Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Andijon viloyati Asaka tumanida 19-aprel kuni yo‘l transport hodisasi oqibatida Rossiya fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda “Millar” informatsion dasturida xabar qilindi.

Qayd etilishicha, holat 19-aprel kuni soat 23:00 atrofida Andijon viloyati Asaka tumani Sho‘rqishloq hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega, sun’iy yoritilmagan A-373 avtomobil yo‘lining 416-kilometrida sodir bo‘lgan. Rossiya fuqarosi Nexia-2 avtomashinasida viloyat bo‘ylab yuqori tezlikda tranzit o‘tib ketayotib, rulda uxlab qolgan. Qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, boshqa avtomobil bilan to‘qnashib ketgan.

YTH oqibatida Rossiya fuqarosi olgan tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay vafot etgan.

Shuningdek, Andijonda 19-aprel kuni 20 yoshli talabani uyqu bosishi sababli beshta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘lgan. Oqibatda Damas avtomashinasining 23 yoshli haydovchisi son sinishi tufayli shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda har ikkala holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Bundan avval Jizzaxda Nexia bilan to‘qnashgan Lacetti’da qisilib qolgan erkak qutqarilgani, Nexia haydovchisi vafot etib, uch yo‘lovchi tan jarohati olgani haqida xabar berilgandi. Bundan tashqari, Toshkentda daraxtga urilgan BMW ag‘darilgani, Jizzaxda maktab o‘quvchilarini olib ketayotgan avtobuslar to‘qnashgani xabar qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Foto: Zarbalardan keyin chiroqsiz qolgan Ukrainaning koinotdan ko‘rinishi
Mahalliy
Andijonda Isuzu va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida 41 kishi jarohatlandi, 3 nafari voqea joyida halok bo‘lgan
Dunyo
Sena daryosi bo‘ylab sayr: turli-tuman qiyofalar va mashhur tarixiy obidalar — suratlarda