• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Sinfdosh qizlar rasmini internetda tarqatadi, haydovchilik guvohnomasi bo‘lmasa-da, maktabga mashinada kelib-ketadi”. Andijonda o‘qituvchisi tomonidan kaltaklangan o‘quvchi haqida

    Andijon viloyatining Shahrixon tumanidagi 64-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi ushbu muassasaning 10-sinf o‘quvchisi A.I.ni kaltaklagani haqida xabar tarqaldi. Voqea tafsilotini o‘rgangan “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashganlarning aytishicha, bunga o‘quvchining sinfdosh qiz rasmini internetda tarqatgani sabab bo‘lgan.

    O‘quvchini kaltaklagan o‘qituvchining aytishicha, unda bolani tartibga chaqirib qo‘yish istagi bo‘lgan va u bilan suhbat o‘tkazgan. Ammo o‘quvchining gap qaytarishi ortidan jahli chiqib, o‘zini ushlab turolmagan.

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    “Bu o‘quvchi bilan bunday vaziyat yuzaga kelishi birinchi marotaba emas, bu avval ham bo‘lgan. O‘zi maktabga kam keladi. Oldinlari ham u bilan shunga o‘xshash muammolar bo‘lgan-da, o‘qituvchilar tomonidan tartibga chaqirilgan edi. Avvalroq hamkasbimizning qizi surati ham ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgani, bu holatdan qizning ahvoli yomonlashgani, sinfdoshlari orasida turli gap-so‘zlarga qolgani, ayolning o‘ziga ham 10-sinf o‘quvchilari ‘internetga kirmayapsizmi, kirsangiz qizingizning rasmlarini ko‘rib olasiz’, deya piching ham qilishganini eshitgandim. Avvaliga o‘qituvchiga bunday gaplarni aytayotgan bolani tartibga chaqirib qo‘ymoqchi bo‘ldim. Keyin o‘zimga ham bir necha bor gap qaytargani uchun jahlim chiqib, o‘zimni ushlab turolmasdan urib yubordim. O‘shanda xona ular aytgandek qulflanmagan edi”, — deydi o‘qituvchi.

    O‘quvchini kaltaklagan o‘qituvchi.

    O‘quvchini kaltaklagan o‘qituvchi.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Anvar A’zamjonovning aytishicha, o‘quvchi va uning ota-onasi bilan olib borilgan tushuntirish ishlariga qaramasdan hech qanday natija bo‘lmagan.

    Anvar A’zamjonov.

    Anvar A’zamjonov.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    “Ushbu o‘quvchimiz bilan avval ham bir necha bor tushuntirish ishlari olib borilgan. Negaki, unda ko‘p bora darslarga kech qolish yoki umuman kelmaslik, kelsa ham o‘quv qurollarini to‘liq olib kelmaslik, darsdan ketib qolish holatlari kuzatilgan. O‘quvchimizning ota-onasini ham chaqirtirib, tushuntirish ishlari olib borilganiga qaramasdan bu holatlar takrorlanib kelmoqda. Tengdoshlariga nisbatan sho‘xroq, o‘qituvchi tanbeh berganda xo‘p desa ham o‘z bilganidan qolmaydigan bola. U telefondan foydalanmaslik to‘g‘risida ham ogohlantirilgan, ammo foydasi bo‘lmagan”, — deydi Anvar A’zamjonov.

    Maktabning fizika fani o‘qituvchisi Mirodil Jo‘rayevning ma’lum qilishicha, o‘quvchi maktabga haydovchilik guvohnomasisiz otasining mashinasida kelib-ketadi. Bundan tashqari maktabdagi qizlarni suratga olib sinfdosh do‘stlariga tarqatayotgani haqida ham bir necha bor shikoyatlar kelib tushgan.

    Mirodil Jo‘rayev.

    Mirodil Jo‘rayev.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    “U bola haqida qisqacha aytadigan bo‘lsam, uning o‘qishlari yaxshi emas. Chunki, darslarga kirmaydi. Darsga kirishini aytgan o‘qituvchilarga qo‘pollik qiladi. Ba’zan maktabga voyaga yetmagani va haydovchilik guvohnomasi yo‘qligiga qaramay otasining mashinasini minib keladi. Biz bir necha marta maktabga mashina minib kelmasligini aytganmiz. Baribir gapimizga kirmaydi. Bundan tashqari maktabdagi qizlarni suratga olib sinfdosh-do‘stlariga tarqatayotgani haqida ham bir necha bor shikoyatlar kelib tushgan. Shundan so‘ng, ota-onasini maktabga chaqirganmiz, hatto tog‘asi ham kelgan. Ularga farzandining maktab sumkasini ham ko‘rsatganmiz. Deyarli kitoblari va daftarlari to‘liq emasligini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishgan. O‘g‘lining shu holatda 10-sinfda o‘qiyotgani, bunga intizomiy chora ko‘rishlari kerakligi haqida tushuntirganmiz. O‘shanda ota-onasi anchagina va’dalar berib ketgandi. Biroq vaziyat o‘zgarmadi. Oxir-oqibat shu ko‘ngilsiz voqea yuz berdi”, — deydi Mirodil Jo‘rayev.

    Shu bola o‘qiyotgan sinfga vaqtincha sinfga rahbarlik vazifasini bajarayotgan Murodjon G‘ofurovning aytishicha, o‘quvchi ko‘p bora ogohlantirilgan, biroq o‘z bilganidan qolmagan.

    Murodjon G‘ofurov.

    Murodjon G‘ofurov.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    “Bir yarim oydan beri shu sinfga vaqtincha sinf rahbarlik qilib kelyapman. Bu sinfdagi bolalar o‘ta sho‘x va betartib bo‘lib ketgani uchun sinf rahbarlikni menga berishgandi. Hattoki, sinfdagi bir necha bola o‘qishni tashlab, Toshkentga ketib yuborgan ekan. Ularni chaqirtirdim. Oradan 15-20 kunlar o‘tgach, bu o‘quvchining tog‘asi uyimga kelib, imkon bo‘lsa uni yana Toshkentga olib ketishlarini, mebel sexida ishlashi kerakligini, baribir maktabda ham o‘qimayotganini aytdi. Men esa buning imkoni yo‘qligini bildirganman. Shunda tog‘asi ‘Agar qandaydir yo‘l-yo‘riq bo‘lsa bajaramiz’, degan. Qat’iy rad javobini berganman. O‘z ko‘zim bilan ko‘rmaganman-u, lekin eshitishim bo‘yicha kechalari ichkilik ichib olib bir necha do‘stlari bilan mashina minib yurar ekan. Shaxsan o‘zim ko‘p bor ogohlantirganman. Bu yurishingni yig‘ishtir deganimda ‘Xo‘p, domla. Boshqa qaytarilmaydi’, deydi, ammo yuraveradi”, — deydi Murodjon G‘ofurov.

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    “Daryo” muxbiri Shahrixon tuman markaziy shifoxonasiga borib, o‘quvchi va uning onasi bilan gaplashishga uringan. Ammo o‘quvchining onasi boshqalarga intervyu berib bo‘lganligini, o‘g‘lining hali yosh ekanligini, gap so‘z bo‘lishini istamasligini aytib, savolga javob berishdan bosh tortgan.

    Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, holat maktabning pedagogik jamoasi ishtirokida o‘rganib chiqilgan. O‘rganish yakunlari bo‘yicha o‘qituvchiga intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.

    Mavzuga doir: “O‘qituvchi majburlab suv ichirgan, ammo barg yedirmagan”. Andijondagi xo‘rlangan o‘quvchi voqeasi haqida

    22.04.2022, 10:49   Izoh (0)   81636
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zgidromet” 23-aprel uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

    22.04.2022, 10:25

    O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi Kiyevda yana to‘laqonli faoliyat boshladi

    22.04.2022, 09:41

    “Bu ataylab tashkillashtirilgan aksiya”. Bola huquqlari bo‘yicha vakil Toshkentdagi mehribonlik uyida sodir bo‘lgan holat haqida

    22.04.2022, 09:31

    Qamchiq dovonida yuk mashinasi xandaqqa tushib ketdi

    22.04.2022, 08:28

    O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilganlarga subsidiya berish tartibi belgilandi

    22.04.2022, 08:13

    Toshkentda soxta “Nikolay-5” tangalarini 6 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi

    22.04.2022, 07:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.