O‘zbekiston may boshida rossiyalik sayyohlarni qiziqtirish bo‘yicha Turkiyani ortda qoldirdi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.
“Tutu.ru” xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyaliklar tomonidan sotib olingan aviachiptalarning 20 foizidan ortig‘i O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keladi. Turkiya 11% bilan ikkinchi, Armaniston esa taxminan 10% bilan uchinchi o‘rinda.
Avvalroq O‘zbekistonga turli mamlakatlardan kelgan turistlar qancha pul sarflashlari ma’lum bo‘lgan edi. Masalan,Rossiya, Ukraina, Belarus va Armanistondan kelgan turistlar o‘rtacha bir safar uchun 635 dollarni sarflaydi.
Markaziy osiyoliklar ancha kam sarflaydi — qozog‘istonliklar, taxminan — 158,3 dollar, turkmanistonliklar — 104,6 dollar, qirg‘izistonliklar — 99,3 dollar, tojikistonliklar — 60,4 dollar.
Uzoq xorijlik sayyohlar bir sayohatga o‘rtacha 709,4 dollarga yaqin mablag‘ sarflashadi.
Avvalroq O‘zbekistondagi mehmonxonalarda bo‘sh xonalar soni keskin qisqargani haqida xabar berilgan edi.