Daryo

Samsung Galaxy S21 egalariga o‘z mashinalarini ochish uchun kalit kerak bo‘lmaydi

Janubiy Koreya kompaniyasi bu borada Audi, BMW, Ford va Genesis bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

1 daqiqa o‘qish44 428 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Samsung

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi Galaxy S21 smartfoni egalari o‘zining avtomobili eshigini telefon yordamida ocha olish uchun ayrim avtomobil ishlab chiqaruvchilar, xususan, Audi, BMW, Ford va Genesis bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi, deb xabar beradi IXBT.

Foto: Samsung

Samsung’ning ma’lum qilishicha, ushbu texnologiya smartfon va mashina o‘rtasida qisqa impuls almashish imkonini beradi, bu esa haydovchi mashina oldiga kelganida eshikning ochilishiga xizmat qiladi. Buni UWB texnologiyasi yordamida amalga oshirish mumkin, biroq smartfonni avtomobil tutqichiga tekkizib, NFC texnologiyasidan ham foydalansa bo‘ladi.

“Galaxy S21+, S21 Ultra va Note 20 Ultra UWB’ni qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa joylashgan o‘rnini yanada aniqroq topish va “mashinamni aniqlash” qo‘shimga reallik funksiyasi ishlashini ta’minlaydi. Galaxy S21 UWB funksiyasiga ega emas, shunga qaramay, o‘z avtomobilingizni NFC’dan foydalangan holda ochishingiz mumkin, bunda xuddi terminal orqali to‘lovni amalga oshirgan kabi telefonni avtomobil tutqichiga tekkizish kifoya”, — deyiladi kompaniya xabarida.

Foto: Samsung
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning iyunida BMW kompaniyasi Apple bilan hamkorlikda yangi Digital Key funksiyasini taqdim etgandi. Uning yordamida kompaniyaning barcha yangi avtomobillarini kalit ishlatmasdan ochish mumkin.

Mavzuga doir: Avstraliyada Tesla egasi mashina o‘g‘rilarini smartfoni yordamida qo‘lga tushirdi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar