Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida bir kishi o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, 14-may kuni 00:30 larda Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahri hududidagi yo‘lda 1997-yilda tug‘ilgan haydovchi MAN yarim tirkamali yuk mashinasini boshqarib ketayotib, boshqaruvini yo‘qotib, ag‘darilgan. Shundan so‘ng yo‘l chetida to‘xtab turgan Lacetti va Cobalt’ga borib urilgan.
Oqibatda Lacetti va MAN haydovchilari tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Shifoxonada Lacetti haydovchisi vafot etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan MAN haydovchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport boshqarish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)