• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Afsonaviy Muhammad Aliga qarshi 15 raund turib bergan “nouneym”. “Rokki” filmining yaralishiga sababchi bo‘lgan bokschi haqida

    1970-yilning yozida Nyu-Jersida o‘tgan asrning eng yaxshi og‘ir vaznlilaridan biri Sonni Listonning so‘nggi jangi bo‘lib o‘tadi. U sakkiz raund davomida Chak Vepnerni do‘pposlaydi, to‘qqizinchi raundga kelib, shifokor jangni to‘xtatishga qaror qiladi — Vepnerning ko‘zlari ko‘plab ko‘karish va yorilishlar natijasida shunchaki ko‘rmay qoladi. Jangdan keyin u sog‘ odam qarasa qo‘rqadigan darajaga kelib qolgandi — burun va jag‘ning sinishi, kasalxonaga yotqizilishga sabab bo‘lgan 72 ta yorilish.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Bunday janglar va jarohatlardan keyin ko‘pchilik faoliyatini yakunlaydi. Eng yaxshi holatda esa aksariyat sportchilar bu yo‘lga ilk qadamlarini tashlaydi. Ammo Venper uchun bu qonli to‘qnashuv faqat ibtido bo‘lib xizmat qiladi. Chak ushbu jangdan keyin “bayonnolik (Fransiyadagi shahar) qonxo‘r” laqabini oladi va o‘sha yillarning eng qo‘rqmas jangchilaridan biri sifatida shon-shuhratga ega bo‘ladi, chunki u Listonga qarshi jangni shunday holatda ham davom ettirishga tayyor edi.

    Sakkizta g‘alabalar seriyasi va yaxshi munosabatda bo‘lgan promouter Don King tufayli Vepner 1975-yilga kelib, afsonaviy Muhammad Aliga qarshi ringga ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ladi.

    O‘shanda Ali faoliyatining eng yuqori cho‘qqisida edi. 1974-yil yanvar oyida u Jo Freyzerdan revansh olgan bo‘lsa, undan to‘qqiz oy o‘tib Jorj Formanni nokautga uchratib, og‘ir vazn toifasining ikkita asosiy — WBC va WBA kamarlari sohibiga aylangandi. Keyingi jang uchun Aliga oddiyroq raqib zarur edi — ilk yaxshi zarbadan keyin qulamaydigan va shu bilan birga katta muammolarni ham keltirib chiqarmaydigan. 36 yoshli Vepner bu rol uchun ayni muddao edi.

    Venper mutlaq chempionga qarshi jangga hayotidagi eng yaxshi mashg‘ulot yig‘ini bilan keladi. Jangdan oldin bukmekerlar ko‘rsatkichlarni Alining foydasiga belgilaydi — 40 ga 1.

    Ali va Vepner o‘rtasidagi jang 1975-yilning 24-martida Richfildda bo‘lib o‘tadi va dastlabki 8 raund oldindan taxmin qilinganidek kechadi: da’vogar taslim bo‘lmaydi, ammo ochkolar borasida hech qanday imkoniyatga ega chiqmaydi. Tarixiy lahza to‘qqizinchi raundda, Vepner Alini yiqitgan va Richfild kolizeyidagi 15 ming, teleekran qarshisidagi esa yuz minglab tomoshabinlarni hayratda qoldirgan vaqtda sodir bo‘ladi.

    Ali keyingi 4 raundni o‘z foydasiga hal qiladi, 15-raundda esa jangni texnik nokaut evaziga g‘alaba bilan yakunlaydi (garchi Vepner o‘rnidan turib jangni davom ettirishga harakat qilgan bo‘lsa ham, hakam nokdaundan keyin jangni to‘xtatadi). Jangdan keyin Vepner o‘tkazib yuborilgan zarbadan emas, balki muvozanatni yo‘qotganidan so‘ng yiqilganini, raqib uning oyog‘ini bosib olganini aytadi. Ammo bu endi hech kimni qiziqtirmasdi. Hech kim ishonmagan Vepner jahon boksi afsonasiga munosib qarshilik ko‘rsatadi — hamma faqat shuni muhokama qilardi.

    Gollivud aktyori Silvestr Stallone Ali va Vepner o‘rtasidagi jangni televizorda tomosha qiladi. U jangdan shunchalik ta’sirlanadiki, o‘sha kuni kechqurun yangi film uchun ssenariy yozishni boshlab yuboradi, asosiy e’tibor iste’dodli va muvaffaqiyatli bokschi emas, balki tublikdan eng yuqori cho‘qqiga chiqishning uddasidan chiqqan jasur va qat’iyatli jangchining hikoyasiga qaratiladi.

