Avvalroq o‘zbek so‘mi mart oyidagi inqirozdan keyin barqarorlasha boshlagani xabar qilingandi.
Markaziy bankning dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu devalvatsiya sur’atlari qariyb barcha shoklarni qamrab oldi.
Xususan, mart oyining dastlabki 20 kunida xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi o‘rtacha kunlik 15 mln dollargacha, aholining valyuta sotuvi esa 32 mln dollargacha pasaygan va xaridi 42 mln dollardan oshgan.
Aprel oyining dastlabki 20 kunida esa pul o‘tkazmalari hajmi o‘rtacha kunlik 40 mln dollarga, aholining valyuta sotuvi 55 mln dollarga yetdi va o‘rtacha kunlik valyuta xaridi 22 mln dollargacha pasaydi.
Shuningdek, ichki valyuta bozorida kompaniyalarning xorijiy valyutaga bo‘lgan talabi muvozanatlashib, aprel oyining dastlabki 20 kunida xorijiy valyutaga talab mart oyining mos davriga nisbatan 13 foizga qisqargan bo‘lsa, taklif hajmi 21 foizga oshdi.
Avvalroq Ukrainadagi urush va Rossiyaga qarshi sanksiyalar O‘zbekistonning ikkilamchi daromadlari hajmini kamaytirgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)