• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Yangi zamon: Yevropa issiqlik va elektr energiyasining yuqori narxlariga qanday ko‘nikmoqda?

    Yevropa davlatlari Rossiya energiya ta’minotiga muqobil yo‘l izlayotgan bir paytda gaz va elektr energiyasi narxi oshib bormoqda. Bu haqda Forbes xabar berdi.

    Foto: Albert Gea / Reuters

    Foto: Albert Gea / Reuters

    Belgiya va Buyuk Britaniyada kommunal to‘lovlar narxining oshishi aprel oyida rekord o‘rnatdi. Mutaxassislar allaqachon energiya inqirozi ehtimoli haqida taxminlarini bildirishyapti.

    Oxirgi ikki yil davomida Yevropa mamlakatlarida elektr energiyasi narxi oshib bormoqda, biroq Rossiyaning Ukrainadagi “maxsus operatsiyasi” va undan keyingi G‘arb sanksiyalari narxlarning yanada ko‘tarilishiga olib keldi.

    Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili qariyb ikki baravar ko‘tarilgan global elektr narxi bu yil yana 50 foizga oshishi mumkin, 2023-2024-yillarda esa pasayishni boshlaydi. Shu bilan birga, 2024-yilda narxlar tarixiy eng baland qiymatlarda qoladi.

    Jahon banki siyosatchilarni iqtisodiy o‘sishga e’tibor qaratishga va iloji bo‘lsa, xalqaro iqtisodiyotga zarar yetkazadigan choralardan qochishga chaqiradi.

    Elektr narxining yuqoriligi mavzusi so‘nggi paytlarda Yevropa ommaviy axborot vositalarida eng mashhur mavzulardan biridir.

     

    Britaniya energetika kompaniyalari oilalarning 40 foizi “yoqilg‘i qashshoqligi”ga duch kelishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda, ya’ni ular uylarini isitish uchun mablag‘ topa olmaydi.

    Germaniya Federal elektr agentligi rahbari Klaus Myuller nemislarga har kuni dush qabul qilish odatidan voz kechishni taklif qildi. Energiya iste’molini kamaytirish va elektr narxining oshishiga qarshi kurashish uchun ular sayohat chiptalari narxini oyiga 9 yevrogacha pasaytirib, elektr energiyasi xarajatlarini qoplash uchun oilalarga har bir bola uchun 100 yevro to‘lashni yo‘lga qo‘ydi.

    Bu chora-tadbirlarning barchasi nafaqat fuqarolarga pulni tejashga yordam berish, balki Yevropa davlatlarining Rossiya neft va gaziga qaramligini kamaytirishga qaratilgan.

    Rekord darajada oshgan narxlar va Yevropa birdamligi

    Ispaniyada sanoat ishlab chiqarish narxlari mart oyida energiya narxining oshishi tufayli ketma-ket oltinchi marta ko‘tarildi. Oy davomida narxlar 46,6 foizga oshdi, bu 1976-yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.

    Elektr energiyasi narxi o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 134,6 foizga oshdi. Kompaniyalar ishlab chiqarilgan mahsulotlarning yuqori narxlarini iste’molchilar hisobiga yengdi va bu o‘z navbatida inflyatsiyani kuchaytirdi.

     

    Bu Ispaniyada so‘nggi 37 yildagi eng tez ko‘tarilgan inflyatsiya hisoblanadi. Shu oy boshida Ispaniya markaziy banki o‘zining to‘liq yillik inflyatsiya prognozini avvalgi 3,7 foizdan 7,5 foizga oshirdi.

    Buyuk Britaniyada elektr energiyasining o‘rtacha ulgurji narxi o‘tgan yili bir MVt/soat uchun 100 funt sterlingni (125 dollar) tashkil etgan bo‘lsa, bu yil bir MVt/soat uchun 250 funt sterlingga (314 dollar) yaqinlashdi.

    Cornwall Insight tadqiqot kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, import qilinadigan neft va gazga yuqori darajada qaramlik tufayli energiya narxlarining yuqori o‘zgaruvchanligi 2030-yilgacha davom etadi.

    Biz yuqori narxlar haqidagi sarlavhalarni ko‘rishga odatlangan bo‘lsak-da, afsuski, bizning tadqiqotlarimiz shuni ko‘rsatadiki, narxlar pasaysa ham biz kelgusi 10 yil va ehtimol undan ham ko‘p vaqt davomida 2021-yildagi darajamizga qaytmaymiz, — deydi kompaniyaning katta tahlilchisi.

