2022-yilning birinchi choragida Rossiyaga 451 001 nafar O‘zbekiston fuqarosi kirib kelgan. Bu haqda “Daryo”ga Rossiya chegara xizmati statistikasidan ma‘lum bo‘ldi.
O‘zbekistonliklarning asosiy qismi (365 607 kishi) Rossiyaga ishlash maqsadida kelgan. 8284 kishi o‘qishni maqsad qilib ko‘rsatgan bo‘lsa, yana 1537 kishi turist sifatida kelgan.
Asosiy transport — samolyotlar. Bu yo‘l orqali Rossiyaga 421 227 o‘zbekistonlik kelgan. Ikkinchi o‘rinda avtomobillar – 29 162 kishi. Yana 346 kishi piyoda, 266 kishi esa poyezdda Rossiyaga kirib kelgan.
2021-yil bilan solishtirganda sezilarli o‘zgarishlar yo‘q.
Avvalroq O‘zbekistonga 2021-yilda qancha migrant jasadi olib kelingani ma’lum qilingan edi.