O‘zbekiston xalq baxshisi Abdunazar Poyonov 68 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Daryo”ga AOKAning viloyat boshqarmasi boshlig‘i Zahiriddin To‘rayev xabar berdi.
Abdunazar Poyonov 1954-yil Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida tug‘ilgan bo‘lib, 1975-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutini tamomlagan. Uzoq yillar Qiziriq tumanidagi umumta’lim maktabida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan.
“Abdunazar Poyonov Sherobod dostonchilik maktabi vakili sanaladi. U doston aytish an’anasini Mardonqul Avliyoqul o‘g‘li va Umar baxshidan o‘rgangan. Uning ijro dasturidan ‘Alpomish’ va ‘Go‘ro‘g‘li’ dostoni turkumiga kiruvchi bir qancha dostonlar, shuningdek, doston ijrochiligi yo‘lidagi xalq qo‘shiqlari, termalar o‘rin olgan”, — deydi Zahiriddin To‘rayev.
Baxshi 2003-yil “O‘zbekiston xalq baxshisi” unvoni bilan taqdirlangan.
Izoh (0)