• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12305.8
    • RUB152.56
    • EUR14389.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Jahongir Ortiqxo‘jayevning fuqarolar uchun qabuli tonggacha davom etmoqda. Fuqaro dardini o‘rganish yaxshi, albatta, ammo ishchilar huquqi poymol bo‘lmayaptimi?

    Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning fuqarolar uchun qabuli tonggi soat 03:00 da, ba’zan undan ham o‘tib tugamoqda. Bu haqda shahar hokimligi axborot xizmatining rasmiy Telegram kanalida ma’lum qilingan.

    Foto: Toshkent shahar hokimligi

    Foto: Toshkent shahar hokimligi

    Shahar hokimining aholi murojaatini o‘rganishga e’tibor qaratishi va bunga ko‘p vaqt ajratishi tahsinga loyiq, albatta. Ammo ishchilar huquqi-chi? Tong azon 03:00 gacha qabulda bo‘lgan hokim o‘rinbosarlari-yu, tashkilot mas’ullari qabuldan so‘nggi ish kunida o‘z vaqtida ishda bo‘lishiga, uning ishida unum bo‘lishiga kim kafolat beradi?

    Foto: Toshkent shahar hokimligi

    Foto: Toshkent shahar hokimligi

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan manbaning aytishicha, bundan hatto hokim o‘rinbosarlari ham norozi bo‘lmoqda.

    Foto: Toshkent shahar hokimligi

    Foto: Toshkent shahar hokimligi

    “Kecha Toshkent shahar hokimligida mas’ul lavozimda ishlovchi ishchilardan birining eri bilan gaplashib qoldim. Xotinimga hokimiyat uylanganmi yoki menmi? Har kuni yarim kechagacha ishda bo‘ladi. Buni tartibga oladigan mas’ullar yo‘qmi? Yoki hokimiyat ishchisi yarim kechasi ham ishlashga majburmi, deyapti”, — deydi “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan manba.

    Foto: Toshkent shahar hokimligi

    Foto: Toshkent shahar hokimligi

    Shahar hokimi matbuot kotibi yuritayotgan Telegram’dagi rasmiy kanalga e’tibor qaratilsa, 2022-yilning aprel oyida deyarli har kuni shahar hokimi qaysidir manzilga borib, aholi uchun sayyor qabul o‘tkazganini ko‘rish mumkin.

    “Fuqarolar uchun qabullar bo‘lgani, aholining muammosiga yechim topilgani yaxshi, albatta. Ammo bunday jonkuyarlik hokimiyat ishchilarining oilasiga, yaqinlariga va uni intizor kutib o‘tiradigan farzandlariga ajratadigan vaqtini o‘g‘irlash evaziga bo‘lishi yaxshi emas-da”, — deydi shahar hokimning tongga qadar qabul o‘tkazishini qoralagan suhbatdosh.

    Foto: Toshkent shahar hokimligi

    Foto: Toshkent shahar hokimligi

    Ortiqxo‘jayev qabullari haqidagi xabarlarga ilova qilingan suratlarning ma’lumot berishicha, shahar hokimining qabuli asosan kechasi, yarim tun va tongga qadar davom etadi.

    Foto: Toshkent shahar hokimligi

    Foto: Toshkent shahar hokimligi

    Jumladan 2022-yilning 3-aprel kuni bo‘lib o‘tgan qabul tonggi 03:33 da ham davom etgan. 4-apreldagi qabul ham kechki 02:29 da avjida bo‘lgan. 5-aprelda soat 02:04 da ham qabul davom etgan. Bu holat 11-aprelda 01:20, 12-aprelda 01:49, 13-aprelda 02:13, 14-aprelda 03:19, 20-aprelda 01:27 da ham davom etgan va hokimdan tashqari hokimlik mas’ullari ham ishdan tashqari vaqtda ishda bo‘lgan.

    Foto: Toshkent shahar hokimligi

    Foto: Toshkent shahar hokimligi

    “Shahar hokimi men ham kechani kecha kunduzni kunduz demay, ishlayapman-ku. Bugungi davr talabi shu-ku deyishi mumkin, albatta. Uning gapida ham jon bor. Bugun davlat rahbari hamma joy koyitib ishlashi kerakligini aytyapti. Ammo muqaddas Ramazon oyida ro‘zadorlar uchun iftorlik, saharlik degan gaplar ham bor-ku. Shuningdek, tungi paytda ishga jalb qilingan ishlar uchun qo‘shimcha pul to‘lanmayapti?”, — deydi suhbatdosh.

