Nukus shahrida o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan qiz qutqarib qolindi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi OAV va JTBHQ guruhiga tayanib, “Kar24.uz” nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 16-may kuni soat 06:23 larda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Nukus shahar FVB tezkor boshqaruv guruhi bilan Ichki ishlar vazirligiga o‘zini R.A. deb tanishtirgan fuqarodan shaharning Do‘stlik kanali ustidan o‘tgan ko‘prikdan birov sakramoqchi bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Aniqlanishicha, Qonliko‘l tumanida yashovchi, mavsumiy ishchi bo‘lgan 21 yoshli fuqaro CH.J. o‘z joniga qasd qilish maqsadida o‘zini suvga tashlashga uringan. Voqea joyiga Maxsus vazifalarni bajaruvchi Mintaqaviy qutqaruv otryadidan 1 ta bo‘linma soat 06:28 da yetib borib, fuqaroni qutqarib olishda amaliy yordam ko‘rsatgan.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning iyulida Qoraqalpog‘istonda IIB xodimi o‘zini temiryo‘l ko‘prigi ustidan tashlamoqchi bo‘lgan 18 yoshli yigitni qutqarib qolgandi.
Izoh (0)