• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi

    Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik yo‘lladi. Tabrik matni prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

    Qadrli vatandoshlar!

    Avvalo, siz, azizlarni, yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni, butun xalqimizni muborak Ramazon hayiti – Iyd al-Fitr bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, barchangizga o‘zimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.

    Qalblarimiz quvonchga va ezgu niyatlarga to‘lgan ushbu saodatli va munavvar damlarda avvalo shunday tabarruk kunlarga yetkazgani, bayramni tinch va osuda muhitda, oilamiz, el-yurtimiz bilan hamjihatlikda kutib olayotganimiz uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytamiz.

    Xalqimiz asrlar davomida buyuk diniy qadriyat, saxovat va mehr-oqibat ramzi sifatida e’zozlab kelayotgan bu ulug‘ ayyom keyingi paytda ijtimoiy hayotimizda yanada mustahkam o‘rin egallab borayotgani albatta barchamizni xursand qiladi.

    Ayniqsa, bu yilgi Ramazon bayrami “Inson qadri va manfaatlari uchun” degan olijanob g‘oyani o‘zida mujassam etgan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida keng ko‘lamli islohotlarimiz yanada yuksak bosqichga ko‘tarilayotgan tarixiy sharoitda o‘tayotgani uning fayzi va shukuhini keskin oshirmoqda.

    Chindan ham, dunyo ahlini o‘zaro do‘st va birodar bo‘lib, totuvlik va hamkorlikda yashashga da’vat etadigan Ramazon hayiti inson qadrini ulug‘lashning yorqin namunasi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.

    Hech shubhasiz, biz inson qadrini uning diniy sohadagi huquq va manfaatlari bilan uzviy bog‘liq holda ko‘ramiz. Shuning uchun so‘nggi yillarda mamlakatimizda diniy qadriyatlarimizni tiklash, bebaho ilmiy-ma’naviy merosimizni o‘rganish va targ‘ib etish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.

    Jumladan, Buxoroda – yetti ulug‘ pir, Surxondaryoda – Imom Termiziy ziyoratgohlari, Qashqadaryoda – Abu Muin Nasafiy, Toshkent viloyatida – Zangi ota, Namanganda – Sulton Uvays Qaraniy, Toshkent shahrida –Suzuk ota yodgorlik majmuasi kabi mo‘tabar maskanlar har tomonlama obod qilingani bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi.

    Hozirgi kunda ana shu xayrli amallarimizning mantiqiy davomi sifatida Buxoroda – Mir Arab oliy madrasasi, Samarqandda – Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi hamda Toshkent shahrida – O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida keng ko‘lamli qurilish va bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.

    Muhtaram yurtdoshlar!

    Ma’lumki, dunyo bo‘ylab tarqalgan koronavirus pandemiyasi tufayli muborak Haj va Umra amallarini ado etish uchun ba’zi cheklovlar kiritilgan edi. Qanday og‘ir bo‘lishiga qaramay, joriy yilning yanvar oyidan boshlab fuqarolarimizning Umra ziyoratiga borishlarini qayta yo‘lga qo‘ydik va qisqa vaqt ichida 35 mingga yaqin yurtdoshlarimiz qulay sharoitlarda orziqib kutilgan bunday ezgu amallarini bajarish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

    Yana bir xursandchilik – bu yil muborak Haj ibodatini amalga oshirish uchun imkoniyat paydo bo‘lganini siz azizlarga yetkazishdan g‘oyat mamnunman. Bu – sinovli kunlarda sabr-toqat va matonat bilan barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tgan vatandoshlarimiz uchun Alloh taoloning yana bir marhamati, desak, to‘g‘ri bo‘ladi.

    Hurmatli do‘stlar!

    Hozirgi paytda dunyodagi vaziyat qanday shiddat bilan o‘zgarib borayotganini barchamiz ko‘rib-bilib turibmiz. Ayrim mintaqalardagi mojarolar tez alanga olib, tinchlik va xavfsizlikka jiddiy tahdid tug‘dirmoqda. Bularning barchasi oldimizga muhim vazifalarni qo‘yib, doimo hushyor va ogoh, zamon bilan hamnafas bo‘lib yashashni taqozo etmoqda.

    Muqaddas dinimiz ham chin musulmon odam har qanday sinov va muammoga hamisha tayyor turishi zarurligini, pok niyat, ezgu amallar bilan yashaydigan bandalarga albatta yuksak ajru mukofotlar ato etilishini uqtirib keladi.

    Shu ma’noda, yurtimizda barqarorlikni ta’minlash, o‘zaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlash, qadimiy va o‘lmas qadriyatlarga tayangan holda taraqqiyot sari jadal odimlash – davr talabidir.

    Ana shunday aniq maqsadlarni ko‘zlab, doimo oldinga intilgan taqdirdagina biz bugun – kechagidan, ertaga – bugungidan ko‘ra katta yutuqlarga erishmog‘imiz, obod va farovon hayot kechirmog‘imiz mumkin bo‘ladi.

    Barchamizning umidimiz va tayanchimiz bo‘lgan yoshlarimizning qalbi va ongida ana shu muhim fazilatlarni uyg‘unlashtirib, ularni jahon maydonida raqobatbardosh yetuk avlod etib tarbiyalashimiz shart.

