Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Professional boksning superyengil vazn toifasi (-63,5 kg) vakili Shohjahon Ergashev (21-0, 19 KO) o‘zining navbatdagi jangini 26-may kuni AQShda o‘tkazadi.

Foto: Salita Promotions

Foto: Salita Promotions

Avvalroq unga ushbu jangda Burkina Faso vakili Issuf Kinda (18-5, 7 KO) raqiblik qilishi xabar qilingandi. Salita Promotions’ning ma’lum qilishicha, mazkur boks kechasida Shohjahonning raqibi argentinalik Luis Alberto Veron (19-3-2, 9 KO) bo‘ladi.

Ergashev so‘nggi jangini 2021-yilning dekabr oyida o‘tkazib, unda Tailand vakili Aekkaueye Kaumaneni nokautga uchratgandi. Veron esa oxirgi marta 2021-yilning oktabrida ringga chiqib, unda Leonardo Amitranodan ustun kelgan.

Shohjahon yanvar oyida professional boksdagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgandi. Biroq oradan ko‘p vaqt o‘tmay boksga qaytganini e’lon qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Qirg‘iziston
“Rosatom” yana bir Markaziy Osiyo davlatida AES qurmoqchi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Italiya ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi (foto) 
Mahalliy
Andijonda o‘g‘li o‘ldirib, kanalga tashlab yuborilgan otaning murdasi Farg‘onadan topildi