Yanvar—mart oylarida O‘zbekistonga 54 084 nafar Rossiya fuqarosi kelgan. Bu haqda “Daryo”ga Rossiya chegara xizmatining statistikasidan ma’lum bo‘ldi.
Rossiyaliklar asosan shaxsiy maqsadlar uchun kelgan — 25 184 kishi. 4311 kishi tadbirkorlik, 9130 kishi turizm maqsadida kelgan.
Barcha rossiyaliklar mamlakatga samolyotda etib kelgan.
2021-yilning birinchi choragida O‘zbekistonga 15 206 kishi kelgan, biroq bu muddatlarni solishtirib bo‘lmaydi, chunki o‘sha paytda koronavirus tufayli sayohat cheklovlari amalda bo‘lgan edi.
Avvalroq rossiyaliklarning O‘zbekistonga ko‘chib o‘tishga bo‘lgan qiziqishi keskin oshgani haqida xabar berilgan edi.