2022-yilning yanvar—¡mart oylarida O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YIM) hajmi joriy narxlarda 162,8 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.
Ushbu ko‘rsatkich 2021-yilning mos davri bilan taqqoslaganda 5,8 foizga o‘sdi.
2022-yilning yanvar—mart oylarida aholi jon boshiga hisoblangan YIM hajmi joriy narxlarda 4 604,6 ming so‘mni tashkil etdi. Bu 2021-yilning mos davri bilan taqqoslaganda 3,7 foizga o‘sish kuzatilganini bildiradi.
Avvalroq O‘zbekiston iqtisodiyoti haqida Osiyo taraqqiyot bankining tahlili berilgan edi. Unda mamlakat YIM o‘sishi 2022-yilda 4 foiz bo‘lishini, 2023-yilda esa 4,5 foizgacha ko‘tarilishi prognoz qilingandi.
Izoh (0)