    “Rokki” deb nomlangan film 1976-yilda katta muvaffaqiyat bilan ekranlarga chiqadi: 225 million dollar kassa va uchta Oskar, ularning orasida “Eng yaxshi film” uchun berilgan mukofot ham bor edi.

    Kadr: “Sports.ru”

    Kadr: “Sports.ru”

    Stallone Vepner filmning paydo bo‘lishiga ta’sir qilganini va hatto unga franshizaning davomidagi rollardan birini taklif qilganini yashirmaydi (biroq bokschi kastingdan o‘ta olmagan), lekin Chak “Rokki” filmi bosh qahramoning bevosita prototipi emasligiga aniqlik kiritadi.

    “Rokki Balboa hikoyasi bevosita Chak Vepnerniki bilan bir xil emas. Bu umumlashtirilgan qahramon obrazi. Unda Roki Marchiano ham, Jo Freyzer ham bor. Va, albatta, Vepner, ham. Aynan uning Ali bilan jangi meni ssenariy yozishga ilhomlantirgan. Ali ringda yotganida hayratda edim. Vepnerning o‘sha paytda nimalarni his qilganini tasavvur qilib ko‘rdim. Har bir inson hayotida hech bo‘lmaganda bir marta his qilishni xohlaydigan narsa”, — degandi Stallone.

    Mazvuga doir: Og‘ir vaznda biror marta mag‘lub bo‘lmagan yagona chempion — boks afsonasi Rokki Marchiano haqida

    O‘ttiz yil o‘tgach, Vepnerning spirtli ichimliklar bilan bog‘liq bo‘lgan biznesi inqirozga yuz tutadi va Stallonedan 15 million dollar miqdorida tovon undirish uchun Nyu-York sudiga murojaat qiladi. Chakning so‘zlariga ko‘ra, aynan u Stallonega 1 milliard dollardan ko‘proq foyda keltirgan “Rokki” filmlari seriyasi qahramonining prototipi hisoblanadi. Oxir-oqibat da’vo suddan tashqarida hal qilinadi, chunki Stallone Vepnerga tovon to‘lashga rozi bo‘ladi. Biroq uning miqdori ochiqlanmagan.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Keyinchalik Vepnerning nomi baribir katta filmda foydalaniladi. 2011-yilda uning faoliyati haqida hikoya qiluvchi “Haqiqiy Rokki” hujjatli filmi namoyish etiladi. Shu yilning o‘zida Filipp Falardo rejissyorligidagi “Qonxo‘r Chak” (“The Bleeder, Chuck”) badiiy filmining ham premyerasi bo‘lib o‘tadi. Bu yerda Muhammad Alini nokautga uchratgan oddiy bokschi Vepnerning hikoyasi shunchaki syujet uchun afsonaga aylanib qolmagan, balki Chakning hayoti va sport faoliyati haqida hikoya qiluvchi biografiyadir.

    “Bu filmning chiqishi men uchun muhimdir. Haligacha aminmanki, mensiz Rokki Balboa haqidagi hikoya bo‘lmasdi. Ammo endi odamlar shaxsiy hikoyam bilan ham tanishishlari mumkinligidan xursandman. Bu unga juda kuchli ta’sir qilgan bo‘lsa ham, hayotim faqat Muhammad Ali bilan ringdagi oqshomdan iborat emas”, — degandi Venper o‘sha filmining premyerasidan keyin.

    29.04.2022, 23:49   Izoh (0)   70208
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Ufa” Oston O‘runovni “Spartak”dan sotib olmasligi mumkin

    29.04.2022, 20:02

    UEFA “Manchester Yunayted” va “Liverpul”ni jarimaga tortdi

    29.04.2022, 19:01

    Tayson Fyuri bokschilar P4P reytingida Usikni ortda qoldirdi

    29.04.2022, 18:12

    Rasman: “Manchester Yunayted”ni boshqarayotgan Ralf Rangnik Avstriya terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi

    29.04.2022, 17:05

    Angliyada jurnalistlar talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

    29.04.2022, 16:01

    Superliganing 6-tur bahslariga hakamlar tayinlandi

    29.04.2022, 15:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.