Daryo

Andijonda Spark bilan to‘qnashgan Labo ag‘darilib ketdi (video)

YTH oqibatda Labo haydovchisi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan

1 daqiqa o‘qish57 434 ko‘rishlar0 izoh0

Andijon viloyati Shahrixon tumanida 27-aprel kuni Spark va Labo avtomobillari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar qildi.

Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati

Qayd etilishicha, yo‘l-transport hodisasi shu kuni soat 13:10 larda Shahrixon tumani “Qoziqo‘rg‘on” mahallasi hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 409-kilometrida yuz bergan. Haydovchi A.A. (1991-yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi Labo hamda haydovchi O‘.U. (1988-yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi Spark avtomobillari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan va Labo avtomobili ag‘darilgan.

YTH oqibatida haydovchi A.A. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar