Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xorazmda kanalga tushib ketgan 82 yoshli onaxon qutqarildi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Xorazm viloyati FVB matbuot xizmati

Foto: Xorazm viloyati FVB matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, ayol 7-iyul kuni Xorazm viloyati Shovot tumanidagi “Qiyot” mahallasidan oqib o‘tuvchi kanalga o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketgan.

Shu hududda profilaktik tadbirlarni olib borayotgan tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi inspektori hodisani ko‘rib qolib, darhol qutqaruv ishlarini amalga oshirgan. Ayol suvdan olib chiqilib, unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. So‘ng tez tibbiy yordam mashinasi bilan tuman shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga olib borilib, zarur muolajalar ko‘rsatilgan.

FVV xodimining o‘z vaqtida to‘g‘ri harakatlarni amalga oshirganligi natijasida onaxonning hayoti saqlab qolingan.

Avvalroq Nukus shahrida o‘zini Do‘stlik kanaliga tashlagan qiz qutqarilgani, Katta Namangan kanalida cho‘kib ketayotgan ayol qutqarilgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinning “Zelenskiyni o‘ldirmaslik” bo‘yicha bergan va’dasiga munosabat bildirdi
Sport
A Seriya. Eldor Shomurodovning debyut o‘yinida “Spetsiya” o‘zida “Napoli”ga yirik hisobda yutqazdi
Dunyo
Marsdan ham sovuqroq: AQSHda havo harorati tarixiy rekordni yangiladi (video)