ladi

    18.05.2022, 07:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ishxona oldidagi qurt yeb bitirgan daraxtni kestirish uchun bir yil qog‘oz qildik” — Alisher Qodirov

    O‘zbekiston | 19 iyul, 10:20

    Freestyle Chess Grand Slam. Abdusattorov va Sindorov musobaqadagi ishtiroki uchun qancha mukofot olgani ma’lum bo‘ldi

    Sport | 19 iyul, 10:00

    Namanganda islomiy davlat qurishni targ‘ib qilganlar qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 09:50

    Instagram: Tug‘ilgan kunini nishonlayotgan Yasmin Zoitova, yangi mashinali bo‘lgan Ra’no Shodiyeva, qaynonasiga iPhone sovg‘a qilgan Afruza

    Madaniyat | 19 iyul, 09:31

    Rossiyalik bolalar dam olish uchun O‘zbekistondagi oromgohga keldi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 09:14

    “Real” Rodrigoning kelajagi borasida muzokara boshladi

    Sport | 19 iyul, 08:57

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.