Rossiyaning Samara viloyatida o‘zbekistonlik mehnat migrantlarining hujjatlari olib berildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, agentlikka Samara viloyatida joylashgan “Skorpion” tashkilotida ishlovchi fuqarolar hujjatlarini ish beruvchidan olib berishni so‘rab murojaat qilgan. Migrantlarning pasportlari ishlash jarayonida 5 oy davomida olib qo‘yilgan. Shuningdek, ish beruvchi ularni qarzdor qilib qo‘ygan.
Mehnat migrantlarining hujjatlarini olib berish maqsadida vakolatxona xodimlari Pesochnoye tumani politsiya bo‘limi bilan aloqa o‘rnatgan. Natijada fuqarolarning pasporti, patenti va migratsion kartasi politsiya xodimlari hamkorligida olib berilgan.
Mavzuga doir:
- Novosibirskda voyaga yetmagan farzandi bilan qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi
- Moskvada ikki bolasi bilan qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi
- Moskvada migrantlar ishlayotgan bino tomining qulab tushishi oqibatida bir nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
Izoh (0)