Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini faoliyatini Angliya Premyer Ligasida davom ettirishi mumkin.
Daily Mail nashrining xabar berishicha, italiyalik mutaxassis “Tottenhem” jamoasining qiziqishlar doirasiga tushib qolgan. Manchinidan tashqari “Brayton” bosh murabbiyi Grem Potter ham nomzodlar qatoridan joy olgan.
Avvalroq, “shporlar” ustozi Antonio Konte “PSJ”da Maurisio Pochettinoning o‘rnini egallashi mumkinligi xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, Manchini Angliya chempionatida avval ham faoliyat olib borgan. 57 yoshli murabbiy 2009-yildan 2013-yilga qadar “Manchester Siti”ni boshqargan.
“Tottenhem” hozirda Premyer Ligada 58 ochko jamg‘argan holda 5-o‘rinda bormoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)