• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Prezident, prezidentning o‘g‘li: Filippinda hokimiyat qanday qilib yana Markoslar oilasi qo‘liga o‘tdi?

    Filippinda hukumat tepasiga avvalgi davlat rahbarlarining o‘g‘li va qizi kelmoqda. Diktator Ferdinand Markosning o‘g‘li prezident, amaldagi davlat rahbari Dutertening qizi Sara esa vitse-prezident lavozimini egallaydi. Katta Markos mamlakatni 20 yildan ortiq vaqt davomida boshqargan, uning hukmronligi tarixga Filippindagi harbiy holat, yuzlab muxolifat vakillarining halok bo‘lgani va korrupsiyaning chuqur ildiz otgani bilan tarixda qolgan. Ammo shunga qaramay Markoslar guruhi yana siyosatga qaytmoqda. “RBK” bu qanday sodir bo‘lgani haqida ma’lumotlarni to‘plagan, “Daryo” ularning tarjimasini e’tiboringizga havola qiladi.

    Prezident Ferdinand Markos, Filippin birinchi xonimi ledi Imelda farzandlari — Ferdinand, Iren va Imelda bilan birga. 1969-yil noyabr, Manila.

    Prezident Ferdinand Markos, Filippin birinchi xonimi ledi Imelda farzandlari — Ferdinand, Iren va Imelda bilan birga. 1969-yil noyabr, Manila.
    Foto: AP Photo

    Iyunda Filippinda yangi davlat rahbarining inauguratsiyasi bo‘lib o‘tadi, shundan keyin saylangan prezident kichik Ferdinand Markosning olti yillik muddati boshlanadi. U 1957-yil 13-sentabrda Ferdinand va Imelda Markos oilasida tug‘ilgan. Oiladagi yolg‘iz o‘g‘il farzandga otasi sharafiga Ferdinand deb ism qo‘yishgan va unga nisbatan Bongbong laqabi ko‘proq ishlatiladi. Katta Markosning birinchi turmushi ham bo‘lgan, biroq uning birinchi xotini, avvalgi nikohi davrida tug‘ilgan farzandlari haqida ma’lumotlar mavjud emas.

    O‘g‘li tug‘ilgan vaqtda Katta Markos Shimoliy Ilokos shtatining kongressmeni edi va ushbu davrdan Markoslar siyosiy guruhi shakllana boshlagan, ikki yildan so‘ng u shtat senatoriga aylandi, 1965-yilda prezidentlik kursisini egalladi.

    Kichik Markos Buyuk Britaniyada ta’lim olgan, bu yerda xususiy maktabni, tamomlab, Oksford universitetining kollejlaridan biriga o‘qishga kirgan, ammo diplomni olishga ulgurmagan. Kichik Markos uni olganini ta’kidlashdan charchamaydi, ammo universitet mazkur ma’lumotning yolg‘on ekanini rasman tasdiqlagan.

    Imelda Markos o‘g‘li bilan birgalikda Kolizeyni tomosha qilmoqda, 1970-yil 6-sentabr

    Imelda Markos o‘g‘li bilan birgalikda Kolizeyni tomosha qilmoqda, 1970-yil 6-sentabr
    Foto: AP Photo

    Katta-Markos 20 yil davomida 1966-yildan 1986-yilgacha prezidentlik qildi va davlatda avtoritar rejim o‘rnatdi. 1972-yildan 1981-yilgacha mamlakatda harbiy holat e’lon qilingan, muxlifat vakillariga qarshi zo‘ravonlik bilan ayovsiz kurash olib borilgan.

    Sud hamda OAV Markoslar oilasining boyligi 10 milliard dollardan ziyod deb baholagan. Mamlakat birinchi xonimi Imelda Markosning serhasham kiyim shkafi korrupsiya ramzlaridan biriga aylangan, u yerda uch mingdan ziyod poyafzallar bo‘lib, ulardan 800 ta jufti hozirda muzeyga eksponatlar sifatida joylashtirilgan. Birinchi xonim vakillik funksiyalarini bajarishdan tashqari, erining hukmronligi davrida bir qator vazirliklarda rahbar bo‘lib ishlagan.

    Ota va o‘g‘il Markoslar, 1972-yil yanvar, Manila

    Ota va o‘g‘il Markoslar, 1972-yil yanvar, Manila
    Foto: AP Photo

    Kichik Markosning siyosiy faoliyati ham Shimoliy Ilokos shtatida boshlangan, u 1980-yilda yagona nomzod sifatida vitse-gubernator lavozimiga saylangan. Uch yildan keyin gubernatorlik saylovlarida g‘alabaga erishdi.

    Otasi kichik Markos haqida o‘z kundaligida ancha keskin fikrlar yozgan: “Bongbong — xavotirimizning asosiy sabablaridan biri. U o‘ta beg‘am va dangasa”.

