Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekiston muqaddas Ramazon oyida Kobul, Mozori Sharif va Qunduz shaharlarida sodir etilgan terrorchilik harakatlarini keskin qoralaydi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Aholi o‘rtasida ko‘plab qurbonlarga olib kelgan zo‘ravonlik harakatlari Afg‘onistonda barqaror tinchlik va milliy totuvlikni o‘rnatishga to‘sqinlik qilmoqda.

O‘zbekiston tomoni halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi, shuningdek, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaydi.

20-aprel kuni Kobulning g‘arbiy tumanlaridan biridagi ta’lim muassasalari yaqinida kamida uchta portlash sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, birinchi portlash “Mumtoz” o‘quv markazi yaqinida, so‘ngra yana ikkita portlash Abdul Rahim Shahid o‘gil bolalar o‘rta maktabi yaqinida sodir bo‘lgan.

Afg‘oniston xavfsizlik va sog‘liqni saqlash rasmiylarining ma’lum qilishicha, portlashlar oqibatida kamida olti kishi halok bo‘lgan, 11 kishi yaralangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi