“Jenoa” Italiya chempionatining 37-turida “Napoli”ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Genuyaliklar A Seriyada 19-o‘rinni band etib turibdi. Jamoa 17-o‘rinda borayotgan “Salernitana”dan 3 ochko ortda qolmoqda, ammo o‘zaro o‘yinlarga ko‘ra Salerno klubidan past natija ko‘rsatgani hisobiga 18-o‘rindan yuqoriga ko‘tarila olmaydi.
Shu tariqa “Jenoa” 15 mavsum deganda ilk bor Italiya yuqori divizionini tark etdi. O‘z tarixi davomida Genuya klubi 9-marta B Seriyaga yo‘l oldi. Oxirgi marta jamoa 1994/95-yilgi mavsumda A Seriyadan tushib ketgan edi.
Avvalroq “Venetsiya” A Seriyani tark etgandi. So‘nggi turda “Salernitana” va “Kalyari” quyi ligaga kim ravona bo‘lishini aniqlaydi.
Eslatib o‘tamiz, hozirda “Roma” safida to‘p surayotgan Eldor Shomurodov 2020/21-yilgi mavsumni “Jenoa” safida o‘tkazgandi.
Izoh (0)