Antonio Ryudigerning “Real”ga o‘tishida moliyaviy shartlar ma’lum bo‘ldi.
Himoyachining yillik maoshi 9 million yevro etib belgilanadi, deya xabar beradi Marca.
Antonio bonus sifatida 8 million yevroga ega bo‘ladi — shartnomaning har bir yilida 2 milliondan to‘lab boriladi.
Shu tariqa 29 yoshli futbolchi “Real”da 4 yil davomida 44 million yevro ishlab topadi. Bu Ryudiger dastlab so‘ragan puldan 11 million kam.
Undan tashqari madridliklar nemis futbolchisining agentlariga 15 million yevro komissiya sifatida to‘lab beradi. Ryudigerning 2026-yilga qadar mo‘ljallangan shartnomasi “Real” uchun 59 million yevroga tushadi.
Avvalroq “Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel Ryudigerning jamoadan ketishini tasdiqlagandi. Futbolchining o‘zi esa “Real” bilan kelishuvga erishgani xabar qilingandi.
Antonio Ryudiger 2021/22-yilgi mavsum “Chelsi” safida barcha musobaqalarda 48 ta o‘yinda ishtirok etib, 5 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilning yozida o‘z yakuniga yetadi.
Izoh (0)