• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +17°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Suvda oqayotgan qizlarni qutqarish uchun o‘zimni suvga otdim, shukrki, ular omon qoldi”. Sardoba fojiasida 624 ta xonadon aholisini bir o‘zi evakuatsiya qilgan IIB xodimi bilan suhbat

    Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori to‘g‘oni buzilgach, dastlab tumandagi “Qo‘rg‘ontepa” mahalla fuqarolar yig‘inidagi xonadonlarni suv bosa boshlagan. Hudud profilaktika inspektori, kapitan Otabek Begmatov voqea sodir bo‘lgan kuni qisqa fursatda 624 ta xonadonda yashovchi 900 dan ortiq oila va undagi salkam to‘rt ming aholini xavfsiz hududga olib chiqqan. Uning bu jasorati O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ham e’tirof etilgan. “Daryo” ijodiy jamoasi mazkur fojiaga ikki yil to‘lishi arafasida Sirdaryoning Sardoba tumanida bo‘lib, kapitan Otabek Begmatovni suhbatga tortdi.

    Foto: “Daryo” / Ma’murjon Obrahmatov

    Mashinam signali va sirenalarini chalib, mahalladagilarga xabar berishni boshladim

    “2020-yil 1-may kuni soat tonggi 04:30-05:00 atrofida Sardoba suv ombori qorovullari boshlig‘i Dilshod aka menga qo‘ng‘iroq qilib, suv ombor to‘g‘onini suv urib ketganini, aholini hududdan imkon qadar tez olib chiqish kerakligini aytdi. Xabarni eshitgach, o‘rnimdan turdim va mashinamni minib, voqea joyiga bordim. Voqea joyidagi suv mashina ballonlarini ko‘madigan darajaga yetgandi. Shunda tezda ortimga qaytdim-da, mashinam signali va sirenalarini chalib, mahalladagilarga xabar berishni boshladim.

    Otabek Begmatov.

    Otabek Begmatov.
    Foto: “Daryo” / Ma’murjon Obrahmatov

    O‘sha paytda ham Ramazon oyi bo‘lgani uchun ko‘pchilik saharlikka uyg‘ongan ekan. Bu esa bizga ancha yordam bo‘lib, ularni tezroq olib chiqib ketishimizga zamin yaratgan. Qolaversa, saharlikka uyg‘ongan va molini dashtga haydashga chiqqan odamlarni yordamga chaqirib, ularni mavjud 12 ta ko‘chaga kiritib yubordim hamda imkon qadar tezroq odamlarni boxabar qilishni maqsad qildim. Ko‘cha-ko‘yda kimni ko‘rsam, baqirib voqeadan xabardor qildim”, — deydi suhbatdosh.

    “Turmush o‘rtog‘im kasb mas’uliyati sabab hatto bizni ham odamlarga qo‘shib yuborib, o‘zi suv bosgan mahallaga qaytgandi”

    Otabek Begmatovning turmush o‘rtog‘i Fotima Erakayeva fojia sodir bo‘lgan kuni turmush o‘rtog‘i kasb mas’uliyati sabab hatto ularni ham ko‘chadagi odamlarga qo‘shib yuborgan holda manzilga yayov ketishini tayinlaganini, o‘zi esa mahallaga qaytib, odamlarni voqeadan boxabar qilishi lozimligini bildirganini aytmoqda.

    Fotima Erakayeva.

    Fotima Erakayeva.
    Foto: “Daryo” / Ma’murjon Obrahmatov

    “Tong azonlab turmush o‘rtog‘imga telefon bo‘ldi va suv omborni suv urib ketganini aytishdi. Keyin bizga odamlarni qutqarishi kerakligini aytib, uydan chiqib ketdi. Birozdan so‘ng yana uyga qaytib, bizning ham ko‘chaga chiqishimiz kerakligini, ko‘chaga yayov ketayotgan odamlarga qo‘shilib, ‘betonka’ tomonga ketaverishimiz kerakligini aytdi va o‘zlari mahalla ichkarisiga kirib ketdi. Shundan so‘ng men ikki bolamni olib, ko‘chaga chiqdim. Odamlarga qo‘shilib, yayov yura boshladik. Shunda tanish mashina kelib, olib ketishini aytdi. Men esa faqat ikki nafar bolamni mashinaga chiqarib, yosh bolalarni olib ketishlarini iltimos qildim. Manzilga borganimda bolalarim yo‘q ekan. Keyin bilsam tanish haydovchi bolalarimni qaynotamga bergan ekan. Men esa bundan bexabar yig‘lab, ancha vaqt bolalarimni izlaganman. So‘ng bolalarim qaynotamda ekanini bilganman”, — deydi Fotima Erakayeva.

    Foto: “Daryo” / Ma’murjon Obrahmatov

    13 va 11 yoshli qizlar sel suvidan olib chiqilgan

    Otabek Begmatov toshqin sodir bo‘lgan kuni mahalladan hamma chiqib ketgan paytda 13 va 11 yoshli qizlar suvda oqib ketayotganini ko‘rganini, ularga yordam berganini aytmoqda.

    “O‘sha kuni ko‘pchilik mahalladan chiqib ketgan paytda 2009- va 2011-yilda tug‘ilgan Umrzoqova Madina va Nigina ismli qizlar suv ombor suvida yog‘ochlar ustida bir ahvolda oqib ketayotganini ko‘rib, o‘zimni suvga tashladim va ularni suvdan olib chiqdim. O‘shanda suv juda ko‘tarilgandi, adashmasam salkam uylar bo‘yi baravar ko‘tarilgandi. Mahalladan oxirgi olib chiqqan insonlarim aynan shu qizaloqlar edi”, — deydi mahalla profilaktika inspektori.

    “Turmush o‘rtog‘im suvda oqib ketayotgan ikki nafar qizni qutqargani haqida aytganda o‘sha paytda o‘zim ham oqib ketishimga sal qoldi,  degandi. To‘g‘risi, bu gapdan keyin juda ham qo‘rqib ketgandim. Bu kishi ham suvda oqib ketsa, nima qilardim degan qo‘rqinch bo‘lgandi”, — deydi Otabek akaning xotini Fotima Erakayeva.

    Foto: “Daryo” / Ma’murjon Obrahmatov

    O‘sha kuni menga mahallani yaxshi bilishim katta yordam berdi

    Otabek Begmatovning aytishicha, o‘sha kuni mahalladagi aholini qisqa fursatda eson-omon xavfsiz hududga olib chiqib ketishiga mahallada doimiy yashab, hududni yaxshi o‘rgangani katta yordam bergan.

    “Shu mahalladagi xizmat uyimda yashab, mahallaning har bir burchagini besh qo‘ldek o‘rgangan ekanman. O‘sha kuni menga mahallani yaxshi bilishim katta yordam berdi. Voqea sodir bo‘lgan kuni oilam va ikki nafar farzandim ham mahalla aholisi bilan birga yayov yurib, hududni tark etgan. O‘zim esa mahalladan hamma chiqib ketmaguncha shu yerda bo‘ldim”, — deydi IIB xodimi.

    Prezidentimiz tomonidan “Mardlik” ordeni bilan mukofotlandim

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Otabek Begmatovning toshqin paytida odamlarga yordam bergani, har bir xonadonga kirib, ularni voqeadan xabardor qilgani va kimlarningdir hayotini saqlab qolgani Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi va hatto O‘zbekiston prezidenti e’tirofiga erishishiga sabab bo‘lgan.

    “Prezidentimiz tomonidan ‘Mardlik’ ordeni bilan mukofotlandim. Bu esa nafaqat mening, butun sardobaliklar va ichki ishlar tizimida ishlayotgan safdoshlarimning yutug‘i bo‘ldi. Shuningdek, Mudofaa vazirligining ‘Namunali xizmatlari uchun’ ko‘krak nishoni bo‘lgan e’tirofiga, Ichki ishlar vazirligi e’tiboriga erishdim. Bu judayam hayajonli voqea bo‘ldi. Buni so‘z bilan ta’riflash juda mushkul”, — deydi profilaktika inspektori.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Suhbatdosh o‘tgan ikki yil davomida shaxsiy hayotida ham o‘zgarishlar bo‘lganini, uchinchi farzandi dunyoga kelganini aytmoqda.

    “Shuncha quvonchimga quvonch bo‘lib, oilamizda uchinchi farzandim ham dunyoga keldi. Qolaversa, avval ham IIB xodimi bo‘lganimdan nafaqat oilam, ota-onam ham faxrlanar edi. Keyinchalik prezidentimiz tomonidan e’tirof etilganim, Ichki ishlar vazirligi va Mudofaa vazirligi e’tiboriga tushganim endilikda yanayam faxrlanishlariga, mening esa kasbimdan g‘ururlanishimga zamin yaratdi”, — deydi IIB xodimi.

    Abduazim Xidirov, Sardoba tumani hokimi

    Abduazim Xidirov, Sardoba tumani hokimi
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    “Daryo” Sardoba tumani hokimi Abduazim Xidirov bilan ham suhbatda bo‘lib, profilaktika inspektori Otabek Begmatov haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.

    “Avvalo shunday insonlarning borligiga shukr. Biz shunday jonkuyar, vatanparvar yoshlarimiz borligidan faxrlanamiz. Otabek Begmatov Sardoba fojiasida haqiqiy ma’noda qahramonlik ko‘rsatdi. Bu bor haqiqat. Shuning uchun ham uning xizmatlari davlatimiz rahbari tomonidan e’tirof etildi. Shaxsan prezidentimizning profilaktika inspektori xizmatini yuqori baholaganliklari davlatimizning yoshlarga va har bir qilingan jonkuyarlikka e’tibor qaratib, rag‘batlantirilishidan dalolat beradi”, — deydi Sardoba tumani hokimi Abduazim Xidirov

    Otabek Begmatovning aytishicha, u toshqin paytida oilasi va hayotini xavf ostiga qo‘yib bo‘lsa-da, odamlarni xabardor qilishga, ularning hududni tezroq tark etishiga erishishi lozim bo‘lgan. Buning yagona sababi esa ustidagi formasi va mas’uliyati edi.

    “Odatda mahallalarda bor yo‘g‘i bir nafar formali inson bo‘ladi. U ham bo‘lsa, profilaktika inspektori. Shunday paytda siz odamlar oldida bo‘lsangiz va ularning joniga oro kirsangiz nur ustiga nur. O‘sha vaziyatni boshimdan o‘tkazgan inson sifatida aytishim mumkinki, to‘fon kelgan paytda ichkariga suzib kirib, qizlarni qutqarishimga, boshqa mahalladoshlarimni ham suvdan olib chiqishimga Yaratgan kuch berdi. Quvvat berdi. Allohga shukrki, mahallada bitta inson edim va shunga loyiq ish qilishga ulgurdim. Va bu mening xalqimiz oldida, rahbarlarimiz oldida yuzim yorug‘ bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Buning uchun albatta shukr aytaman”, — deydi Otabek Begmatov.

    Otabek Begmatov.

    Otabek Begmatov.
    Foto: “Daryo” / Ma’murjon Obrahmatov

    Safdoshlarim sen qahramonsan, sen bilan birga ishlayotganimizdan faxrlanamiz, deyishadi

    “O‘sha kuni mahallada to‘rt ming nafar aholini evakuatsiya qilgan bo‘lsak, shuning hech bo‘lmaganda ikki mingga yaqini yonimga kelib, suvda otam qolib ketdi, onam qolib ketdi, oilam, singlim qolib ketdi, deya murojaat qilgan. Shunday paytda imkon qadar hech kimni e’tibordan chetda qoldirmay, suvdan olib chiqishga urindim. Ko‘p o‘tmay menga qo‘shimcha yordam kelib, ko‘makchi bo‘lishdi. Yaratganga shukrki, o‘sha voqealarda yuzimiz yorug‘ bo‘ldi. Men judayam baxtli insonman. Boisi menga berilgan e’tibor va e’tirof hamma profilaktika inspektorlariga ham nasib etavermaydi. Safdoshlarim sen qahramonsan, sen bilan birga ishlayotganimizdan faxrlanamiz, deb ko‘p aytishadi. Bu esa menga kayfiyat berib, ishimga bo‘lgan mehrimni orttiradi. Mas’uliyatimni oshiradi”, — deydi u.

    Operatorlar: Ma’murjon Obrahmatov, Dilruh Isomiddinova

    Mavzuga doir: 

    • “O‘rtoq kapitan, qo‘limni qo‘yib yubormang”. Sardoba toshqinida halok bo‘lgan, bedarak ketgan va omon qolgan uch gvardiyachi tarixi
    • “Sardobadanligimizni aytsak, taksichilar pul olmasdi”. Toshqindan omon qolgan Qur’on va Ziroat Mirziyoyevaning ro‘moli haqida O‘sarovlar hikoyasi
    • “Sinfdosh qizlarning bari Shukrona bo‘lmasa edi hali”. Taqdiriga Sardoba suv toshqini ta’sir ko‘rsatgan chaqaloqlar

    01.05.2022, 17:56   Izoh (0)   48731
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston fuqarolari endi Rossiyada 15 kungacha ro‘yxatdan o‘tmay yurishi mumkin bo‘ladi

    01.05.2022, 17:14

    Samarqandda bank rahbari 6 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

    01.05.2022, 16:55

    O‘zbekistonda tuman maktabgacha ta’lim bo‘limlari faoliyati tugatilishi mumkin

    01.05.2022, 15:59

    Ijtimoiy himoya — davlatning muhim vazifasi

    01.05.2022, 15:02

    Farg‘onada tuman MTB rahbarining o‘g‘li ikki nafar ayolni chopib tashlash bilan tahdid qildi

    01.05.2022, 14:37

    Buxoroda o‘zini daraxtga osib, joniga qasd qilayotgan ayol qutqarib qolindi

    01.05.2022, 13:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda nechta oliy taʼlim tashkiloti faoliyat yuritayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:50

    Saida Mirziyoyeva Rossiya hukumati raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:31

    “Daryo” dayjesti: 29-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 29 may, 23:25

    Saida Mirziyoyeva Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:10

    Kongressmen Trampdan investorlar uchun tashkil etilgan kechki ovqat tafsilotlarini oshkor qilishni talab qildi

    Dunyo | 29 may, 22:53

    Massimiliano Allegri “Milan” bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 29 may, 22:38

    Isroil G‘azodagi asirlarni ozod qilish bo‘yicha AQSHning yangi taklifini qabul qildi. HAMAS esa jim

    Dunyo | 29 may, 22:10

    Sirdaryoda sevgan yigitini o‘ldirmoqchi bo‘lgan qiz 6 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 29 may, 21:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.