Toshkentning Sergeli tumanida MCHJ rahbari ta’sischining mulkini talon-toroj qilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.
Departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ma’lum bo‘lishicha, “S.I.” MCHJ sobiq rahbari S.R. o‘ziga ishonib topshirilgan 8 dona qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi uskunalarini MCHJ ta’sischisi xorij fuqarosi T.ning o‘z yurtiga ketganidan foydalanib 22 ming dollarga sotib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)