Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida elektromobillar savdosidan tushgan mablag‘larni talon-toroj qilib kelgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruv davomida “F.E.” MCHJ rahbari o‘rinbosari R.J. va boshqalar MCHJ tomonidan chet davlatlardan olib kelingan elektromobillarni sotuvidan tushgan 1,8 milliard so‘mni xaridorlar bilan tuzilgan shartnomalarning ikkinchi nusxasida past narxlarda ko‘rsatish orqali talon-toroj qilgani aniqlangan.

Shuningdek, departamentning Qibray tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “W.E.” MCHJ bosh hisobchisi lavozimida ishlagan I.M. jamiyat rahbarining imzosi bilan soxta hujjatlarni rasmiylashtirgani aniqlangan. U MCHJdan ishdan bo‘shagan 6 nafar va 1 nafar umuman ishlamagan fuqaroning plastik kartalariga 125,1 million so‘m hamda bosh direktorning imzosini soxtalashtirib, 273,2 million so‘mni o‘zining plastik kartasiga o‘tkazib olib, o‘zlashtirgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Toshkentda 32 ta uy-joy shirkati jami 3,5 mlrd so‘mni maqsadsiz sarflagan yoki talon-toroj qilgani, Samarqandda 1,5 mlrd so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirgan jamiyat rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, Chirchiqda korxona rahbari tadbirkorning 533,6 mln so‘mlik mulkini talon-toroj qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Mahalliy
Besh yilda 218 mingdan koʻproq xonadon. Oʻzbekistonda uy-joy muammosi qanday hal etilmoqda?