    Foto: Toshkent shahar hokimligi

    Foto: Toshkent shahar hokimligi

    Toshkent shahar hokimligi “Daryo” so‘roviga javob berar ekan, mazkur holatni quyidagicha izohladi.

    Shahar hokimining tumanlarda o‘tkazilayotgan qabullari kechki va tungi vaqtda o‘tkazilishiga sabab murojaat qiluvchilarning aksariyati musulmon bo‘lganligi, Ramazon oyida ko‘pchilik ro‘zadorligi inobatga olingani, tarovih namozidan keyin bemalol chiqishlariga qulaylik yaratish hisoblanadi. Kunduzgi vaqtda hokim va sektor rahbarlari tumanlar hududini ko‘zdan kechirib, mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash, ularni bartaraf etish, mahallalar qiyofasini takomillashtirish bo‘yicha kerakli topshiriqlarni berish va choralar ko‘rish bilan shug‘ullanib kelmoqda.

    Toshkent shahar hokimi tomonidan tumanlarda o‘tkazilayotgan qabullarda asosan onkologik va surunkali kasalliklardan davolanish, tibbiy operatsiyaga ko‘maklashish, ishga joylashtirish, kommunal to‘lovlardan qarzdorlik, yashash sharoitlarini yaxshilash zaruriyati kabi ijtimoiy muammolar eshitilib, hal etilmoqda.

    Bunda tegishli soha mutasaddilari qabul bo‘lgan kunning ertasiga ishga qaysi vaqtga kelishi Toshkent shahar hokimligining nazoratiga olinmagan va tuman tashkilotlari darajasida hal qilinadi. Alohida ta’kidlash kerakki, hokim qabullarida qatnashayotgan hokimlik xodimlari va mas’ul rahbarlar o‘z vijdoni, burchi, xalqimiz oldidagi mas’uliyatidan kelib chiqib, ishtirok etmoqda.

    Qabullarda berilgan murojaatlar joyida o‘rganilib, ijobiy hal qilinmoqda, moddiy yordam ko‘rsatilmoqda. Hamda huquqiy tushuntirishlar berilmoqda. Shu jumladan, fuqarolarning yillar davomida to‘lay olmay, to‘planib qolgan kommunal to‘lovlar bo‘yicha qarzdorliklari homiylar hisobidan qoplab berilmoqda.

    Qabullarda kundalik ishtirok etayotgan shahar hokimligining xodimlari esa, kechqurun yoki kechasi ishlagan bo‘lsa, ertalab va kunduzi dam olib, ishga kechroq kelishiga ruxsat berilgan. Bunda, hokimlikning rahbar xodimlari va sektorlar rahbarlari o‘z ish rejasiga muvofiq ishlashda davom etmoqda. Bu qabullarda ishtirok etayotgan xodimlarni qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish hozircha ko‘zda tutilmagan”.

    Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati

    Xo‘sh, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosarlari-yu, mas’ullar, shuningdek, hududdagi tashkilot rahbarlari tungi paytda ishga jalb qilinib, tongga qadar ishlagani uchun qo‘shimcha haq to‘lanmayotgan bo‘lsa, bu qonunchilikda qanday baholanadi?

    Foto: Toshkent shahar hokimligi

    Foto: Toshkent shahar hokimligi

    “Majburiy mehnat, majburiy mehnatdan boshqasi emas”, — deydi bu haqda “Daryo”ga xabar bergan manba.

    “Daryo”ning bu haqdagi so‘roviga javob bergan huquqshunos Saidali Muxtoraliyev mazkur vaziyatda Mehnat kodeksining ikki moddasidagi holat ya’ni ish vaqtidan tashqari ish va tungi vaqtdagi ishga jalb qilish holati borligini, buning uchun esa albatta xodimning roziligi olinishi kerakligini aytmoqda.