     

    Ferdinand va Imelda Markos prezidentlik qasamyodidan keyin o‘g‘li bilan birgalikda Maniladagi Malakanyang saroyi balkonidan turib odamlarga peshvoz chiqmoqda

    Ferdinand va Imelda Markos prezidentlik qasamyodidan keyin o‘g‘li bilan birgalikda Maniladagi Malakanyang saroyi balkonidan turib odamlarga peshvoz chiqmoqda
    Foto: AP Photo

    Katta Markos prezident sifatidagi oxirgi qasamyodini 1986-yil 25-fevralda amalga oshiqgan va shu kuni oqshomda rafiqasi bilan birgalikda mamlakatdan qochib ketgan. Sobiq diktatorga AQSH hukumati yordam bergan va uning qochishi uchun vertolyot jo‘natgan. Diktator dastlab Guam orolida, keyinchalik Gavayi orollarida panoh topgan va uch yildan keyin u yerda vafot etgan.

    Imelda Markos Maniladagi xalq teatrida o‘z tarafdorlariga murojaat qilmoqda, 1991-yil 4-noyabr

    Imelda Markos Maniladagi xalq teatrida o‘z tarafdorlariga murojaat qilmoqda, 1991-yil 4-noyabr
    Foto: AP Photo

    Markoslar oilasi xorijda 1991-yilgacha yashagan, shu yili mamlakat prezidenti Korason Akino ularning qaytishiga ruxsat bergan va oila ustidan sud hukmi o‘qilishini bildirgan.

    Sud jarayoni hanuzgacha davom etmoqda. Nobel mukofoti sohibasi Mariyaning nashri Ресса Rappler Markos oilasi davridagi hukumatdagi qonunbuzilish holatlariga aloqador 80 ta da’vo arizasi borligi, biroq ushbu ishlardan 15 ga yaqini muvaffaqiyatli yakunlanganini yozgan. Davom etayotgan sud jarayonlari ham Imelda Markos va marhum diktator oilasining boshqa vakillari siyosiy faoliyatiga halaqit qila olmagan.

    Kichik Markosning saylovoldi kampaniyasi, 1995-yil

    Kichik Markosning saylovoldi kampaniyasi, 1995-yil
    Foto: Reuters

    Filippinga qaytganidan keyin kichik Markos siyosiy karyerasini qayta tiklagan. 1992-yilda yana Shimoliy Ilokosdan parlamentga saylangan. 1995-yilda senat a’zoligiga o‘ta olmagan, ammo 1998-yilda Shimoliy Ilokos gubernatoriga aylandi va 2007-yilgacha hududni boshqardi, so‘ngra vakillar palatasiga saylanib, 2010-yilda senat a’zoligiga o‘tdi. 2016-yilda uning senatorlik muddati tugadi. U vitse-prezidentlik lavozimini egallashga urindi, lekin yakunda saylovlarda yutqazdi.

    Imelda Markos va kichik Ferdinand Markos Paoyey shahridagi katta Markosning tobutdagi jasadi oldida

    Imelda Markos va kichik Ferdinand Markos Paoyey shahridagi katta Markosning tobutdagi jasadi oldida
    Foto: Reuters

    Kichik Markos bu safargi saylovlarda otasining siyosiy qarashlaridan voz kechmadi va uni ulug‘ladi. U katta Markosni siyosat dahosi deb atadi, g‘alaba qozonganidan keyin Manilada otasiga qurilgan maqbarani ziyorat qildi. Katta Markosning jasadi 2016-yilda Rodrigo Duterte prezidentligi davrida ushbu qabristonga ko‘chirib kelingan. Bunga qadar hukumat sobiq prezident xotirasiga hurmat bajo keltirgan holda uni dafn qilishni rad etgan va diktatorning murdasi Paoyey shahrida maxsus sovutish tizimlariga ega maxsus tobutda saqlangan.

    2010-yil, ishchi kongressga nomzodini qo‘yayotgan Imelda Markos, Simoliy Ilokos gubernatorligi uchun saylovlarda qatnashayotgan uning qizi Mariya Imelda va senat a’zoligi uchun saylovlarda ishtirok etayotgan kichik Ferdinand Markosning suratlari aks etgan plakatni joylashtirmoqda

    2010-yil, ishchi kongressga nomzodini qo‘yayotgan Imelda Markos, Simoliy Ilokos gubernatorligi uchun saylovlarda qatnashayotgan uning qizi Mariya Imelda va senat a’zoligi uchun saylovlarda ishtirok etayotgan kichik Ferdinand Markosning suratlari aks etgan plakatni joylashtirmoqda
    Foto: Reuters

    Imelda Markos Filippinga qaytganidan keyin parlamentning quyi palatasiga saylandi va 2019-yilgacha u yerda deputat bo‘ldi. UNing qizi Mariya Imelda esa Shimoliy Ilokos gubernatori, parlament a’zosi sifatida siyosiy karyerasini olib borgan. Kichik Markosning o‘g‘li Ferdinand Aleksandr Markos ham siyosatchi. Filippin OAV uning Shimoliy Ilokosdan kongressmenlik o‘rni uchun saylovlarda g‘olib chiqqanini xabar qilgan.