    Hech qachon unutmaylik, dunyodagi o‘tda yonmaydigan, suvda cho‘kmaydigan eng katta boylik bu – bilim va tarbiyadir.

    Bu borada boy milliy an’analarimiz asosida shakllangan o‘zbekona tarbiya bilan birga bizga yaqin do‘st va xayrixoh bo‘lgan davlatlardagi ilg‘or hamda zamonaviy ta’lim tajribalaridan oqilona foydalansak, ko‘zlagan ulug‘ maqsadlarimizga albatta yetamiz.

    Fursatdan foydalanib, dunyoning uzoq va yaqin mamlakatlaridagi barcha musulmonlarni Ramazon hayiti bilan samimiy tabriklab, ularga tinchlik, bardavom taraqqiyot va ravnaq tilaymiz.

    Aziz vatandoshlar!

    Ushbu muborak kunlarni xonadon va mahallalarda, shahar va qishloqlarimizda mazmunli va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazish uchun Ramazon hayiti munosabati bilan yurtimizda dam olish kunlari e’lon qilinganidan xabaringiz bor.

    O‘ylaymanki, bunday qulay sharoit bayramning fayzu tarovatini, qadr-qimmatini yanada oshiradi. Binobarin, ushbu hordiq kunlari – mo‘tabar ota-onalarni ziyorat qilish, bemorlar va muhtojlar holidan xabar olish, yaqinlar bilan diydor ko‘rishish uchun yaxshi imkoniyatdir.

    Ishonchim komil, jamiyatimizda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada yaxshilash, har bir insonning, avvalo, yoshlarning hayotda munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashishga qaratilgan insonparvarlik ruhidagi ishlarimizning ahamiyatini xalqimiz albatta yaxshi tushunadi va ularni amalga oshirishda faol ishtirok etadi.

    Muhtaram yurtdoshlarim!

    Sizlarni, butun xalqimizni mamlakatimizda keng nishonlanayotgan muborak Ramazon hayiti bilan yana bir bor chin yurakdan qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, baxtu saodat, oilalaringizga xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.

    Bayram shukuhidan qalblarimiz yanada nurafshon bo‘lsin!

    Ona yurtimiz tinch, hayotimiz farovon bo‘lsin!

    Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston prezidenti

    Eslatib o‘tamiz, 2022-yilgi Ramazon hayiti 2-may — dushanba kuni nishonlanadi. Ushbu bayram munosabati bilan fuqarolar 5 kun dam oladi. Shavkat Mirziyoyev hokimlarga Ramazon hayitini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha topshiriq bergan. Prezident, shuningdek, Ramazon hayiti arafasida 65 nafar fuqaroni afv etish bo‘yicha farmonni imzoladi.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekistonda Ramazon hayiti namozini o‘qish vaqtlari ma’lum qilindi
    • O‘zbekistonda Ramazon hayiti kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
    • Ramazon hayiti munosabati bilan Samarqand va Toshkent o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
    • Uzbekistan Airways Ramazon hayiti munosabati bilan respublika ichidagi barcha aviaqatnovlarga chegirmalar e’lon qildi
    • Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkentdan to‘rtta viloyatga qo‘shimcha aviaqatnov amalga oshiriladi

    01.05.2022, 21:15   Izoh (0)   18579
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda tibbiyot muassasalarining malakali shifokorlariga qo‘shimcha ustama to‘lanadi

    01.05.2022, 20:15

    O‘zbekistonda tibbiyot OTMlari talabalari uchun vazir stipendiyasi ta’sis etildi

    01.05.2022, 19:06

    Qarshi tumanining sobiq hokimi Maqsuda Mustafoyevaning qamoqqa olingani rad etildi

    01.05.2022, 18:47

    “Suvda oqayotgan qizlarni qutqarish uchun o‘zimni suvga otdim, shukrki, ular omon qoldi”. Sardoba fojiasida 624 ta xonadon aholisini bir o‘zi evakuatsiya qilgan II...

    01.05.2022, 17:56

    O‘zbekiston fuqarolari endi Rossiyada 15 kungacha ro‘yxatdan o‘tmay yurishi mumkin bo‘ladi

    01.05.2022, 17:14

    Samarqandda bank rahbari 6 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

    01.05.2022, 16:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH Venesuela prezidenti Nikolas Maduro boshi uchun 50 mln dollar mukofot puli e’lon qildi

    Dunyo | 8 avgust, 11:52

    Janglar tufayli 22 mingdan ortiq somalilik o‘z uyini tark etgan — BMT

    Dunyo | 8 avgust, 11:40

    Instagram: Toshkentda konsert bergan Jey Lo, farzandini uyga olib chiqqan Afruza, Madina Tojiboyevaning to‘yidan reportaj

    Layfstayl | 8 avgust, 11:36

    Ukrainadagi urushni tugatishning 5 ta yo‘li ma’lum qilindi

    Dunyo | 8 avgust, 10:55

    O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 10:52

    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?

    Reklama | 8 avgust, 09:00

    Sog‘liqni saqlash vazirligi soxta tabiblardan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 10:36

    Malayziyada homiladorlik tufayli 28 yoshli ayol to‘satdan “qarib qoldi” (foto)

    Dunyo | 8 avgust, 10:24
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.