• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12305.8
    • RUB152.56
    • EUR14389.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Biznes

    Ilon Maskning 21 milliard dollarlik siri: u Twitter uchun naqd pulni qayerdan oladi?

    Avvalroq Ilon Mask Twitter’ni 44 milliard dollarga sotib olishi haqida kelishuvga erishgani haqida xabar berilgan edi.

    Mask shaxsan o‘zi kafolatlagan bitimdagi 21 milliard dollarlik kapitalni qanday qoplamoqchi? Bu haqda Bloomberg ma’lum qildi.

    Foto: Bloomberg

    Foto: Bloomberg

    50 yoshli Mask ijtimoiy tarmoq tomonidan kafolatlangan 13 milliard dollarni bank moliyalashi va 12,5 milliard dollarni Tesla’ning 170 milliard dollarlik ulushini garovga qo‘yish orqali qoplashini aytdi. Ammo qolgan mablag‘ni qanday to‘lashi haqida ma’lumot bermadi.

    Uning pul topishiga shubha yo‘q. Bloomberg Billionaires Index ma’lumotlariga ko‘ra, Mask dunyodagi eng boy odam bo‘lib, uning boyligi 257 milliard dollarni tashkil etadi. Biroq hisob-kitoblarga ko‘ra, uning atigi 3 milliard dollarga yaqin naqd puli va biroz likvid aktivlari bor.

    Boshqa investorlar

    Maskning bir yo‘li — Twitter’ni sotib olishda unga qo‘shiladigan hamfikr investorlarni topish. Bu kapitalning bir qismi yangi yoki mavjud aksiyadorlardan kelishini anglatadi.

    U allaqachon bunday strategiya rejalarida bo‘lishi mumkinligiga ishora qilgan. Twitter’ni sotib olish bo‘yicha o‘zining dastlabki taklifidan so‘ng, Mask TED tadbirida o‘zining niyati qonunda ruxsat etilgan darajada ko‘p aksiyadorlarni saqlab qolish ekanligini bildirgan.

    AQSH xususiy kompaniyalari odatda 2000 dan kam aksiyador bilan cheklanadi. Agar tarmoq sotilsa, aksariyat investorlar Twitter’ga egalik qilish huquqidan mahrum bo‘ladi.

    Ammo Twitter asoschisi Jek Dorsi kabi yirik aksiyadorlar agar Maskning qarashlariga ishonsa, o‘z ulushlarini kompaniyada saqlab qolishni tanlashi mumkin. Dorsining ulushi deyarli 1 milliard dollarga teng.

    Hozirda Mask qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha sheriklarni to‘plash va boshqa potensial investorlar bilan muzokaralarni davom ettirish bilan band.

    Boshqa tomondan, Maskning TED tadbirida iqtisodiyotga ahamiyat bermasligi haqidagi bayonoti ba’zi potensial investorlarni qo‘rqitishi mumkin.

    Aksiyalarni sotish

    Mask boshqa sarmoyadorlar bilan kelishuvga erisha olmasa ham o‘z boyliklari — Tesla’dagi ulushi yordamida Twitter’ni sotib olish uchun moliyaviy kuchga ega.

    U o‘zining 12,5 milliard dollarlik kreditini qoplash uchun aksiyalarni va’da qilganidan so‘ng ham avtomobil kompaniyasining qariyb 21,6 milliard dollarlik garovga qo‘yilmagan aksiyalariga egalik qiladi.

    Ushbu strategiya o‘ziga xos xavflarga ega. Birinchisi, Maskning o‘z aksiyalarining bir qismini sotishi kerakligi haqidagi taxminlar allaqachon uning aksiyalari narxiga ta’sir qildi. Oy boshidan buyon ularning narxi taxminan 8 foizga kamaydi.

    Shuningdek, Ilon Mask o‘zining SpaceX va The Boring Company xususiy kompaniyalaridagi ulushlarini sotish mumkin, ammo ularning likvidligi ancha past.

    Naqd pul, kripto

    Mask Bloomberg Billionaires Index tomonidan hisoblanganidan ham boyroq.

    Uning naqd pul hisob-kitobi ommaviy sotiladigan aksiyalar va yangiliklar hisobotlari bilan bog‘liq hujjatlarga asoslanadi, ammo uning shaxsiy moliyasiga oid ko‘p ma’lumotlar ochiqlanmagan.

