Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Hyundai Motor Group ko‘zning rangdor pardasi yordamida insonni tanish texnologiyasi uchun patent arizasini berdi. AQSH Patentlar va savdo markalarini ro‘yxatga olish byurosi (USPTO) biometrik identifikatsiyaning yangi usuli Hyundai’ning kelajakdagi mashinalarida paydo bo‘lishi mumkin. Avtomobil tom ma’noda o‘t olishdan oldin o‘z egasidan “ko‘zga qarashni” talab qiladi, deb xabar beradi Motor.

Foto: Pixabay

Foto: Pixabay

Skaner old o‘rindiqdagi inson ko‘zining rangdor pardasi tasvirini taniydi, shundan so‘ng tizim uni avtomobil egasiga tegishli ma’lumotlar bilan solishtiradi. Shuningdek, infraqizil kamera ham bo‘lib, u ko‘zni qorong‘ida taniydi va qora ko‘zoynak ortidan ham taniy oladi. Zarurat tug‘ilganda tizimning o‘zi tasvirni yoritadi yoki haydovchini tanishdagi qiyinchiliklar haqida ogohlantiradi.

Tizim o‘z egasini “tanishi” bilan dvigatelni o‘t oldirishga ruxsat beradi, shuningdek, haydovchi o‘rindig‘i va tegishli sozlamalarni o‘z holiga qaytaradi.

Ko‘zning rangdor pardasining identifikatsiyasi — noyob tasvir bo‘lib, deyarli xatoliklarga yo‘l qo‘ymaydi. Bundan tashqari, tanishdagi jismoniy aloqaning yo‘qligi xuddi barmoq izini bosgandagi kabi chang va yog‘ to‘planishiga olib kelmaydi.

Shuncha foydali jihatlariga qaramay, Hyundai an’anaviy kalitlardan voz kechishi dargumon. Har safar rulga o‘tirganda yorug‘likni kuzatish yoki ko‘zoynakni yechish yoqimsiz omilga aylanishi mumkin. Shuningdek, bunda boshqaruvni boshqa insonga, masalan, do‘sti yoki oila a’zosiga qanday topshirilishi noma’lum. Va nihoyat, elektron tizimlardagi nosozliklar ham sodir bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning iyunida BMW kompaniyasi Apple bilan hamkorlikda yangi Digital Key funksiyasini taqdim etgandi. Uning yordamida kompaniyaning barcha yangi avtomobillarini kalit ishlatmasdan ochish mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Onlayn firibgarlik: fishing nima va undan qanday himoyalanish kerak?
Dunyo
Harbiy xizmatdan bosh tortganlik uchun 10 yilgacha qamoq: Putin safarbarlik yuzasidan qonun imzoladi
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak