• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxoroliklar Umra ziyoratiga jo‘natish tartibidan norozi ekanini aytib, mazkur masalada ham korrupsiya bor degan gumonga bormoqda

    O‘zbekistonda Umra safariga borish istagida bo‘lgan fuqarolarning ko‘p yillik navbatini bartaraf etish, ularga qulaylik yaratish maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan hududlarda viloyatlar vakilligi tashkil etilgan. Buxoroliklar ana shu vakillik faoliyatidan norozi. “Daryo”ga qilingan murojaatga ko‘ra, muxbir Laylo Hayitova murojaatlar mazmuni bilan tanishishga urindi va mas’ullar qarshiligiga uchradi.

    O‘zini tanishtirishni istamagan vakillik mutaxassisi Anvar Nurullayev “Daryo” operatorini vakillik idorasiga kirishga ruxsat bermagani yetmaganidek, murojaatchi fuqarolarga qo‘pol munosabatda ham bo‘lgan. Ular bilan tortishib, janjal keltirib chiqargan.

    “Daryo” operatori faoliyatiga qarshilik ko‘rsatilmoqda.

    “Daryo” operatori faoliyatiga qarshilik ko‘rsatilmoqda.
    Foto: Laylo Hayitova

    Aholi O‘zbekiston musulmonlari idorasining viloyat vakilligi ma’muriyati hududdagi eski masjidning juda tor va baland zinali qismidan ko‘tarilib borish mumkin bo‘lgan joyida joylashganidan noroziligini aytmoqda.

    O‘zbekiston musulmonlari idorasining viloyat vakilligi ma’muriyati joylashgan masjidning juda tor va baland zinali qismi.

    O‘zbekiston musulmonlari idorasining viloyat vakilligi ma’muriyati joylashgan masjidning juda tor va baland zinali qismi.
    Foto: “Daryo” / Laylo Hayitova

    O‘zbekiston musulmonlari idorasining viloyat vakilligi ma’muriyati joylashgan masjidning juda tor va baland zinali qismi.

    O‘zbekiston musulmonlari idorasining viloyat vakilligi ma’muriyati joylashgan masjidning juda tor va baland zinali qismi.
    Foto: “Daryo” / Laylo Hayitova

    E’zoz Bobomurodovning ma’lumot berishicha, kutilgan navbatlar o‘z vaqtida kelmaydi.

    E’zoz Bobomurodov.

    E’zoz Bobomurodov.
    Foto: “Daryo” / Laylo Hayitova

    “Men ham 2022-yilning yanvar oyida ziyoratga borish ro‘yxatiga yozilgandim. Barcha hujjatlar yetarli va to‘liq edi. Mana beshinchi oy o‘tyaptiki, navbatim 1026-o‘rindan hozirga qadar umuman o‘zgarmagan. Lekin temiryo‘l kassalari orqali Umra safariga har hafta 100-150 nafardan ortiq fuqarolar jo‘nab ketayotganini ko‘rish mumkin. Vakillik idorasi mutaxassisi Anvar Nurullayevning aynan o‘zi shu ishga mas’ul qilib qo‘yilganidan ham xabardormiz. Shunda ehtimoliy darajada korrupsiya o‘ynayaptimikin, degan shubhaga ham boradi odam”, — deydi E’zoz Bobomurodov.

    Foto: “Daryo” / Laylo Hayitova

    Fuqaroning bildirishicha, mas’ul tashkilot idorasiga kirish-chiqish zinasining tor va balandligi odamlar, ayniqsa, yoshi keksalar uchun ancha qiyinchilik tug‘dirmoqda.

    “Boshlig‘imizga ham, bizga ham qayerdan joy ajratishgan bo‘lsa, shu yerda faoliyat yuritishimizga to‘g‘ri keladi. Davlatimiz sharoit, imkoniyat yaratib bersa, bizlar ham yoshi keksa otaxon, onaxonlarimizning qiynalmay, bemalol kelib-ketishlarini istaymiz”, — deydi faqat ismini aytish bilan cheklangan vakillik mutaxassisi Fazilat opa.

    Umra ziyoratiga navbatga yozilganiga to‘rt oydan oshgan Manzura opa ismli fuqaro kelib-ketishlarning natijasiz bo‘layotganidan shikoyat qilgan.

    “Umid bilan kelamiz, umidsiz chiqib ketamiz. Kelib-ketishlarimiz samarasiz, befoyda. Toki ko‘z bilan ko‘rib, qo‘l bilan ushlamaguncha, hech narsa deya olmaysiz. Ehtimol, korrupsiyadir”, — deydi u.

    Foto: “Daryo” / Laylo Hayitova

    Keyingi suhbatdosh Nazira Mansurovaning so‘ziga ko‘ra, u Umra safariga borish uchun joriy yilning yanvar oyida ro‘yxatga yozilgan.

    “Bizning navbatimiz qachon kelishini aniqlash o‘rnida, har gal vakillik mutaxassisi Gulnora Zaripovaning odamlar bilan qo‘pol va qo‘rs muomalasiga duch kelamiz. Allohning dargohiga borishda ham odamlarning toifaga ajratilayotganini ko‘rib, yoqa ushlaymiz. Hafsalam pir bo‘lgan, tilimizni tishlab o‘tiribmiz”, — deydi Nazira Mansurova.

    Vakillik idorasi mutaxassisi esa: “Bu odamlar ham joningizdan o‘tkazib tashlaydi-da. Navbat bo‘lib turishadi, bitta odam qaysi biriga javob bersin. Qabul haftaning bir kuni bo‘lsa. Bitta xodim shuncha pasportni kompyuterga kiritsinmi yoki har bitta odamning savoliga javob berib o‘tirsinmi? Odamlar shunday me’yoridan o‘tkazib tashlaydi-da. O‘zining muomalasi bilinmaydi”, — deydi.

    O‘zini Hasiba Jamolova deb tanishtirgan 60 yoshli kogonlik fuqaro vakillik mutaxassisiga o‘zining keskin munosabatini bildirdi.

    “Men 2021-yilning oktabr oyida hujjat topshirganman. O‘shanda 638-o‘rindasiz deyishgandi. Ammo bugun ham shu yerga yana asabiylashib keldim. Biror joyga murojaat qilaman, desam, xohlagan joyingga bor, deyishadi. Hayron qolaman, shunday dargohlar vakillari odamlar bilan shunaqa muomalada bo‘ladimi? Siz fuqarolardan shikoyat qilyapsiz. Ular ham bu yerdagi muomala-munosabatga qaraydi”, — deydi Hasiba Jamolova.

    Hasiba Jamolova.

    Hasiba Jamolova.
    Foto: “Daryo” / Laylo Hayitova

    Vakillik xodimasi fuqarodan 2021-yil pandemiya davri ekanini, hech qanday hujjat qabul qilinmaganini, so‘zini isbotlovchi dalillari bor yoki yo‘qligini so‘radi.

    Fuqaro esa Umra ziyoratining tashkil etilishi qachonligi, shuningdek, qanday xizmatlar ko‘rsatilishidan vakillik idorasi xodimlarining o‘zi ham xabardor emasligini aytmoqda.

    “Aslida hujjatlarni qabul qilib olishgani to‘g‘risida birorta qog‘oz ham berishmaydi. Men ham davlat ishida ishlaganman. Judayam asabiylashdim. Avvalo, bunday joyga yaxshi-yomon bo‘lib borish gunoh. Lekin tanish-bilishchilikka yo‘l qo‘yilayotganini hech narsa bilan izohlab bo‘lmaydi”, — deydi Hasiba Jamolova.

    Viloyat hokimligining Jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha apparati kotibiyati mudiri G‘olib Barotovning bildirishicha, 2022-yilning 7-fevral kunidan boshlab buxorolik ziyoratchilar Umra safariga yuborilgan.

    Foto: “Daryo” / Laylo Hayitova

    “Umra mavsumi boshlangach, avvalo pandemiyadan oldin, ya’ni 2020-yil fevral oyi oxirida ziyorat uchun to‘lovni amalga oshirgan, ammo safarga bora olmagan fuqarolar yuborilgan. Yana shu o‘rinda aytish joizki, O‘zbekiston Musulmonlari idorasi vakilligi nodavlat-notijorat tashkilot. Ularning ustidan biz hech qanday nazorat olib bormaymiz. Ularga diniy masalalar bo‘yicha faoliyati davomida yordam kerak bo‘lsa, ko‘mak berishimiz mumkin. Ammo kimdir bu masalada muammoga duch kelayotgan bo‘lsa, amaliy ko‘makka tayyormiz. Yaqin kunlarda barcha amallar elektron shaklda olib boriladi. Va o‘ylaymizki, odamlarni ushbu masalada qiynayotgan tashvishlar bartaraf bo‘ladi”, — deydi G‘olib Barotov.

    O‘zini tanishtirishni istamagan fuqaro Umra ziyoratiga jo‘natish bilan bog‘liq ishlar nazoratsizligi bois ham vakillik mutaxassislari ushbu amalni o‘z yo‘rig‘i va o‘z bilganicha amalga oshirishayotganini, navbatdan tashqari jo‘natishda tanish-bilishchilikka yo‘l qo‘yishayotganini, poraxo‘rlik aralashayotgan bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.

    “Shu yerda faoliyat yurituvchi Anvar Nurullayev bilan tortishib qoldik. U men tirik ekanman, sen safarga borolmaysan, deya qo‘pol munosabatda bo‘ldi. Umuman shart-sharoitgina emas, vakillik xodimlarida muomala degan narsa yo‘q. Bunga e’tibor qaratuvchi tashkilotlar yo‘qmi? Yuqori turuvchi organlar holatni o‘rganib chiqishsa, deymiz”, — deydi E’zoz Bobomurodov.

    “Daryo” muxbiri fuqarolar e’tirozi nechog‘li o‘rinli ekaniga aniqlik kiritish maqsadida joriy yilda Umra ziyoratiga Buxorodan necha nafar fuqaro borib-kelganiga aniqlik kiritishga uringan. Biroq mas’ullar bu raqam sir tutilishini bildirgan.

    Foto: “Daryo” / Laylo Hayitova

    Holat yuzasidan surishtiruv o‘tkazilayotgan paytda viloyat bosh imomi Jobir Elov Umra ziyoratida bo‘lgan. “Daryo” muxbiri viloyatda fuqarolarning Umra ziyoratiga jo‘natilishi tartibidan norozi ekani yuzasidan bosh imom bilan Telegram orqali suhbatda bo‘lgan.

    “Bunday holatni eshitib, ko‘nglim og‘ridi. Holat joyida xabari bo‘la turib, vakillik o‘rinbosari hamda yordamchimning nega yetib kelishmagani yoki shu yerda bo‘la turib, o‘zini tanishtirishni istamagani ajablanarli. Xudo xohlasa, ziyoratdan so‘ng borib, har bir muammo ildizini o‘rganaman. O‘z ishiga, vazifasiga loqaydlik qayerdan kelib chiqqanini ochiqlab, shunga yarasha choralar ko‘raman. Shu o‘rinda, aytib o‘tish joizki, Boloyi hovuz masjidi shahar markazida bo‘lgani uchun ham shu joyni tanlagan edik. Nega tanlagan edik? O‘zbekiston Musulmonlar idorasi viloyat vakilligining binosi yo‘q. Yaqinda viloyatimiz rahbari vakillikka yer ajratish bo‘yicha qarorga imzo qo‘ydi. Tez kunda ajratilgan mazkur yer maydonida vakillik idorasi barpo etiladi”, — dedi Jobir Elov.

    Bosh imom bunday ziyoratlarga fuqarolarni jo‘natish birgina vakillik idorasiga ancha qiyinchiliklar tug‘dirayotgani bois ushbu masalalar tumanlar kesimida ham ado etiladigan tartib joriy etilishi taklifini bildirgan.

    06.05.2022, 17:13   Izoh (0)   34837
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AOKA direktoriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    06.05.2022, 16:49

    Toshkentdagi 7 xonali hovli MIB tomonidan 2 mlrd so‘mdan ko‘proqqa auksionga qo‘yildi

    06.05.2022, 16:39

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qatorasiga sakkizinchi kun pastladi

    06.05.2022, 16:28

    Kelasi hafta boshlarida O‘zbekistonning katta qismida kuchli jala yomg‘irlar yog‘ishi mumkin

    06.05.2022, 16:18

    O‘zbekiston DXX Qirg‘iziston chegarasida uch nafar qirg‘izistonlikka o‘q uzilgani yuzasidan rasmiy bayonot berdi

    06.05.2022, 15:30

    Onlayn auksionda 50 777 ZZZ avtomobil raqami 669,6 mln so‘mga sotildi

    06.05.2022, 14:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda 270 kishi halok bo‘lgan Air India samolyoti halokatining sababi ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 19:10

    Xorazmda 7-qavatdan o‘zini tashlagan qizlar jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lganmi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:55

    “Chelsi” va “Arsenal” “Barselona” futbolchisi uchun kurashmoqda

    Sport | 12 iyul, 18:50

    AQSHda Trampning ruhiyatida yoshga bog‘liq o‘zgarishlar kuzatilayotgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 18:35

    Jazirama kunlarda yuz terisini qanday parvarish qilish kerak? Kosmetolog tavsiyasi

    Go‘zallik | 12 iyul, 18:20

    O‘zbekistonda sentyabrdan sertifikatsiz chet tili o‘qituvchilari ishdan bo‘shatilishi mumkin

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:13

    O‘zbekistonda ayollar huquqlari: zo‘ravonlikka qarshi choralar o‘zini oqlayaptimi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:00

    Surxondaryoda ikki hayvonni ovlaganlar tabiatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 17:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.