    Shu bilan birga, Buyuk Britaniyaning Biznes, energetika va sanoat strategiyasi departamenti elektr energiyasi narxlari bo‘yicha har qanday uzoq muddatli prognozlar endi spekulyativ ekanligi haqida ogohlantirmoqda.

    Germaniyada neft va gaz narxlarining ko‘tarilishi tufayli aprel oyida inflyatsiya 40 yil ichidagi eng yuqori darajaga yetdi.

    Germaniya Federal statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, aprel oyida yillik inflyatsiyaga moslashtirilgan iste’mol narxlarining o‘sishi 7,8 foizni tashkil etdi. Bunday ko‘rsatkichlar oxirgi marta 1981-yilda Fors ko‘rfazi urushi fonida kuzatilgan.

    Belgiyada uy xo‘jaliklarining gaz va elektr energiyasi uchun o‘rtacha hisobi aprel oyida mutlaq rekord darajaga yetdi. Yillik elektr energiyasi shartnomasi o‘rtacha 1708 yevro (o‘tgan yili u 930 yevro edi), o‘rtacha yillik gaz to‘lovi esa bir yil oldingiga nisbatan 3 baravar 3659 yevroni tashkil etdi.

    Mart oyida Belgiyada elektr va gaz narxlari hukumatning QQSni 21 foizdan 5 foizga tushirgan harakatlari tufayli pastroq bo‘ldi, biroq aprel oyida bu choralar yetarli bo‘lmadi.

    Belgiya ommaviy axborot vositalarining ta’kidlashicha, uy xo‘jaliklari kommunal to‘lovlarni zo‘rg‘a qoplashga muvaffaq bo‘layotgan bir paytda energetika kompaniyalari katta daromad olishmoqda.

    Hech kim inqiroz davrida boyib ketmasligi kerak. Elektr ishlab chiqaruvchilarning iste’molchilar hisobiga haddan tashqari boyib ketishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, — dedi Belgiya energetika vaziri Tiyen Van der Streten.

    Shu bilan birga, Belgiya boshqa Yevropa mamlakatlariga qaraganda Rossiya ta’minotiga kamroq bog‘langan. Belgiyaga gazning asosiy yetkazib beruvchisi Norvegiya – 2021-yilda importning 43 foizi shu davlatdan kelgan. Ikkinchi o‘rinda Niderlandiya, Rossiya gazining ulushi esa atigi 6,5 foizni tashkil etadi.

    Rossiya gazini yetkazib berish bilan bog‘liq muammolar Belgiyaga, asosan, bu mamlakat Yevropa Ittifoqining bir qismi bo‘lgani uchun ta’sir qiladi, ya’ni Yevropa birdamlik mexanizmi ishga tushadi.

    Birdamlik tamoyiliga ko‘ra, energiya ta’minotining qisqarishidan jabr ko‘rganlar tegishli resurslarga va gaz quvurlari yoki portlar orqali barcha ishtirokchilarga mos keladigan narxda bo‘lishish uchun texnik imkoniyatlarga ega bo‘lsa, qo‘shni davlatlardan yordam so‘rashlari mumkin. Bozorlarning o‘zaro bog‘liqligi ham narxlarga ta’sir qiladi.

    Energiya inqirozi ssenariylari

    Yevropadagi elektr energiyasi narxiga Rossiya gazni rublda to‘lashdan bosh tortgan davlatlarga gaz yetkazib berishni to‘xtatayotgani, Yevropa Ittifoqi davlatlari esa bir vaqtning o‘zida Rossiya neftidan bosqichma-bosqich voz kechish masalasini muhokama qilayotgani ta’sir ko‘rsatmoqda.

     

    Agar Yevropa Ittifoqi bu qarorni qabul qilsa, bu narxlarning yanada oshishiga olib keladi.

    Yevropada energetika inqirozi o‘tgan yilning oxirida boshlangan edi. O‘tgan yil davomida energiya narxining oshishi Rossiya, AQSH va Norvegiyadan yetkazib berish hajmining kamayishi bilan bog‘liq.

    “Alor Broker” tahlilchisi Andrey Eshkininning so‘zlariga ko‘ra, narxlarning ko‘tarilishining qo‘shimcha sababi pandemiyadan keyin iqtisodiyotning tiklanishi bo‘ldi.

    Kovid cheklovlari olib tashlanganidan keyin hayot normallasha boshladi: korxonalar va fabrikalar ish boshladi, odamlar ofisga qaytishdi. Ta’minotning qisqarishi va iste’molning o‘sishi birgalikda energiya narxini maksimal qiymatlarga ko‘tardi, — deydi Eshkinin.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, agar narx shu darajada yuqori bo‘lib qolsa va Yevropa energiya qazib olishning boshqa yo‘lini topa olmasa, bu iqtisod uchun salbiy oqibatlarga olib keladi.