    Uning investitsiyalar portfeli bozordan oshib ketgan bo‘lsa, Mask Bloomberg hisob-kitobidan ko‘ra boyroq bo‘lishi va u 21 milliard dollarni qoplash uchun yangi moliyalashtirish manbalariga muhtoj bo‘lmasligi mumkin.

    Mask iyul oyida Bitcoin, Eter va Dogecoin’ga egalik qilganini aytgan. Uning qancha pulga egaligi yoki ularga qancha vaqt egalik qilishi noma’lum bo‘lsa-da, birinchi ikkita kriptovalyuta 2020-yil mart oyidan boshlab mos ravishda 720 foiz va 2600 foizga o‘sdi. Dogecoin esa dushanba kuni Mask Twitterni sotib olishga rozi bo‘lganidan keyin deyarli 30 foizga oshdi.

    Avvalroq Ilon Mask doimiy uyi yo‘q ekanligini va do‘stlarinikida yashayotgani haqida xabar berilgan edi.

    26.04.2022, 17:52   Izoh (0)   11849
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Belarus O‘zbekistonga yog‘och uylar yetkazib berish ustida ishlamoqda

    26.04.2022, 15:06

    “Bu biz uchun juda yaxshi” — Shuhrat Vafoyev O‘zbekistonga ko‘chib kelayotgan IT-mutaxassislar haqida

    26.04.2022, 13:22

    Ilon Mask Twitter’ni 44 mlrd dollarga sotib oladi

    26.04.2022, 09:05

    “O‘zbektelekom”ning birinchi chorakda olgan foydasi ikki barobarga tushib ketdi

    25.04.2022, 23:56

    “O‘zavtosanoat” va BYD ilk elektromobilni qachon ishlab chiqarishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi

    25.04.2022, 18:09

    UzAuto Motors yil boshidan buyon qancha foyda olgani ma’lum bo‘ldi

    25.04.2022, 17:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Market Yandex Go O‘zbekistonning yana sakkiz hududida ishga tushdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    “Dunyodagi eng ingichka 3D egri ekranli smartfon” unvoniga ega Ginnes rekordchisi: O‘zbekistonda rasman taqdim etildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 


    Rockstar Gaming Festival 2025: O‘zbekistonda yorqin his-tuyg‘ular, xursandchiliklar va kibersport


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    APEX — moliyaviy boshqaruv uchun qulayliklar bitta ilovada 


    TENET: O‘zbekiston Mustaqilligi kuni sharafiga Stellar Residence apartamentlariga eksklyuziv shartlar 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yadro urushidan ham xavfli: insoniyatga tahdid solayotgan 5 ta yirik talafot

    26 avgust, 13:53

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Google Play’da pul o‘g‘irlaydigan o‘nlab ilovalar aniqlandi

    Dunyo | 26 avgust, 20:35

    Rockstar Gaming Festival 2025: O‘zbekistonda yorqin his-tuyg‘ular, xursandchiliklar va kibersport

    Reklama | 26 avgust, 20:15

    Reuters fotojurnalisti agentlikni “Isroil targ‘iboti”da ayblab, ishdan bo‘shadi

    Dunyo | 26 avgust, 20:23

    “Temir intizom, po‘lat tana va qo‘rquv bilmas qalb”. Insoniyat tarixidagi eng qudratli maxsus qo‘shinlar qaysilar edi?

    Dunyo | 26 avgust, 20:10

    “Trampning Rossiyaga nisbatan sabri tugashiga umid qilaman” — Finlyandiya prezidenti

    Dunyo | 26 avgust, 19:55

    UzAutoMotors yangi avtomobil taqdim etdi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 19:53

    Market Yandex Go O‘zbekistonning yana sakkiz hududida ishga tushdi

    Reklama | 26 avgust, 18:00

    Talabalar bilan shartnoma tuzgan ijarachilarga 7 oyda 40,7 mlrd so‘mlik soliq imtiyozi berildi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 19:40

    Hande Erchel va Hakan Sabanji: turk shou-biznesidagi eng mashhur juftlik ajralishdi

    Shou-biznes | 26 avgust, 19:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.