    Markoslar guruhi Filippindagi yagona siyosiy sulola emas. Rappler hisob-kitoblariga ko‘ra oxirgi saylovlarda to‘qqizta siyosiy oilalarning vakillari ishtirok etgan.

    Kichik Ferdinand va Sara Duterte 2022-yil may oyidagi saylovoldi mitingda

    Kichik Ferdinand va Sara Duterte 2022-yil may oyidagi saylovoldi mitingda
    Foto: AP Photo

    To‘qqiz sulolaning biri Dutertelar oilasi. Rodrigo Duterte 2016-yilda davlat boshqaruviga kelgan, biroq Konstitutsiyadagi taqiqga ko‘ra ikkinchi muddatga qayta saylana olmadi. Uning olti yillik hukmronlik davri giyohvandlikka qarshi kurash bilan esda qoldi va mazkur kampaniyada kamida olti ming nafar odam halok bo‘ldi. Huquq himoyachilari yangi prezidentni Duterte amaliyotidan voz kechishga chaqirmoqda. Ular kichik Markosni Duterte va uning giyohvand moddalarga qarshi kurashini Xalqaro jinoyat sudi tomonidan tergov qilinishiga qarshi chiqmaslikka chaqirgan. Ammo kichik Markos Filippinda sud vakillari kutilmayotganini bildirgan. Dutertening qizi Sara vitse-prezidentlikka saylangan. U mazkur lavozimni egallaguniga qadar Davao shahrining meri bo‘lgan.

    Kichik Markos tarafdorlariga minnatdorlik bildirmoqda. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra Ferdinand Markosga 31 million saylovchi ovoz bergan (Filippinda taxminan 100 million aholi yashaydi).

    Kichik Markos tarafdorlariga minnatdorlik bildirmoqda. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra Ferdinand Markosga 31 million saylovchi ovoz bergan (Filippinda taxminan 100 million aholi yashaydi).
    Foto: Reuters

    “Bir guruh bayram qilayotgan vaqtda, boshqasi iqtisodiyot, ta’lim va fuqarolarning erkinligidan xavotirlanmoqda”, — deya saylovlarda qayd etilgan natijalardan keyingi kayfiyatga ta’rif bergan sotsiolog Jael Kornelio (CNN iqtibosi). Ekspertlar kichik Markos saylovoldi kampaniyasi vaqtida aniq rejalari haqida deyarli gapirmagani, lekin mamlakatga “buyuklik”ni qaytarmoqchiligini bildirganligini ta’kidlagan. Ular kichik Markosning g‘alaba omillari bir nechta ekanligini qayd etgan. Saylovlardagi g‘alabaning asosiy sabablaridan biri sifatida shtab tomonidan aniq tizim ishlab chiqilib, ijtimoiy tarmoqlarda ishning faol olib borilgani, bu orqali nafaqat nomzodning otasi diktator bo‘lgani bir chekkada qoldirilgani, balki Markos foydasiga ishlaydigan mish-mishlar tarqatilgani e’tirof qilingan. Uning g‘alabasiga yana bir sabab sifatida so‘nggi yillarda filippinliklar mamlakat ichki siyosatidagi turg‘unlikdan charchaganligi bilan izohlangan.

    16.05.2022, 08:30   Izoh (0)   13202
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    KXDRda yana 15 nafar odam koronavirusdan vafot etdi

    15.05.2022, 21:45

    Finlyandiya prezidenti Putinga qo‘ng‘iroq qilib, mamlakat NATOga qo‘shilish uchun ariza berishini ma’lum qildi

    15.05.2022, 19:50

    Qozog‘istonda Markaziy Osiyoda xalqaro savdoni rivojlantirish mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    15.05.2022, 19:16

    Turkmanistonda qo‘l ushlashib yurgan yigit-qizlar qo‘lga olinmoqda, ayollarga esa pardoz qilish taqiqlanmoqda. Prezident almashganidan keyin fuqarolarning tashqi k...

    15.05.2022, 11:11

    Xitoy harbiy kemalari bahsli Senkaku orollari yaqinidagi Yaponiya suv hududiga kirdi

    15.05.2022, 09:14

    G7 davlatlari Ukrainaga qurol yetkazish zaruratga ko‘ra hali uzoq davom etishini va’da qildi

    15.05.2022, 08:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.