    Yevropa davlatlari muqobil, shu jumladan qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tish uchun Rossiya energiya manbalariga qaramlikdan voz kechishga harakat qilmoqda, ammo bu vaqt talab etadi.

    Tegishli korxonalar qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarishni jiddiy ravishda oshirishi kerak va bu Yevropa hali ajrata olmaydigan katta mablag‘ talab qiladi. Ayni paytda Rossiya ta’minotini muqobil manbalar bilan tezda almashtirish ehtimoli nolga tushadi, — deb hisoblaydi Eshkinin.

    Rossiya Polsha va Bolgariyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatgach, butun Yevropa bo‘ylab gaz narxi 20 foizga oshdi.

    Arikapital Management kompaniyasining investitsion strategi Sergey Suverovning fikricha, agar cheklovlar yanada ko‘proq mamlakatlarga taalluqli bo‘lsa, eng yomon ssenariy bo‘yicha bu energiya inqirozi bilan tahdid soladi. Uning fikricha, bu holatda isitish mavsumi arafasida gaz omborlarida gaz tanqisligi yuzaga kelishi mumkin.

    Suverovning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa vaziyatni barqarorlashtirish uchun favqulodda choralar ko‘radi: Polsha endi Norvegiyadan gazni oktabr oyida ochiladigan Baltic Pipe gaz quvuri orqali sotib oladi. Bundan tashqari, AQSH va boshqa gaz ishlab chiqaruvchilardan LNG yetkazib berish hajmini oshirishga harakat qiladi.

    Suverov Yevropa davlatlarining Rossiya energiya manbalariga qaramligi boshqacha ekanligini tushuntirdi:

    Bolgariya Rossiyadan gaz yetkazib berishga juda bog‘liq edi, Fransiyaning qaramligi pastroq, Italiyaning boshqa yetkazib beruvchilari ham bor. Germaniyada esa bu qaramlik juda kuchli, — deydi u.

    Shu bilan birga, uning tushuntirishicha, gaz narxi bozorda shakllanadi, shuning uchun narx oshishi Rossiya gazining o‘rnini qoplay oladimi yoki yo‘qligidan qat’i nazar, barcha Yevropa mamlakatlarida seziladi. Narxlar qachon o‘sishdan to‘xtashini hozir oldindan aytib bo‘lmaydi, deya ogohlantiradi ekspert.

    05.05.2022, 21:33   Izoh (0)   21152
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turkiyada inflyatsiya 2002-yildan beri ilk marta 70 foizgacha o‘sdi

    05.05.2022, 20:44

    Yil boshidan beri Rossiyaga qancha o‘zbekistonlik ishlash uchun ketgani ma’lum bo‘ldi

    05.05.2022, 18:11

    Yil boshidan buyon O‘zbekistonga qancha rossiyalik kelgani ma’lum bo‘ldi

    05.05.2022, 17:59

    O‘zbekiston may boshida rossiyalik sayyohlarni qiziqtirish bo‘yicha Turkiyani ortda qoldirdi

    05.05.2022, 13:13

    Yevropada inflyatsiya rekord darajaga yetdi

    29.04.2022, 22:41

    O‘zbekistonga jahon inqirozdan minimal yo‘qotishlar bilan chiqishga yordam beradigan uchta narsa ma’lum bo'ldi

    29.04.2022, 18:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Linkoln imzolagan qullikni bekor qilish hujjati 12 mln dollarga sotildi

    Dunyo | 4 iyul, 23:50

    Xitoyda 300 ming yillik sirli yog‘och qurollar topildi

    Dunyo | 4 iyul, 23:30

    Surxondaryoda 65 sotix yerni 1,1 mlrd so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 4-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 4 iyul, 23:00

    Amerikaliklarning qariyb 40 foizi Maskning yangi partiya tuzish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 4 iyul, 22:40

    Maosh kuniga 75 yevro: o‘zbekistonliklar Slovakiyaga ishga chaqirilmoqda

    O‘zbekiston | 4 iyul, 22:25

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    O‘zbekiston | 4 iyul, 22:11

    Superliga. “So‘g‘diyona” Jizzaxda “Qo‘qon-1912”ni mag‘lub etdi

    Sport | 4 iyul, 22:09

    AQSHda 400 yilga nohaq hukm qilingan shaxsga qariyb 2 mln dollar tovon to‘landi

    Dunyo | 4 iyul, 21:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.