    Foto: Toshkent shahar hokimligi

    Foto: Toshkent shahar hokimligi

    “Bu yerda ish vaqtidan tashqari ish va tungi vaqtda ishga jalb qilish holati bor. Bu haqda Mehnat kodeksining 122-moddasi (tungi vaqtdagi ishning muddati) hamda 124-moddasi (ish vaqtidan tashqari ish)dagi holatlar bor. Xodimni ish vaqtidan tashqari ish va tungi ishga jalb qilish uchun avvalo uning roziligi olinishi kerak bo‘ladi. Undan keyin esa buyruq yoki farmoyish chiqarish lozim bo‘ladi. Shundan so‘nggina ularni bunday ishga jalb qilish mumkin”, — deydi Saidali Muxtoraliyev.

    Foto: Toshkent shahar hokimligi

    Foto: Toshkent shahar hokimligi

    Yuristning tushuncha berishicha, Mehnat kodeksining 157- va 158-moddalarga ko‘ra xodimni ish vaqtidan tashqari ishga jalb qilish uchun kamida ikki hissa miqdorda haq to‘lash kerak. Tungi ishga jalb qilish uchun esa odatdagi ish haqidan kamida bir yarim baravar ko‘p miqdorda haq to‘lanadi.

    Foto: Toshkent shahar hokimligi

    Foto: Toshkent shahar hokimligi

    Toshkent shahar hokimligi hokimning ishdan tashqari va tungi vaqtda o‘tkazilayotgan qabullari sabab ortiqcha ishlayotgan hokimiyat ishchilari qabuldan keyingi kunda dam olishi mumkin, tumandagi mas’ullarning qay tartibda dam olishi esa bizga qorong‘i, deyapti. Va ishdan tashqari hamda tungi vaqtda ishlayotgan xodimlarni qo‘shimcha rag‘batlantirish ko‘zda tutilmaganini qo‘shimcha qilmoqda. Qonunchilikda esa bu holat qonun buzilishi ekani oydinlashmoqda.

    Xo‘sh, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bunga nima deydi?

    22.04.2022, 20:09   Izoh (0)   41128
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Qarshidagi UzShoes qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishgandan so‘ng safarini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi

    22.04.2022, 19:36

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri tayinlandi

    22.04.2022, 19:07

    Namanganning Kosonsoy tumanida avvaliga do‘l yog‘di, keyin jalaga aylanib, ko‘chalarni suv bosdi (foto va video)

    22.04.2022, 18:35

    2022-yilda Qashqadaryoda 500 nafar ehtiyojmand ayollarga uy-joy sotib olish uchun subsidiyalar beriladi

    22.04.2022, 18:18

    O‘zbekistonda Ramazon oyining uchinchi haftasida amalga oshirilgan xayriyalar to‘g‘risida ma’lumot berildi

    22.04.2022, 17:33

    “O‘zgidromet” dam olish kunlari sel xavfi mavjud hududlar ro‘yxatini e’lon qildi

    22.04.2022, 17:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ginekologik saraton kasalligidan qo‘rqmang — kechikishdan qo‘rqing


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    TENET: O‘zbekiston Mustaqilligi kuni sharafiga Stellar Residence apartamentlariga eksklyuziv shartlar 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ukraina NATO ittifoqchilari bilan dron sanoatini kengaytiradi

    Dunyo | 26 avgust, 09:56

    TENET: O‘zbekiston Mustaqilligi kuni sharafiga Stellar Residence apartamentlariga eksklyuziv shartlar

    Reklama | 26 avgust, 09:00

    O‘zbekistonda davlatga qarashli futbol stadionlarini sotuvga chiqarish taqiqlandi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 09:29

    “Manchester Siti” yangi transferni amalga oshirish arafasida turibdi

    Sport | 26 avgust, 09:26

    AQSH rasman Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qildi

    Dunyo | 26 avgust, 09:15

    O‘limga olib keluvchi sahnalar: suratga olish jarayonida yuz bergan fojiali hodisalar

    Kino | 26 avgust, 09:10

    Ginekologik saraton kasalligidan qo‘rqmang — kechikishdan qo‘rqing

    Reklama | 26 avgust, 08:30

    Odamga ilk bor cho‘chqa o‘pkasi ko‘chirib o‘tkazildi

    Dunyo | 26 avgust, 08:53

    G‘azo shahrida 18 kun ichida mingdan ortiq bino vayron qilindi

    Dunyo | 26 avgust, 08:43
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.