Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qashqadaryo viloyatida tadbirkorning subyektiga tegishli mulkini o‘zlashtirgan ombor mudiri aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda K.U. MCHJ sobiq ombor mudiri F.S. MCHJning “Moddiy javobgarlik to‘g‘risida”gi shartnomasiga ko‘ra, unga ishonib topshirilgan 1,1 milliard so‘mlik xo‘jalik va elektr mollarini yuk xatlarsiz ombordan chiqarib, ushbu tovarlarni naqd pulga sotib yuborgani aniqlangan. U pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab, juda ko‘p miqdordagi o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Vazirlikning 8 mlrdga tushgan sayti, qashqadaryolik ota-o‘g‘ilning Toshkentni “lol qoldirgan” qilmishi: “Daryo”da hafta dayjesti
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi