Professional boksning super yarim o‘rta vazn toifasida harakat qilayotgan o‘zbekistonlik Isroil Madrimov (8-0, 6 KO) va Mishel Soro (35-3-1, 24 KO) o‘rtasida chempionlik kamariga majburiy da’vogar maqomi uchun revansh jangi 9-iyul kuni Angliyaning London shahrida bo‘lib o‘tadi.
Ikkala bokschi o‘rtasidagi dastlabki jang 2021-yil 17-dekabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgandi. To‘qnashuvning 9-raundida gong ovozini eshitmagan Madrimov raqibga bir necha zarbalar yo‘llashi natijasida texnik nokaut qayd etilgan edi. Bundan norozi bo‘lgan Soro jamoasi tashkilotga revansh berilishini so‘rab murojaat qilgandi. WBA Soro jamoasining so‘rovini qabul qilgan va Madrimovga revansh jangida ishtirok etish majburiyatini qo‘ygan.
WBA Super kamari ayni damda Jermell Charloga (34-1-1, 18 KO) tegishli hisoblanadi.
Izoh (0)