“Borussiya D” hujumchisi Erling Holand faoliyatini “Manchester Siti”da davom ettiradi.
“Manchester Siti” Holandni 2022-yilning 1-iyulida transfer qilish borasida dortmundliklar bilan kelishuvga erishganini ma’lum qildi.
Endilikda “shaharliklar” norvegiyalik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib olsa bo‘lgani.
Avvalroq “Manchester Siti” Holand uchun nemis klubiga 75 million yevro to‘lashi aytilgandi. Xabarlarga ko‘ra, Holandning transferi ingliz klubiga 250 million yevroga tushadi. Futbolchining maoshi haftasiga 375 million yevroni tashkil qilsa, agentlar uchun 50 million yevro komissiya to‘lanadi.
21 yoshli futbolchi “Borussiya”ga 2020-yilning yanvarida o‘tgandi. Shu vaqtga qadar u Dortmund klubi safida 88 ta o‘yin o‘tkazib, 85 gol va 23 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)